ZAMON.UZ | LIVE
1.62K subscribers
46.5K photos
10.8K videos
3 files
54.9K links
Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @sevimli_pr, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pokistondagi parlament majlisida janjal yuzaga keldi

Panjobdagi mahalliy parlamentda hukmron va muxolifatdagi ikki qanotga mansub Musulmon Liga Navaz va Tehrik-e-Insaf vakillari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Xitoy tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida har yili bola parvarishi uchun 500 dollar miqdorida to‘lov joriy etdi

Nashrning yozishicha, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati har bir 3 yoshgacha bo‘lgan bola uchun oilalarga yiliga 3600 yuan (taxminan 500 dollar) miqdorida yordam ajratilishini eʼlon qildi. Ushbu subsidiya 2022–2024 yillar oralig‘ida tug‘ilgan farzandlarga ega oilalarni qamrab oladi. Bu chora 20 milliondan ortiq oilani qamrab olishi kutilmoqda.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQShda barja va yaxtaning to‘qnashuvi oqibatida ikki nafar bola halok bo‘ldi

Florida shtatining Mayami-Bich shahrida bolalar bo‘lgan yaxtaning barjaga urilishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi, yana ikki nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

Yaxtada bo‘lgan olti kishining barchasi suvdan qutqarilgan. Jabrlanganlar 7–15 yosh oralig‘ida bo‘lib, suv sporti lageri ishtirokchilari bo‘lishgan. Voqea bo‘yicha AQSh Qirg‘oq xavfsizligi xizmati surishtiruv olib bormoqda.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндистонлик бола кобрани ғажиб ташлади

Шундан сўнг у ҳушини йўқотган.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Zo‘ravonlik xavfi aniqlansa, bola vaqtincha oiladan ajratiladi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik xavfi aniqlansa, ularni vaqtincha oiladan ajratishga ruxsat beruvchi tartib joriy qilindi.

“Inson” markazlari va IIOlar bolaning holatini 1 kun ichida o‘rganadi. Xavf yuqori bo‘lsa, zo‘ravonga choralar ko‘riladi, bolaga himoya orderi beriladi yoki u xavfsizlik maqsadida oiladan ajratiladi.

14 kun ichida bola holati kompleks baholanib, himoya rejasi tuziladi. Zo‘ravonlarga esa ota-onalik huquqini cheklash, majburiy davolash va tuzatish choralari qo‘llanadi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Manxettendagi otishma: hujumchi aslida NFL ofisini nishonga olmoqchi bo‘lgan

Nyu-York meri Erik Adamsning aytishicha, Manxettendagi otishmani uyushtirgan Shayn Tamura dastlab AQSh Milliy futbol ligasi (NFL) ofisiga hujum rejalagan. Biroq u tasodifan boshqa liftga chiqqani bois Rudin Management kompaniyasiga kirib, aynan shu yerda otishma sodir etgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tamura sport bilan shug‘ullangan va o‘zida xronik travmatik ensefalopatiya (CTE) borligiga ishongan. Uning yonidan topilgan maktubda NFLni o‘z ruhiy holatida ayblagani qayd etilgan.


Telegram | Live | YouTube | Instagram
Tailand Kambodja bilan mojaroda ko‘rilgan zararni e’lon qildi

Tailand hukumati Kambodja bilan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida ko‘rilgan zarar 300 million dollardan ortiq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda moliya vaziri Phichay Chunxvachira bayonot berdi.

Zarar kattaligi inobatga olinib, uni bartaraf etish uchun 618 million dollar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Mojaro may oyi oxirida bahsli chegara hududida boshlangan edi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Farhod Mannopov ishi bo‘yicha shifokor oqlandi — sud yakuni e’lon qilindi

Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi bloger Farhod Mannopovga operatsiya qilgan Star Med Center klinikasi shifokorini aybsiz deb topdi. Sud unga qo‘yilgan 5 yil ozodlikni cheklash va 2 yil kasbiy faoliyatdan chetlatish jazolarini bekor qildi.

Sud qarorida ta’kidlanishicha, shifokor faqat operatsiyaga javobgar bo‘lgan, bemorning ahvolini nazorat qilish esa anesteziolog-reakimotolog zimmasida edi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, bemor vafotiga olib kelgan muammo anestetik vositaga bo‘lgan allergik reaksiya — anafilaktik shok bo‘lgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, operatsiya vaqtida anesteziolog ikki bor telefonda gaplashib, bemor tana haroratidagi o‘zgarishni o‘z vaqtida sezmagan. Buning natijasida og‘ir asoratlar yuzaga kelgan.

Shuningdek, bemorning o‘zi allergiyasi yo‘qligini bildirgani va bu holat hujjatlarda qayd etilgani ma’lum qilingan. Shifokorga nisbatan jinoyat ishi tugatildi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
👌2
Bugun O’zbekistonda havo harorati biroz pasayadi

O’zgidromet xabariga ko’ra, bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 32-37° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo‘ladi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Самарқандда хонанда эри томонидан бўғиб ўлдирилди

Бош прокуратура Zamon.uz’га қотиллик бўйича маълумот тақдим этди.

Батафсил 👉 https://zamon.uz/a/uz-to/37680

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Kamchatkada 8,7 magnitudali zilzila yuz berdi

Kamchatkada 1952 yildan beri eng kuchli zilzila qayd etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan videolar tarqalmoqda.

Kamchatka, Kuril orollari, Yaponiyaning deyarli butun sharqiy qirg‘oqlari, Alyaska hamda Amerikaning Kaliforniya va Oregon shtatlari uchun sunami xavfi e’lon qilindi.

Sunamining birinchi to‘lqini allaqachon Shimoliy-Kurilsk qirg‘oq zonasiga yetib borgan, ba’zi joylarda aholi punkti va baliqchilik korxonasini suv bosgan. Mahalliy aholi evakuatsiya qilingan.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1 sentyabrdan "Radar" yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo'ladi

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi stasionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda «Radar» yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Энди ChatGPT билан сирлашишда эҳтиёт бўлинг!

Энди бот билан шахсий ёзишмалардаги маълумотлар ошкор қилиниши мумкин. ChatGPT директори огоҳлантириш билан чиқди.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erdo‘g‘an To‘qayevni Turkiyaning oliy mukofoti bilan taqdirladi

Turkiya Prezidenti Anqarada Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni mamlakatning eng oliy mukofoti - “Davlat Nishoni” ordeni bilan taqdirladi

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
👍12👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi yong'in o'chirildi

"Jomiyda katta yong'in bo'lmoqda" nomli xabarlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi.

"zamon.uz" yong'in bo'layotgani aytilgan hududga yetib bordi. Olmazor tumani "Usta shirin" ko'chasida joylashgan sintepon ishlab chiqarish korxonasida sodir bo'lgan yong'in qisqa muddatda bartaraf etilgan.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy sud “Toshshahartransxizmat”ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari nega qamoqdan ozod etilganiga izoh berdi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram