ZAMON - qadriyatlarga asoslangan maktab | Xorazm
153 subscribers
123 photos
115 videos
92 links
👨‍🏫 Matematika, Ingliz va Rus tiliga ixtisoslashgan
🎒 Ta’lim 1-11-sinfgacha
📍 Qabul 3-sinfgacha
📞Tel: 77-051-41-41
Download Telegram
🇺🇿Xivaga madaniy-ma’rifiy sayohat
O‘quvchilarimiz uchun unutilmas kunlardan biri bo‘ldi!


Xorazmning qadimiy go‘shalaridan biri bo‘lgan Xivaga madaniy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida o‘quvchilar shaharning boy tarixiy merosi, me’moriy obidalari va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmiy-madaniy izlar bilan tanishishdi.

Bu kabi tashriflar yoshlarda tarixga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, ularda milliy g‘urur va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantiradi.

Kelajakda yana ko‘plab foydali sayohatlar rejalashtirilmoqda!

📱@zamonmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Hurmatli ustozlar, ota-onalar va aziz o‘quvchilar!

Sizlarni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Bu sana – xalqimizning mardlik va jasorat, sabr-toqat va fidoyilik fazilatlarini yodga oladigan muqaddas kun. Aynan shu kunda biz yurtdoshlarimizning urush yillaridagi mashaqqatli hayoti, front ortidagi mehnati va bugungi tinch hayotimiz uchun qilgan beqiyos xizmatlarini chuqur ehtirom bilan yodga olamiz.

Shu ulug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga, ayniqsa, faxriylarimizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz. Vatanimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan, Zamon Maktabi ma’muriyati

📱@zamonmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xotira — muqaddas, qadriyat — abadiy

Bugun o‘quvchilarimiz bilan Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira maydonini ziyorat qildik. Ular o‘z hayotlarini Vatan tinchligi yo‘lida fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, gulchambar qo‘ydilar.

Ziyorat davomida o‘quvchilarga Ikkinchi jahon urushi voqealari, mard ajdodlarimiz jasorati va bugungi tinch hayotimizning qadriga yetish haqida so‘zlab berildi. Bunday tashriflar farzandlarimizda tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

📱@zamonmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🏫 Maktabimizda ilk faxriy yorliqlar topshiruv marosimi! 🎉

Yozgi ta’til arafasida maktabimizda esda qolarli tadbir tashkil etildi – bizning ilk o‘quvchilarimiz o‘zlarining tartibi, faolligi va ilmga bo‘lgan intilishi bilan faxriy yorliqlarga loyiq deb topildilar. 🏅

Bu faxriy yorliqlar – ularning bir yil davomida qilgan mehnati, sa’y-harakatlari va o‘sish yo‘lida qo‘ygan birinchi qadamlariga berilgan munosib e’tirofdir.

📌 Tadbir davomida o‘quvchilarimizga yorliqlar tantanali tarzda topshirildi. Ularning ko‘zidagi quvonch va g‘urur biz uchun eng katta mukofot bo‘ldi.

Yozgi ta’til ularning hordiq chiqarib, yangi bilimlarga tayyorgarlik ko‘rishi uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

📱@zamonmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Faxrli natijalar! 🇬🇧🏆

O‘quvchimiz Yo‘ldasheva Mehribon 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan HIPPO olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥈 Uni 1-o‘rindan atigi 0,5 ball ajratib turdi xolos — bu esa uning bilim darajasi, tirishqoqligi va mehnatini yana bir bor isbotladi! 💪📚

Shuningdek, yil davomida 500 ta inglizcha so‘z yodlagan bilimdon o‘quvchilarimizni ham alohida taqdirlab o‘tdik! 🎁🎖
Ularning har biriga minnatdorchilik bildiramiz — bu kichik qadamlar katta yutuqlarga olib boradi! 🚀

📱@zamonmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🏫 Zamon xususiy maktabi — bu yerda ta’limgina emas, tarbiya ham muhim!

Biz sizga quyidagi sharoitlarni taqdim etamiz:

O‘zbek va rus guruhlari – farzandingiz uchun qulay til muhitida o‘qish imkoniyati
Yozda muzdek, qishda issiq sinfxonalar – barcha fasllarda qulaylik kafolatlangan
Gimnastika va kurash mashg‘ulotlari – jismoniy rivojlanish va intizomni uyg‘otuvchi darslar
3 mahal ovqatlanish – sog‘lom va halollik tamoyiliga asoslangan menyu
Malakali logoped xizmati – har bir bolaning nutq rivojiga individual e’tibor
Qadriyatlarga asoslangan ta’lim – hurmat, mehr, halollik va vatanparvarlikni bolalarga singdiramiz

🎯 Farzandingizga bilim, tarbiya va g‘amxo‘rlikni bir joyda berishni istasangiz — Zamon maktabi to‘g‘ri tanlov!

📞Tel: 77-051-41-41
📍Manzil: Urganch sh, Fazo k, Ishonch
Mo'ljal: Ishonch do'koni

https://youtu.be/Akv_mAMi138?si=nOxq42z811ZSiKIz
Rus boshlang'ich o'qituvchilarni ishga taklif qilamiz

Staj: 5+yil
Oylik: suhbat asosida
• O‘z mutaxassisligini chuqur bilishi
• Bolalar bilan yaxshi kirisha olishi
• Xushmuomala va chaqqon bo'lishi
• Mas'uliyatli va kirishimli bo'lishi kerak

📞 Telefon: +998 77 051 41 41

📱 @zamonmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM