ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
123 subscribers
2.25K photos
323 videos
1 file
792 links
Download Telegram
#tadbir

“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida joriy yilning 18-noyabr kuni viloyatdagi 16 ta tuman-shaharlarning chekka-chekka hududlarida konsert dasturlari, spektakllar va ommaviy- madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida haftalik doirasida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz!” shiori ostida talabalar ishtirokida bayram tadbiri nishonlanib, oliygohda tahsil olayotgan 12 ta xorijiy davlatlarning 350 nafar talaba-yoshlari, xususan, Hindiston, Pokiston, Koreya va Eronlik talabalar o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.
Haftalik doirasidagi tadbirlar davom etadi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati


https://t.iss.one/andijon_turizm_sporti
#tadbir

Joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Andijon viloyati sportning o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktabining "Xalqlar do'stligi" sport majmuasida Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston va chim ustida xokkey xalqaro federatsiyasi hamkorligida sport murabbiylari uchun texnik seminar tashkil etildi.
Undan ko'zlangan asosiy maqsad, xalqaro tajriba almashish, malaka va mahoratni oshirishdan iborat.
Seminarda Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo hamda Qoraqalpog'istonning sport murabbiylari ishtirok etdilar.


Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.iss.one/andijon_turizm_sporti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#andijon #tadbir

#oav_biz_haqimizda

⚡️"Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir


#Andijon_tv #Andijon_axboroti

📌@https://t.iss.one/andijon_turizm_sporti
#andijon #live #tadbir

Ayni vaqtda viloyatimizning Xonobod shahrida "Xonobod turizm gavhari" shiori ostida arxeologiya turizmi forumi bo'lib o'tmoqda.
Undan ko'zlangan asosiy maqsad, Xonobod kompleks ekspeditsiyasi jarayonida topilgan mintaqa qadamiyatiga oid turli tarixiy topilmalarni keng targ'ib qilish hamda ularni keng ommaga tanishtirishdan iborat.

#tezkor #mobile_rakurs

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati


👉@https://t.iss.one/andijon_turizm_sporti
#andijon #tadbir

Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab, joylarda “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.
Unga ko‘ra, Z.M.Bobur hayoti va faoliyatiga oid “Biz Bobur avlodlari” mavzusida, zoom platformasi orqali online tarzda tashkil etilgan ushbu tadbir respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalaridagi kitobxonlarni qamrab olgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Unda Andijon viloyati hokimi o’rinbosari A.Maksumov ishtirok etib, ushbu haftalik viloyatimizda kitob va kitobxonlikni yanada yuksaltirishda samarali vosita ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Ayniqsa, A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshaboyevaning tadbirda shaxsan qatnashganligi Аndijonlik kitobsevarlar uchun ajoyib sovgʼa bo‘ldi.
Tadbir doirasida P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida yaratilgan Bobur siymosi gavdalantirildi, xonandalarning Bobur g‘azaliga bastalangan qo‘shiqlari kuylandi. O‘quvchilar tomonidan Bobur g‘azallari ijro etildi.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_official