ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
119 subscribers
2.25K photos
323 videos
1 file
792 links
Download Telegram
#andijon #madaniy_meros
#marhamat_tumani

Kuni kecha "Yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash" xalqaro bayrami munosabati bilan Marhamat tumanida yodgorliklar va tarixiy joylar, buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash, ularning hayotimizdagi ahamiyatini targʻib etish va ichki turizmni rivojlantirishga bagʻishlangan ilmiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
“Mingtepa - madaniy meros” jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi grant loyihasi asosida qator tashkilotlar hamkorligida yettinchi marotaba o‘tkazilgan ushbu tadbirda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan tanlovda barcha yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_official