Yusuf ABSOATOV
164 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
🇺🇿 O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA MATEMATIK TALABALARIMIZDAN MUNOSIB SOVG‘A!

🎖Xalqaro fan olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq!

🔰
2021 yilning 2-7 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasidagi Xalqaro Matematika musobaqasi (IMC - International Mathematical Competition) bo‘lib o‘tdi.

Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi.
Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Gemaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

🔰 O‘zbekistonlik talabalarning ushbu olimpiadada munosib ishtirokini taminlash maqsadida joriy yilning Mart - Iyul oylarida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va O`zbekiston Milliy universietti mutaxassis o‘qituvchilar Behzod Qurbonboyev va Farhod Haydarovlar tomonidan tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi Iyul oyida o‘tkazilib, to‘rt bosqichli saralash natijalariga ko‘ra 17 nafar talaba terma jamoaga qabul qilindi.

🏆 Olimpiada natijalari bilan tanishing:

🥇 OLTIN MEDALLAR (5 nafar)
📌 Ahadov Abdushukur (O`zMU)
📌 Imomov Jasurbek (O`zMU)
📌 Samatboyeva Maftuna (O`zMU)
📌 Ismoilov Islombek (UrDU)
📌 Sadikov Kamal (QorDU)

🥈 KUMUSH MEDALLAR (6 nafar)
📌 Quroqboev Shahzod (O`zMU)
📌 Yazdonov Doniyor (O`zMU)
📌 Turayev Jahongir (O`zMU)
📌 Norboev Jahongir (O`zMU)
📌 Oltiboev Davrbek (O`zMU)
📌 Abduqayumov Abdumalik (TDIU)

🥉 BRONZA MEDALLAR (4 nafar)
📌 Abdullaev Laziz (O`zMU)
📌 Rajabova Nilufar (O`zMU)
📌
Tursunboyev Jahongir (O’zMU)
📌 Jalilov Olimjon (GulDU)

🏅FAXRIY YORLIQLAR (2 nafar)
📌Iskandarov Javohir (O’zMU)
📌 G‘afforov Nodirbek (O’zMU)

💐
O`zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, jamoasi va yoshlari nomidan g`olib bo`lgan talabalarning ota-onalari hamda ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz. Talabalarimizning keyingi ishlariga muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.
___
🌎
Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
Forwarded from Edu.uz
⚡️⚡️RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

🔰 2021/2022-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida oʻqishini koʻchirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Ayrim arizalar maʼlum bir sabablarga koʻra rad etildi.

🔚 Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning
SOʻNGGI MUDDATI 2021-yil 13-avgust kuni soat 23:59.

❗️Ushbu muddatdan soʻng arizalarni tahrirlash imkoni boʻlmaydi.

‼️Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KOʻRIB CHIQILMAYDI.

☝️Roʻyxatdan oʻtgan barcha talabalar (fuqarolar)dan oʻzlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (roʻyxatdan oʻtishdagi login va parol orqali), arizalarining koʻrib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari soʻraladi.
———
👉 Eduuz dan yiroqlashmang!
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish doirasida koʻrilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida:

"Parijda boʻlib oʻtadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod litsenziyani qoʻlga kiritish va medallar boʻyicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.

Har bir hudud kesimida Olimpiada oʻyinlariga hozirlik koʻrish dasturlarini ishlab chiqib, uni tizimli tashkil etish kerak.

Sport taʼlim muassasalarida Paralimpiya boʻlimlarini tashkil etib, ularga 10 foiz qoʻshimcha kvotalar ajratish yaxshi natija berishi mumkin.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimini ham joriy etishimiz kerak".

👉 https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Xizmat_safari

Vazir o'rinbosari Samarqanddagi OTMda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda islohotlar bilan yaqindan tanishdi

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov Samarqand davlat chet tillar va Samarqand iqtisodiyot va servis institutlarida bo‘lib, institutlarda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda islohotlar bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, oliygohlarning yangi 2021/2022-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

👉 https://edu.uz/uz/news/view/2725

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️ESLATMA!

⚠️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔚 Bugun, 20-avgust
litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilashning OXIRGI KUNI.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va parollari bilan shaxsiy kabinetga kirgan holda soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi:

• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;

• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklash;

• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilash;

• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilash.

*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi. 👇
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2-asos bo'yicha joylarga chiqqan holda muammolarni o'rganishni davom etyapmiz. Xudo xohlasa ijobiy natijalar beradi.

Mazkur yildagi rejalarimizga 2 ta asos belgilagandik:
1. Prezident Shavkat Miromonovichning Yoshlar forumidagi nutqlari va Oliy Majlisga murojaatnomalari.

2. Bevosita o'zimiz Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, ... ga borib talabalar bilan uyishtirgan ochiq suhbatimizdan olingan xulosalar.

1-asos respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalariga tegishli jihatlarni qamrab olsa,

2-asosimiz aynan hudud va ta'lim muassasasi talabidan kelib chiqadigan jihatlarni ko'zda tutadi.

Masalan, Qashqadaryoda bo'lganimizda talabalar bizga bevosita o'zimizning ulkan zavodlarda ishlaydigan tajribali shaxslar ma'ruzalar o'tib borsa degan takliflarni olg'a surishdi. Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida bu takliflar bo'yicha samarali natijalarni qo'lga kiritish mumkin deb o'ylaymiz.
Xorazmdagi uchrashuvda matematika bo'yicha Qorako'l maktablari bilan, qolaversa, jahon bilan raqobatdosh bo'la oladigan tizim, markazlar kerakligi so'raldi.
Qadrdonlar, prezidentimiz bizni ham esdalik nishoniga munosib ko'ribdilar.

Faxr, quvonch va mas'uliyat hislari uyqash bir kayfiyatdaman.

Kutmagan edim deyolmayman. Kutgan edim. Hammaga bayramni kamida mendek yuqori notalarda kutib olishni tilab qolaman.