Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
2.57K subscribers
4.65K photos
1.37K videos
2 files
2.49K links
Ички ишлар Бош бошқармаси бошлиғининг Матбуот котиби - Ахборот хизмати раҳбари

Очиқ мулоқот майдони @IIBB_Muloqot
Мурожаат учун @PRESS_GUVD
Download Telegram
Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida IIBB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi.

▶️ Batafsil
———
Аҳоли мурожаатларини ўрганиш мақсадида ИИББ бошлиғининг навбатдаги шахсий қабули ўтказилди.

▶️ Батафсил
———
Состоялся очередной личный прием начальника ГУВД по изучению обращений населения.


▶️ Подробно
———



@BB_Tulyaganov
👍2
#Izoh

❗️Fuqarolar oʻrtasidagi janjal aks etgan video internetda tarqalib muhokamalarga sabab boʻlmoqda


Mazkur holat bundan bir oy avval, 25-iyun kuni soat 21:30 larda Chirchiq shahrida sodir boʻlgan. Shu kuni Chirchiq shahar IIBga 10-kichik nohiyada fuqarolar oʻrtasida o'zaro janjal boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Tarqalgan videoda chaqiruvga asosan yetib borgan ichki ishlar xodimlarining janjalli vaziyatni bartaraf etish harakatlari aks etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv yakunlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy chora koʻrish uchun sudga yuborilgan.


@BB_Tulyaganov
#Rasmiy

Toshkent viloyat hokimligida faollar, tashkilotlar rahbarlari va shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida majlis oʻtkazildi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining lavozim oʻzgarishlariga doir buyrugʻi oʻqib eshittirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan, Toshkent viloyati IIBB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan general-mayor Aripov Tohir Toʻlqinovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Marosimda soʻzga chiqqan Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi S.Fayziyeva, Oʻzbekiston xalq shoiri, senator M.Toirov, Bekobod tumani hokimi Z.Nizomiddinov general-mayor Tohir Aripovning Toshkent viloyatidagi samarali faoliyatiga toʻxtalib, kelgusi ishlariga omad tilashdi va ezgu tilaklarini bildirishdi.

Aripov Tohir Toʻlqinovich hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati uchun Toshkent viloyati hokimligining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandi.


@BB_Tulyaganov
3🏆2
#Rasmiy

Tadbir davomida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlov eʼlon qilindi


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan, polkovnik Abdurazakov Abduvosit Abdulxayevich Toshkent viloyati IIBB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar, Abduvosit Abdurazakov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.


@BB_Tulyaganov
1👍1
#Izoh

❗️Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan holat internetda tarqalib, jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda


Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruvga ko‘ra, voqea bugun, 31-iyul kuni tonggi soat 05:00larda sodir bo‘lgan.

Yangiyo‘l tumanida yashovchi 27 va 20 yoshli er-xotin uyda o‘zaro janjallashib, natijada ayol turmush o‘rtog‘i boshqaruvidagi avtomashina shinasini uydan olgan oshxona pichog‘i bilan teshgan.

Shundan so‘ng er pichoqni olib qo‘yishga uringanida, ayol pichoqni bermaganligi va o‘tgan vaqt davomida ular mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilmagani aniqlangan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Surishtiruv jarayonida fuqarolar bilan IIB mas’ul rahbarlari tomonidan profilaktik suhbat o‘tkazilib, oiladagi vaziyat “mahalla yettiligi” tomonidan nazoratga olindi.


@BB_Tulyaganov
🤯2🙏211🤷‍♀1🔥1