O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.31K subscribers
15.3K photos
1.39K videos
652 files
7.99K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#HAMKORLIK

ФА Тарих институти директори Азамат Зиё ва Туркиянинг Памукқалъа университети ректори Аҳмед Қутлуғхон ўртасида учрашув бўлиб ўтди.
Учрашув давомида икки томон ўртасида илмий алоқаларни йўлга қўйиш ва кучайтириш, қўшма илмий лойиҳалар тайёрлаш ва амалга ошириш, ўзбек-турк халқлари тарихини ўрганиш масалари, биргаликда илмий йиғинлар ташкил этиш муҳокама қилинди. Шунингдек, бугунги кунда мамлакатимизда тарих фани олдида турган вазифалардан келиб чиқиб, уларнинг ечимларидан бири сифатида кадрлар тайёрлаш масаласи эканлигига урғу берилди. Бунда икки томонлама мутахассислар ва ёшлар алмашинуви дастурини амалга ошириш долзарб эканлиги таъкидланди. Бундан ташқари ёш тарихчи олимлар ўқишлари муддати ва мавзулар кўламини кенгайтириш, институт ёшларининг тил билиш даражасини яхшилаш мақсадида туркиялик мутахассисларни жалб этишга келишилди.
Учрашув сўнггида Тарих институти ва Туркиянинг Памукқалъа университети ўртасида келишув битими имзоланди.
#Hamkorlik


Oʻzbekistonning rivojlanish yoʻli



Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi” kitobi. Maʼnaviy taraqqiyotning maqsad-vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori oʻrinbosari A.A.Tulyaganov, institut boʻlim boshligʻi M.X.Baratovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Ular oʻz maʼruzalarida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi (20.12.2022-y.)”, “Yangi Oʻzbekistonning 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati” xususida maʼlumotlar berishdi.
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (G'olibjon Botirov)
#Hamkorlik
Prezident ta’lim muassasalari agentligining Buxoro viloyati hududiy bo‘limi va O‘zR FA huzuridagi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti Buxoro bo‘linmasi o‘rtasida Memorandum imzolangan.

Memorandumda keltirilgan vazifalarni bajarish maqsadida Matematika Instituti Buxoro bo‘limi mudiri f.-m.f.d., prof. D.Q.Durdiyev hamda bo‘linma katta ilmiy xodimi f.-m.f.f.d (PhD) Z.R.Bozorov Buxoro shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida professor D.Q.Durdiyev yuqori sinf o‘quvchilari bilan bugungi kundagi matematika fani sohasidagi yutuqlar, undagi o‘zbek olimlarining o‘rni, Buxoro viloyatidagi ilmiy maktablar haqida batafsil so‘zlab berdi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shu bilan birga Z.R. Bozorov 9-GREEN sinfida “Sonning butun va kasr qismi” mavzusida mahorat darsi o‘tdi.

Tashrif so‘ngida bu kabi uchrashuv va darslarni tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etishga kelishib olindi.
#Hamkorlik


Ilm-fanda hududlar rivoji yo’lidagi
muhim
hamkorlik

Xorazm Ma’mun akademiyasida bōlib ōtgan FA hududiy bo’limlarning anjumani doirasida bir qator hamkorlik loyihalari ham boshlandi. Aslida bu kabi ilmiy anjumanlarning bosh maqsadi olimlarning fikr almashishi, yangiliklar bilan tanishishlari va albatta ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat. Anjuman doirasida Fanlar akademiyasining Qoraqalpog’iston Tabiiy fanlar va Navoiy bo’limlari o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelgusi faoliyat, rivojlanish yo’lida hamkorlik qilish uchun ilk qadam qo’yildi. Ikki hududiy bo’limlarning hamkorligi ilm-fan yuksalishiga xizmat qilsin!
#Hamkorlik loyihalari

Yangi loyihalar- ilmiy rivojlanish yo’lidagi tashabbuslar


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Bioorganik kimyo institutiga Hindiston-Oʼzbekiston UZB- Ind-2021-90 “Termitlarning iz feromoni va ichak mikroblarining funktsiyasi mexanizmini aniqlash” mavzusida loyiha amalga oshirish buyicha Frantsiyaning Parij 13 Universiteti professori David Sillam-Dusses (Scopus h-index-19, google scholar i10-indeks 44) va Czech University of Life Science professori Jan Šobotník (Scopus h-index-26, google scholar i10-indeks 66) olimlar tashrif buyurishdi.

Batafsil 👉https://facebook.com/academy.uz
#Hamkorlik loyihalari


Uchqundan qo’rqqan temirchi-ilm olishdan chekingan olim bo’lmas!

O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti (FTI) taklifiga binoan, materialshunoslik hamda Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari sohasidagi yirik olim, Amerika Qo’shma Shtatlarining Delaware Universiteti professori Ismat Shah (Prof. Dr. Ismat Shah - https://mseg.udel.edu/people/shah/ ) O’zR FA FTIga tashrif buyurdi.

Batafsil 👉Tashrif haqida


Uchqundan qo’rqqan temirchi-ilm olishdan chekingan olim bo’lmas deganlaridek, ilm olish va uni rivojlantirish istagidagi bu kabi hamkorlik loyihalari, uchrashuvlari bugungi kun uchun har jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Forwarded from UZBEKISTAN GTL
#Hamkorlik

😎 Olimlar bilan hamkorlikda texnogen chiqindidan foydali mahsulot ajratib olish yo‘lga qo‘yiladi

“Uzbekistan GTL” MCHJda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti vakili bilan ilmiy-texnik ishlar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil
———

😎 Совместно с учеными будет налажено извлечение полезного продукта из техногенных отходов

В ООО «Uzbekistan GTL» состоялась встреча с представителем Института материаловедения Академии наук Узбекистана по научно-технической работе.

👉 Подробнee

Bizni kuzating⬇️

💬Telegram | 🌐Website
👍YouTube | 😉LinkedIn
👨Facebook | 📹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

"O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi
Axborot xizmati
bian Fanlar akademiyasu Axborot xizmati doimiy hamkorlikda media tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Sohaga doir axborotlar almashinuvida ham yangiliklarni bo'lishib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Hamkorlik

Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov boshchiligidagi markaz xodimlari bilan muloqot oʻtkazdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot uchrashuvida xalqimizga Oʻzbek davlatchiligi tarixini xolisona yetkazgan holda ularning maʼnaviy dunyo qarashini yanada boyitish va yosh avlodni boy milliy tariximiz asosida vatanparvar qilib tarbiyalash bosh maqsad sifatida belgilab olindi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
#HAMKORLIK

Bioxilma-xillikni muhofaza qilishda muhim qadam

O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi direktori Oliver Avramoski hamda loyiha menedjeri Lyubov Timofeeva tashrif buyurdi. Mehmonlarni FA vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova kutib oldi. Uchrashuvda FA Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboyev hamda Zoologiya instituti ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi direktori Oliver Avramoski Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochishni va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. O‘z o‘rnida Fanlar akademiyasi ham birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
📎 Mazkur tashkilot bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Tabiatni muhofaza qilish loyihalarini mahalliylashtirish;
Milliy va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash;
Qizil kitobni takomillashtirish va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish;
Cho‘llanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash;
Ekologik ta'lim va mahalliy jamoalarni jalb qilish;
Barqaror turizmni rivojlantirish;
O‘zbekistonning ekologik sa’y-harakatlarini xalqaro darajada tan olishga imkon beradi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/bioxilma-xillikni-muhofaza-qilishda-muhim-qadam


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Кувайт Давлатига келди. Ал-Кувайт халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Амир Шайх Мишъал ас-Сабоҳ, Валиаҳд Шайх Сабоҳ Холид ал-Ҳамад ас-Сабоҳ ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Шу ернинг ўзида олий мартабали меҳмонни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Государство Кувейт с официальным визитом. В международном аэропорту Эль-Кувейта главу нашего государства встретили Эмир Шейх Мишааль ас-Сабах, Наследный принц Шейх Сабах Халид аль-Хамад ас-Сабах и другие официальные лица.

Здесь же состоялась церемония официальной встречи высокого гостя.

#Mirziyoyev #tashrif #Kuvayt #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X