Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
2.64K subscribers
3.95K photos
1.25K videos
2 files
2.3K links
Ички ишлар Бош бошқармаси бошлиғининг Матбуот котиби - Ахборот хизмати раҳбари

Очиқ мулоқот майдони @IIBB_Muloqot
Мурожаат учун @PRESS_GUVD
Download Telegram
#Elon

IIV Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha

Akademiyada o‘qish muddati 3 yil bo‘lib, bitiruvchilarga oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom hamda “leytenant” maxsus unvoni beriladi.

Batafsil👉 https://bit.ly/30EKjrv


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Elon

❗️30 yoshgacha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolar diqqatiga

“Yo‘l harakati xavfsizligi”
tizimida mavjud lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

Batafsil ma'lumot 👉 https://bit.ly/3AVBkja


@BB_Tulyaganov
#Elon

Toshkent viloyati IIBB Tibbiyot boʻlimi ishga taklif qiladi

Toshkent viloyati IIBB Tibbiyot boʻlimi, Davolash ishi va Tibbiy profilaktika ishi mutaxassisliklari boʻyicha oliy ma’lumotli, (Kadrlar mutaxassisi, Endoskopik diagnostika shifokori, Endokrinolog shifokori, Nevropatolog shifokori, Fizioterapevt, Mutaxassis shifokori, Dermatovenerolog shifokori, Statist shifokori, Otorinolaringolog (LOR), Epidemiolog shifokorlarini) tanlov asosida doimiy ishga qabul qilinadi.

Imtiyozlar:
1. Oylik maoshga qoʻshimcha toʻlanadi;
2. Ish tartibi 5 kunlik;
3. IIV Markaziy gospitali, dam olish maskanlari va sanatoriyalaridan imtiyozli ravishda foydalanish huquqi.

Nomzodlar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda bo‘lishlari talab etiladi.

Murojaat uchun telefonlar:
+998712667868 +998712667871
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #Elon

❗️IIBB Аxborot xizmati tanlov asosida ishga taklif etadi

Toshkent viloyati IIBB, Bosh boshqarma Аxborot xizmati (jurnalist, muxbir) lavozimiga, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.

Eslatma!

Tanlovda soha bo'yicha kamida 3 yillik tajribaga ega, o‘rta maxsus, (oliy yoki oliy ta'lim muassasalarida sirtdan tahsil olayotgan) ijodiy fikrlaydigan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoki oliy ta'lim muassasasining harbiy kafedrasini tamomlagan, sog‘lom, bo'yi 165 sm dan past bo'lmagan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

❗️Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-sonli Qarori (https://lex.uz/docs/3430641) talablari asosida qabul qilinadi. Qaror bilan tanishib chiqishingiz maqsadga muvofiq.

Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida bo'lgan nomzodlar Аxborot xizmatining telegramdagi @PRESS_GUVD havolasi orqali yoki quyidagi telefon raqamlar orqali (09:00 dan 18:00 gacha) murojaat qilishlari va o‘zlarining ijodiy ishlarini (portfolio) yuborishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo'li ko'chasi 1-uy. Tel +998998840002


@BB_Tulyaganov
#Diqqat #Eʼlon

❗️Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga eltuvchi ayrim yoʻllar vaqtincha yopiladi


Ertaga, yaʼni 21-22 noyabr kunlari “Velosport-shosse” boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan, soat 08:00dan 14:00ga qadar “Bektemir– Chorbogʻ” avtomobil yoʻlining 20 km masofasi (Chirchiq platina hududidan Gʻazalkent shahriga kirish);

22 noyabr kuni soat 08:00 dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri “Amir Temur” koʻchasi hududida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Harakat ishtirokchilariga shu vaqtlarda aylanma yoʻllardan foydalanishlari tavsiya etiladi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Eʼlon

❗️Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati VIDEO MONTAJ YO‘NALISHIDA ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi

Eslatma!


Tanlovda, video montaj bo‘yicha kamida 3 yillik tajribaga ega, (oliy yoki OTMda sirtqi ta'limda tahsil olayotgan), ijodiy fikrlaydigan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervida xizmatni o‘tagan, bo‘yi 165 sm dan past bo‘lmagan, yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) erkak fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov bo‘yicha savollar yuzasidan Axborot xizmatining telegramdagi @PRESS_GUVD havolasi orqali murojaat qilishingiz mumkin. Telefon: +99833 320-00-01.


@BB_Tulyaganov
#Eʼlon

IIV Malaka oshirish instituti, kasbiy tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlov


Tanlov “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtkaziladi.

Batafsil👉 https://is.gd/6ccjj3


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #Voleybol_2024

❗️Toshkent viloyatida yashovchi 17 dan 30 yoshgacha boʻlgan mahalla yoshlari diqqatiga!


Joriy yilning 4-mart kunidan 20-martga qadar Toshkent viloyati mahalla yoshlari oʻrtasida voleybol boʻyicha “IIBB boshligʻi kubogi” musobaqasi oʻtkaziladi.

Batafsil👉 https://IIBB_kubogi24


@BB_Tulyaganov
#Eʼlon

Ichki ishlar vazirligi, tegishli ish stajiga va maʼlumotga ega hamda ishlash imkoniyati boʻlgan nogironligi bor Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi

▶️
Batafsil
———
Ички ишлар вазирлиги тегишли иш стажига ва маълумотга эга ҳамда ишлаш имконияти бўлган ногиронлиги бор фуқароларни ишга таклиф этади

▶️
Батафсил
———



@BB_Tulyaganov
#Diqqat #Eʼlon

❗️Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga eltuvchi ayrim yoʻllar vaqtincha yopiladi


Sportning “Velosport-shosse” turi boʻyicha 1,2,3 may kunlari yoshlar o'rtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqalari oʻtkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan 1 maydan 3 mayga qadar soat 08:00dan 14:00ga qadar “Bektemir– Chorbogʻ” avtomobil yoʻlining 20 km masofasi (Chirchiq platina hududidan Gʻazalkent shahriga kirish)da avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. 

Harakat ishtirokchilariga shu vaqtlarda aylanma yoʻllardan foydalanishlari tavsiya etiladi.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Eʼlon

❗️IIBB Axborot xizmati VIDEO MONTAJ YO‘NALISHIDA ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi

Tanlovda, video montaj bo‘yicha kamida 3 yillik tajribaga ega, montaj dasturlarida erkin ishlaydigan (oliy yoki OTMda sirtqi ta'limda tahsil olayotgan), ijodiy fikrlaydigan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervida xizmatni o‘tagan, bo‘yi 165 sm dan past bo‘lmagan, yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) erkak fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzasidan Axborot xizmatining telegramdagi @PRESS_GUVD havolasi orqali murojaat qilishingiz mumkin. Telefon: +99899 884 00 02.

Diqqat! E'londa keltirilgan talablarga javob berdigan nomzodlar bog‘lanishlari tavsiya etiladi.


@BB_Tulyaganov