O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.41K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#HAMKORLIK

Bioxilma-xillikni muhofaza qilishda muhim qadam

O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi direktori Oliver Avramoski hamda loyiha menedjeri Lyubov Timofeeva tashrif buyurdi. Mehmonlarni FA vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova kutib oldi. Uchrashuvda FA Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboyev hamda Zoologiya instituti ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi direktori Oliver Avramoski Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochishni va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. O‘z o‘rnida Fanlar akademiyasi ham birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
📎 Mazkur tashkilot bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Tabiatni muhofaza qilish loyihalarini mahalliylashtirish;
Milliy va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash;
Qizil kitobni takomillashtirish va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish;
Cho‘llanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash;
Ekologik ta'lim va mahalliy jamoalarni jalb qilish;
Barqaror turizmni rivojlantirish;
O‘zbekistonning ekologik sa’y-harakatlarini xalqaro darajada tan olishga imkon beradi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/bioxilma-xillikni-muhofaza-qilishda-muhim-qadam


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
❇️Joriy yilning 23-yanvar kuni Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bo‘linmasi katta ilmiy xodimi, f.-m.f.f.d. (PhD) Bozorov Zavqiddin Ravshanovich navbatdagi mahorat darslarini olib bordilar.
"'Oddiy diffrensial tenglamalar va ularni yechish metodikasi'' mavzusida olib borilgan mahorat darsida tinglovchilar qiziqgan savollariga javob topishdi.
O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari tobora rivojlanib borilmoqda
Maktab va oliy ta'lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish,ular o'rtasida integratsyani yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik albatta o'z natijasini berib kelmoqda. Pedagogik mahorak markazga kelgan tinglovchilar uchun  murakkab bo'lgan mavzular doirasida ma'ruza darslari davom etadi...
#ILMIY YANGILIK


MEVALI DARAXTLARNING BAKTERIAL KUYISH KASALLIGIGA QARSHI TO‘PLAM YARATILDI


Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va turli xil qishloq xo‘jalik ekinlarining paydo bo‘lishi, urug‘lar va o‘simlik mahsulotlarining faol almashinuvi bilan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori ham rivojlanib bormoqda. Biroq o‘simlik mahsulotlari importi va eksporti jarayonida fitopatogenlar migratsiyasi mamlakat uchun katta xavf tug‘diradi.
Ayniqsa, intensiv bog‘dorchilikning rivojlanishi natijasida ko‘chat materiallari bilan faol almashinish jarayoni ham jadal ketmoqda. Shu bilan birga, mevali daraxtlarning bakterial kuyish kasalligini keltirib chiqaruvchi, xavfli infektsion kasallik qo‘zg‘atuvchisi Erwinia amylovora turiga mansub bakteriya katta xavf tug‘diradi. Patogen tomonidan zararlangan o‘simliklar nobud bo‘ladi. Ushbu patogen 160 dan ortiq meva va buta o‘simlik turlarini zararlaydi. Iqtisodiy jihatdan katta ahamiyat kasb etuvchi o‘simliklar olma, nok, behi, olcha, gilos, shaftoli va o‘rik hisoblanadi.
Shu sababli karantin fitopatogenlarini O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish va mamlakat ichida tarqalishining cheklash maqsadida o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va aniqlash davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi.
Mazkur muammolardan kelib chiqqan holda, Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi ilmiy xodimi Farhod Rajabov tomonidan bakterial kuyish kasalligiga qarshi to‘plam ishlab chiqildi.
Keng tarqalgan va o‘ta xavfli fitopatogenlarni aniqlash uchun PZR usuli asosida mahalliy diagnostik test tizimlarimizni ishlab chiqish mamlakatda bioxavfsizlikni taʼminlash uchun o‘ta zarurdir. Bunday test tizimlarini ishlab chiqish iqtisodiy tomondan ham foydali bo‘lib, aynan shunday yoki o‘xshash test to‘plamlarini import o‘rnini bosish yoki kamaytirishgaga qaratilgandir. Shu bilan birga, ushbu to‘plam karantin va o‘ta xavfli fitopatogenlarni nazorat qilish uchun qo‘shimcha mustaqil vosita sifatida keng qo‘llanilishi mumkin.
Hozirgi kunga qadar respublikada mevali daraxtlarining bakterial kuyish kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini to‘liq genetik baholash amalga oshirilmagan.


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Vatanparvar № 4_2025.pdf
5.3 MB
"#VATANPARVAR" gazetasining 2025-yil 24-yanvar 4-sonida Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Zavqibek Mahmudovning "Temur tuzuklarida" ustoz martabasi mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Муҳайё Расулова: мақсадим квант тизимлар назариётчиларини тайёрлаш (+видео)

“Ўзбек олималари” лойиҳасининг бу галги меҳмони физика-математика фанлари доктори, профессор Муҳайё Расуловадир.

📽 https://youtu.be/KZajd5eC2UI

Батафсил: https://uza.uz/posts/681126

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе
Kambagʻal ham 70 ta qoʻy bahosiga toʻy qilgan davrda Behbudiy qanday toʻy qilgan?

Bu davrda kambag‘al oilalar to‘yga 200 so‘mdan 1000 so‘mgacha, o‘rtahol xonadonlar 2000 so‘mdan 5000 so‘mgacha, boy xonadonlar 10000 so‘mdan 30000 so‘mgacha xarajat qilganlar. O‘sha paytda sigirning narxi 5 so‘m, qo‘yning narxi 3 so‘m, echkining narxi 2 so‘m edi.

Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3432

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 PISA MATEMATIKASI: ASOSIY KOMPETENSIYALAR
Matematik savodxonlik va real hayotda qo‘llash

PISA baholash tizimi o‘quvchilarning matematik savodxonligini uchta asosiy kompetensiya bo‘yicha baholaydi: tushunish, model tuzish, va tahlil qilish. Ushbu kompetensiyalar o‘quvchilarning real hayotdagi matematik muammolarni hal qilish qobiliyatini o‘lchaydi.

1️⃣ Tushunish (Formulating)
Bu kompetensiya o‘quvchilarning muammoni tushunib, uni matematik shaklda ifodalash qobiliyatini o‘lchaydi. O‘quvchilar quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:

✔️ Muammodagi asosiy elementlarni aniqlash.
✔️ Uni matematik belgilar va tenglamalar orqali ifodalash.
✔️ Real hayotiy vaziyatlarni matematik tushunchalar bilan bog‘lash.

📌 Misol:
Fermer 5 gektar yerga ekin ekmoqchi. Har gektarga 120 kg o‘g‘it kerak bo‘lsa, jami qancha o‘g‘it zarur?

2️⃣ Model tuzish (Employing)
Matematik model tuzish - bu muammoni yechish uchun matematik amallar, formulalar va grafiklardan foydalanish. O‘quvchi o‘z bilimlaridan foydalanib, muammoga matematik yondashuv ishlab chiqadi.

✔️ Matematik formulalar va mantiqiy fikrlashdan foydalanish.
✔️ Berilgan shartlar asosida yechim jarayonini qurish.
✔️ Sonli va jadvalli natijalardan foydalanish.

📌 Misol:
Avtomobil 100 km masofani bosib o‘tish uchun 8 litr yoqilg‘i sarflaydi. 450 km yo‘l uchun qancha yoqilg‘i talab qilinadi?

3️⃣ Tahlil qilish (Interpreting and Evaluating)
Tahlil qilish kompetensiyasi o‘quvchilarning yechim natijalarini tushunish, ularni baholash va real hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini tekshiradi.

✔️ Yechimni tekshirish va mantiqiyligini baholash.
✔️ Turli muqobil yechimlarni taqqoslash.
✔️ Qaror qabul qilishda optimal variantni tanlash.

📌 Misol:
Savdo do‘konida 3 xil chegirma variantlari mavjud: 10% chegirma, “3+1” aksiyasi va 5% naqd pulni qaytarish. Qaysi biri mijoz uchun foydaliroq?

📥 Bu kompetensiyalar bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘ring! Har kuni yangi savollar uchun kanalga a’zo bo‘ling:
👉 https://t.iss.one/pisamatematikasi
#Xorijdagi_merosimiz

Tuya va uning xо‘jayini. Miniatyura.
Behzod. (?)1480-1485 . Tuya bu Qur’onda zikr qilingan va alohida hurmat qilinadigan muqaddas jonzot. U о‘ziga xos tarzda xirom qiluvchi tabiatiga va gо‘zallikka ega bо‘lib, kundalik hayotda ham chidamli va qanoatlidir. Bundan tashqari, u sahroda о‘rnini hech narsa bosa olmaydigan naqliyot vositasidir. Markaziy Osiyoda tuya asosan kо‘chmanchi xalklar orasida keng tarqalgan va uning qadimgi davrlardagi suratlari ushbu mintaqaning qadimiy tasviriy san’at yodgorliklarida ham uchraydi. Miniatyurada tuyaning yonida uning о‘z egasi hayvonning junidan ip yigirib tayyorlayotgan holda tasvirlangan. Bu bilan kundalik hayotda tuya junidan keng foydanilgani kо‘rsatib berilgan.
🏛Tо‘pqopi saroyi kutubxonasi. Istanbul. N.2162. 19a sahifa.

Manba: 📚Kamoliddin Behzod merosi johon tо‘plarimida. “О‘zbekiston madaniy merosi“ mualliflik turkumi: Toshkent: “SILK ROAD MEDIA”, 2022.  400 b.

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot
📖Turkmaniston xalqining milliy lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning “Tafakkur gavhari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
#tashrif

🔰Genomika va bioinformatika markazining ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Mirzakamol Ayubov AQSh olimlarining taklifiga binoan ayni paytda Amerika Qo'shma Shtatlarining Mississippi shtati, Starkville shahrida bo'lib turibdi

🔰Kuni kecha u AQSh qishloq xo'jaligi departamentiga qarashli "Crop Science Research laboratory" birlashmasida bo'ldi va u yerdagi olimlar bilan uchrashdi

🔰Ushbu birlashma qariyb 20 yildan beri Genomika va bioinformatika markazi olimlari bilan hamkorlik qilib keladi va o'zbek olimlari bilan qator yutuqlarga erishgan

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

Bizni kuzatishda davom eting:
📢 KANAL:
@centerofgenomics