ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
125 subscribers
2.25K photos
323 videos
1 file
792 links
Download Telegram
#andijon #sport_muay_tay
#izboskan_tumani

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga asosan, Samarqand shahrida sportning havaskor va professional muay-tay turlari boʻyicha oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.
Olimpiya sport turlariga kirib borayotgan Muay-tay sportida Izboskan tuman yoshlari ham muvaffaqiyatli qatnasjdilar.
Xususan, tuman BOʻSM Muay-taychilari Samarqandda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston chempionati”da umumiy hisobda quyidagi natijalar:

🥇7 ta oltin;
🥈6 ta kumush;
🥉7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport_stranja
#faxr_iftixor

Vatandoshimiz Hasanboy Do'stmatov final janglarida qozog'istonlik raqibini yengib, Stranja-2022 dagi ilk oltin medalga ega chiqdi
____

Our compatriot Hasanboy Dustmatov defeated his Kazakh opponent in the finals and won the first gold medal in Stranja-2022.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport_boks

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha “Stranja Cup-2022” xalqaro turnir musobaqasi yakuniga yetdi.
Ushbu musobaqada Andijon viloyati sportning yakka kurash turlariga IBO'SM dan 2 nafar o'quvchi-sportchilar ishtirok etib, 51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov, 63,5 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunovlar g‘alaba qozondilar.
____

The Stranja Cup-2022 international boxing tournament has come to an end in Sofia, Bulgaria.
Hasanboy Dosmatov (51 kg) and Mujibillo Tursunov (63.5 kg) won the individual wrestling competitions in Andijan region.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport_voleybol_shaxmat
#marhamat_tumani

Marhamat tumanidagi "Alitepa" MFY hududida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida BOʻSM birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi

Batafsil: https://teletype.in/@marhamatpress/2T6VuYcRvxT

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport #yoshlar_forumi
#asaka_tumani

Asaka tumanining "Ergashobod” mahallasida barcha sektorlar hamkorligida, "Vatan ravnaqi yoʻlida birlashaylik" shiori ostidagi mahalla yoshlari forumi bo'lib o'tdi.
Unda 500 nafar yoshlar 20 dan ortiq sport musobaqalari bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.
____

In Asaka district, in Ergashobod mahalla, a youth forum was held under the motto "Let's unite for the prosperity of the motherland" in cooperation with all sectors.
In it, 500 young people competed in more than 20 sports.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport #anons

Hurmatli bosma va elektron OAV vakillari, jurnalist va blogerlar!

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyat boʻlimi hamda viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamkorligida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan oʻtkaziladigan sport musobaqalariga Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining aʼzolari, viloyatdagi OAVda faoliyat yuritayotgan jurnalist va bloger xotin-qizlarni taklif etamiz.

Sportning shaxmat-shashka, badminton, darts turlari boʻyicha o'tkaziladigan ushbu bellashuvlar 7-mart kuni soat 8.30 da Andijon shahridagi Xalqlar doʻstligi sport majmuasida start oladi. (https://t.iss.one/jurnalistlaruyushmasiand/435)

Qatnashish istagida bo'lganlar, +998(93) 419-40-66, +998(99) 912-41-66 va +998(91) 477-41-43 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Moʻljal: Andijon shahar 3-kichik daha, Tennis korti.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport_musobaqa
#jonli

Ayni vaqtda Andijon shahridagi 11-umumta'lim maktabi sport zalida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyat bo'limi hamkorligida jurnalist xotin-qizlar o'rtasida sportning shaxmat, shashka, basketbol, arqon tortish va darts turlari bo'yicha musobaqa o'tkazilmoqda.
Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, xususan, jurnalist, bloger va turli tashkilotlar matbuot xodimlari ishtirok etmoqdalar.

#mobile_rakurs

Currently, the Andijan regional branch of the Creative Union of Journalists of Uzbekistan organizes chess, checkers, basketball and tug-of-war among women journalists in the gymnasium of the 11th comprehensive school in Andijan on the occasion of the International Women's Day on March 8. and competitions in darts.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport_musobaqa

Xabar berganimizdek, bugun 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan OAV da faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar o'rtasida sport musobaqalari oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzolari, viloyatimizning bir guruh jurnalistlari va maktabning sport targʻibotchi xotin-qizlari ishtirok etdilar. (https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1410?single)
Yakuniy natijalarga koʻra, shaxmat bo'yicha viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig'i Mohinur Sotvoldiyeva, darts bo'yicha Andijon viloyati teleradiokompaniyasi muharriri Munojot Kamolova, shashka bo'yicha viloyat teleradiokompaniyasi maxsus muxbiri Feruza Kamolova, jamoalar oʻrtasidagi arqon tortish musobaqasida esa viloyat teleradiokompaniyasi jamoasi gʻolib deb topildi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#sport #turizm_tadbir

Shu kunlarda yurtimizning har bir goʻshasida oʻziga xos bayramona kayfiyat hukm surmoqda.
Ayniqsa, Navroʻz bayramini katta-yu kichik bahoriy zavq bilan qarshi oladi.
Andijon turizm va servis kolleji maʼmuriyati ham bayram haftasida qator tadbirlarni rejalashtirib, barchaga aʼlo kayfiyat ulashish maqsadida, Andijon shahar Boʻston dahasidagi “Qadr” toʻyxonasida "Al-Buxoriy" MFY bilan hamkorlikda 2 nafar kam taʼminlangan oila farzandlariga sunnat toʻyini oʻtkazib berdi.
Bolajonlar uchun kollej jamoasi tomonidan tayyorlangan bayramona dasturlar murgʻak qalb egalarining xotirasida bir umrga muhrlanib qoldi.
Dastur soʻngida esa bolalarga hamkorlarning esdalik sovgʻalari ulashildi.

Andijon viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_official