Yusuf ABSOATOV
164 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
Forwarded from Talaba_VUZ (Гавҳар Рахматуллаева Илҳомовна)
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Yusuf Absoatov Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘ldi.
Vazir o‘rinbosari institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi. Mutasaddilar bilan o‘zaro suhbat va muloqotda bo‘ldi.
Yusuf Absoatov institut media markazi bilan tanishdi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari institutda barpo etilayotgan IT-markazni ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur markazning yoshlar va talabalar o‘rtasida ommaviyligi va jozibadorligini ta’minlash bilan bog‘liq fikr-mulohazalarini bildirdi.


🎓Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/joinchat/VZX_cqKETDhbBG9i
Forwarded from JizPI online | rasmiy kanal (Turon arsloni)
Vazir o‘rinbosari Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi

Bugun, 5-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Yusuf Absoatov Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurib, institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi. Talabalar sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, o‘quv xonalarini tayyorgarlik holati va institutning moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif jarayonida o‘quv laboratoriya jihozlari, institut axborot resurs markazi faoliyati hamda institutda tashkil etilgan professor-o‘qituvchilarning fanlari bo‘yicha videodarslik yaratishga mo‘ljallangan zamonaviy tasvirga olish qurilmalari bilan jihozlangan media markaz faoliyatini o‘rgandi.
Uchrashuv so‘ngida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi hamda kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

Institut matbuot xizmati

JizPI rasmiy kanali: @JizPI_online
Forwarded from O‘zMU Jizzax filiali rasmiy kanali (naimnarzikulov)
2021-yilning 5-avgust kuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo'yicha oʻrinbosari ABSOATOV YUSUF QODIROVICH O'zMU Jizzax filialiga tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida 2021-2022-oʻquv yili uchun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialiga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun boʻlib oʻtayotgan (ijodiy (og’zaki)) imtihon jarayonlari bilan tanishdi.

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling
🌍 telegram: @uzmujizzaxfiliali⬅️
🌐Rasmiy sayt: jbnuu.uz ⬅️
📷Instagram: https://instagram.com/jbnuu.uz⬅️
🌏Facebook: https://fb.com/jbnuu.uz⬅️
🌎you tube: https://youtube.com/channel/UCdIYJbYwz7r-jqtUnZ4aWuA
Forwarded from Edu.uz
#Tokio_2020 | #Bahodir_Chempion

+91 kg vaznda oʻzbekistonlik Bahodir JALOLOV finalda Richard Torres (AQSH)ga qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti, o‘zbek BAHODIRI bu orqali yurtimizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!