🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.62K subscribers
6.52K photos
416 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#New_Uzbekistan_University

✳️ Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari Murodbek Islomov va Javohir Saidibragimovlar tomonidan targ‘ibot dasturi o'tkazildi.

⚡️Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi.

💢Universitetga iqtidorli o'quvchilarni jalb qilish, muassasa faoliyati bilan o'quvchilarni tanishtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu uchrashuv davomida o'quvchilar ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

♻️ Uchrashuv qizg'in kechdi va bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Eng faollarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📍Bugungi tadbir viloyatning 9 ta hududidan jamlangan bitiruvchilar uchun o'tkazildi. Targ'ibot dasturi ertaga Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram | Facebook
#new_Uzbekistan_university

📣 Iqtidorli va serg‘ayrat maktab o‘quvchilari diqqatiga!

❄️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki oromgoh”ga qabul boshlandi.

Oromgohda sizni quyidagilar kutmoqda:
🔹startap loyiha yaratirish bo‘yicha malakali mentor va xorijlik professorlardan 5-kunlik onlayn darslar;
🔹darslarni puxta o‘zlashtirgan qatnashchilar uchun startaplar tanlovi;
🔹tanlov g‘oliblari uchun qimmatbaho sovg‘alar, “Yozgi oromgoh”ga yo‘llanma hamda turli kompaniya va korxonalarga bir kunlik sayohat.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish 9-fevralga qadar davom etadi.

❗️Mazkur loyihada faqat 8-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

#qishki_maktab #winter_school

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#Xorazm
#New_uzbekistan_university

Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul imtihoni boshlandi!

Universitetga 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o‘qishga hujjat topshirgan talabalarni saralash imtihoni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatidan hujjat topshirgan 102 nafar abituriyentlar test imtihonlarini Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida topshirmoqdalar.

🕰 Test sinovlari 15:30 da boshlandi va 17:30 da tugaydi.

‼️ O‘n uchta hududda o‘tkazilayotgan imtihonlarni jonli tarzda kuzatish: https://test2024.uz/

🌐 Telegram | Facebook
#New_Uzbekistan_university

⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM