#Xorijdagi_merosimiz
*Sulton Ahmad devoni.* Bog‘dod, 1406 yil. Oltin suvi yuritilib chizilgan. O‘lchamlari: 27.5 x 17.5 sm. Temuriylar va qoraquyunli turkmanlarning doimiy taz’yiqiga qaramasdan Sulton Ahmad ibn Uvays (1382-1410) o‘z mavqeini tiklab oldi, bir necha qo‘lyozmalar yozdirib, Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan mashhur san’at ustasi Abdulhayga homiylik ham qilgan. Temuriylar davri tarixchisi Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, Sulton Ahmad «Arab va forsiyda she’r bitar edi, naqqoshlik, o‘ymakorlik, o‘q-yoy yasash kabi hunarlarni egallagan edi». G‘ayritabiiy qo‘sh sahifali rasmlar, debochalar, tiniq pigmentlar kitobga o‘zgacha bir bezak baxsh etgan. Istanbul, Turk va Islom asarlari muzeyi. № 2046.
*Sakkiz varaqdan iborat Sulton Ahmadning yana bir devoni saqlanib qolgan. (Frier San’at Galereyasi 32.30-37).
📚Д.Қурбонова ва К.Тутмэс. Темурийлар маданий меросининг Туркияда сақланиши ва ўрганилиши. Тошкент – 2021.
🏛@temurid_museum

KAYHUSRAVNING MAKRON SHOXI BILAN JANGI
Firdavsiy “Shoxnoma”siga ishlangan miniatyura. Eron. 1494 y. O‘lchami: 34.5x 24.5 sm. Qo‘lyozma Gilon viloyatining shaxzodasi Karkiya Mirzo Ali buyrug‘i bilan yozilgan. Miniatyurada tasvirlangan jangchi otliqlar Yazdiy “Zafarnomasi”ga ishlangan miniatyuralariga o‘xshab ketadi. Jang tasviri nihoyatda rangli va jo‘shqin xarakterga ega. Mahorat bilan ishlangan ko‘p shaklli ana shu lavhada jang anjomlari bilan qurollangan olomon, yarqiroq qurol-aslaha tutgan va temir qalpoq kiygan chavandoz jangchilar tasvirlangan. Shijoatli jangchilar qilich ko‘tarib, kamon tortib olg‘a intilmoqdalar. Ustalik bilan yaratilgan kompozitsiya va katta shakl ulug‘vorlik kasb etib, o‘ziga xos mushohada yurituvchi mohir rassomning iste’dodini yaqqol ifodalab turibdi.
Daniya. Devid kolleksiyasi. Inv. № 22/1979

Forwarded from Temuriylar tarixi davlat muzeyi
#Xorijdagi_merosimiz
MOYCHIROQ
G‘arbiy Eron yoki Sharqiy Turkiya; 1470 y.
Balandligi: 101; Diametri: 40 sm.
Turkistondagi Ahmad Yasaviy maqbarasi uchun ishlangan ulkan moychiroqni eslatuvchi mazkur moychiroq ham temuriylar davrining ajoyib durdonasi hisoblanadi. Monumental ko‘rinishga ega bu moychiroq ikki qismdan iborat. Pastki qismi odatdagidek moychiroq vazifasini o‘tagan, yuqori qismi esa, o‘ziga xos sferasimon idish o‘rnatilgan bo‘lib, moy tomizish vazifasini o‘tagan. Mazkur moychiroq mis va kumushdan ishlangan, aylanasi bo‘ylab turli qur’on oyatlari va kalimalar bilan bezatilgan. Undagi yozuvlar esa, mazkur moychiroqning Anqaradagi shayh So‘fi xoji Bayram Valiy maqbarasi uchun ishlanganiga ishora qiladi.
Daniya. Devid kolleksiyasi. Inv. № 45/1999

Nefrit piyola. Samarqand. XV asr.
Ushbu nefrit piyola Temuriy shahzodalarga atab 1492 yilda Samarqandda yasalgan. Uning tag qismi och yashil rangda, ustki qismi oq nefritdan yasalgan. Piyolaning old tarafiga “Karam haqqiga nihoyat yo‘qdir” deb yozilgan. O‘rta asrlarda xususan, Temuriylar davrida nefritdan amaliy san’at buyumlarida keng foydalanilgan.
AQSH, Xantington san’at muzeyi.
📚N.N.Habibullayev, D.A.Qurbonova. Temuriylarga oid durdonlarning dunyo bo‘ylab tarqalishi. Toshkent-2016.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Web-site

⁉️Sharafiddin Ali Yazdiyning mashhur “Zafarnoma” asarining AQSHdagi qo‘lyozmalari haqida bilasizmi?
🔰Prinston universitetidagi qo‘lyozmalar:
1. (IslamicManuscripts, New series no. 133). Katalogda berilgan ma’lumot juda qisqa. Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sanasi, joyi va kotibi ma’lum emas.
2. (Islamic manuscripts, Garrettno. 87G). Qo‘lyozma chiroyli ko‘chirilgan va matn oltin chiziqli ramka ichiga olingan. U 872 (1467-1468) yili, muallif vafotidan 33 yil keyin Sherali (Shir Ali) degan shaxs tomonidan ko‘chirilgan. Qo‘lyozmada Kamoliddin Behzod (vaf.1536) tomonidan chizilgan o‘n ikkita miniatyura bor. Kolofon so‘ngida qo‘lyozma Mir Jamoluddin Husayn degan shaxs tomonidan Akbar Shohga (1542-1605) taqdim qilinganligi haqida yozuv ham bor.
3. (Islamic Manuscripts, Garrettno. 3715Y). Qo‘lyozma Xalilulloh ibn Sharafuddin... degan kotib tomonidan 887 yil jumod al-avval oyining 10-kuni (27 iyun 1482 y.) ko‘chirilgan. Matn tilla chiziqli ramka ichida, juda chiroyli nasta’liq xatida yozilgan. Qo‘lyozma to‘liq raqamlashtirilgan va internetda ochiq foydalanishga qo‘yilgan.
https://catalog.princeton.edu/catalog/9955211173506421
🔰Yel universiteti kutubxonasidagi qo‘lyozma:
(Persian MSS 20) Katalogda Temurnoma deb qayd qilingan. 1221 yil zu al-qa’da oyining 4-kuni (13yanvar 1897 y.) Madras viloyati hokimi Tomas Manroga hadya sifatida ko‘chirilgan. Kotibi – Muhammad G‘avs.
📚Акрам Ҳабибуллаев. АЖДОДЛАР МЕРОСИ: АҚШдаги қўлёзмлар. Тошкент-2022. 160 б.
Telegram| Facebook | Instagram | Youtube | Web-site

📜Istanbul kutubxonalaridagi Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari
📚Hozirda Istanbuldagi to‘rtta kutubxonada Alisher Navoiyning illyustratsiyali qo‘lyozma asarlarining salmoqli to‘plami mavjud.
🏛Ulardan uchta to‘plamga – To‘pqopi saroyi muzeyi kutubxonasidagi, Istanbul universiteti kutubxonasi Turk va islom sanʼati muzeyidagi sobiq Usmoniylar imperatorlari xazinasidan jalb qilingan kitoblar kiradi. Sulaymoniya kutubxonasida esa o‘sha davrdagi Usmoniylar xayriya jamg‘armalaridan olingan kitoblar saqlanadi. Ularning baʼzilari hukmron sulola aʼzolarining tasarrufida bo‘lgan.
Bu yerda taqdim etilgan o‘n yettita qo‘lyozma XVI asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri kelgan yoki shu davrga tegishli bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi Hirotdan Istanbulgacha, Buxorodan Sherozgacha cho‘zilgan turk-fors dunyosi olamiga mansub.
manba
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site

#Alisher_Navoiy_582_yilligi
🖼 Mahmud Muzohib tomonidan XVI asrda yaratilgan Alisher Navoiy portreti.
🏛Hozirda Eronning Mashhad shahridagi Oston Quds Razaviy muzeyida saqlanadi.
Telegram

SAMARQANDDAGI JOME MASJIDINING QURILISHI
Kamoliddin Behzod miniatyurasi. Sharofiddin Ali Yazdiy. «Zafarnoma» asari / (1480–1485), Sahifa — 359b–360 a.
📍Baltimor Jon V. Garrett kutubxonasi, Jon Xopkins universitetida saqlanadi.
"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi.
📚 "Moniyni hijolatda qoldirgan Kamoliddin Behzod" nomli kitob-albomi.
SAMARQANDDAGI JOME MASJIDINING QURILISHI
Kamoliddin Behzod miniatyurasi. Sharofiddin Ali Yazdiy. «Zafarnoma» asari / (1480–1485), Sahifa — 359b–360 a.
📍Baltimor Jon V. Garrett kutubxonasi, Jon Xopkins universitetida saqlanadi.
"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi.
📚 "Moniyni hijolatda qoldirgan Kamoliddin Behzod" nomli kitob-albomi.
Forwarded from Temuriylar tarixi davlat muzeyi
#Xorijdagi_merosimiz
ДЕВОНИ НАВОИЙ (ҒАРОЙИБ УС-СИҒАР) МИНИАТЮРАЛАРИ
Келиб чиқиши: тахм. 1520–1535 йиллар, турк ва форс дунёси. Табриз.
8 та миниатюра мавжуд.
🖼Саҳ. 89v (9×9,2 см): Очиқ ҳавода мусиқачилар иштирокида байрам. Бу ерда шеър ошиқнинг арфа садолари остида озод бўлган ўз руҳига ўхшаётганлигини эслатади (чунки у ишқ азоби туфайли туз ҳам тота олмайди) ва арфанинг овози остидаги дарддан ўкириб йиғлайди. Шу сабабдан бўлса керакки, рассом мазкур расм таркибига арфа чаладиган машшоқни киритган.
🖼Саҳ. 99v (9×9,6 см): Фарҳод Бесутун тоғида, Мажнун чўлда. Мазкур шеърда ошиқ баъзан ўзининг ишқи Фарҳод кесиб ўтган тоққа ўхшашини, баъзан эса Мажнуннинг чўлда қолиб, ўз ишқ дардларини соқийга сўзлаб бераётган ҳолати тушунтирилади. Мазкур тасвир ҳар икки қаҳрамонни анъаналарга мос тарзда кўрсатиб беради. Туркиядаги Тўпқопи жамланмаси.
📚Манба: “Ўзбекистон маданий мероси жаҳон тўпламларида” нашри, XIX жилд.
@madaniymerosi

Tuya va uning xо‘jayini. Miniatyura.
Behzod. (?)1480-1485 . Tuya bu Qur’onda zikr qilingan va alohida hurmat qilinadigan muqaddas jonzot. U о‘ziga xos tarzda xirom qiluvchi tabiatiga va gо‘zallikka ega bо‘lib, kundalik hayotda ham chidamli va qanoatlidir. Bundan tashqari, u sahroda о‘rnini hech narsa bosa olmaydigan naqliyot vositasidir. Markaziy Osiyoda tuya asosan kо‘chmanchi xalklar orasida keng tarqalgan va uning qadimgi davrlardagi suratlari ushbu mintaqaning qadimiy tasviriy san’at yodgorliklarida ham uchraydi. Miniatyurada tuyaning yonida uning о‘z egasi hayvonning junidan ip yigirib tayyorlayotgan holda tasvirlangan. Bu bilan kundalik hayotda tuya junidan keng foydanilgani kо‘rsatib berilgan.
🏛Tо‘pqopi saroyi kutubxonasi. Istanbul. N.2162. 19a sahifa.
Manba: 📚Kamoliddin Behzod merosi johon tо‘plarimida. “О‘zbekiston madaniy merosi“ mualliflik turkumi: Toshkent: “SILK ROAD MEDIA”, 2022. 400 b.

Behzod. Darvesh surati. 1480-1485. Behzodning dastlabki asarlarida uning sо‘fizm tariqatiga ergashganligi nafaqat Sa’diyning tasavvufiy masallari uchun chizilgan illyustratsiyalarda, balki sо‘fiylik oqimi vakillari zohid, darvesh yoki shayx obrazlarining portreti uchun yoki turli janrdagi sahnalarda personajlarni tasvirlashda namuna sifatida olishida ham namoyon bо‘ladi. Ushbu miniatyurada, aftidan, haddan tashqari sо‘fiylikka, tarki dunyochilikka berilgan zohid tasvirlangan. Tarki dunyochilik tasavvufning dastlabki bosqichidan boshlangan, uning asosiy mazmuni dunyoni ne’matlaridan zohidona voz kechish, boylik va farovon hayotni ayblashdan iborat bо‘lgan. Boshidagi kirib olingan sochlari va yalang oyoqlari uning zohidligidan dalolat beradi. U yarim-yalang‘och holda tasvirlangan, ustida bitta charm lungi va yelkasida pо‘stakdan tayyorlangan yopinchig‘i bor. Behzod yashagan davrida zohidlar shunday kiyinishgan. Uning oldida darveshlik anjomlari sadaqa yig‘ish uchun idish, tepasida esa shox va hassasi bor. Portretning hashamdor zeb berilgan chorbezagi keyinchalik XVI asrda chizilgan.
🏛Tо‘pqopi saroyi kutubxonasi. Istanbul. Н.2162. 3a sahifa.