November 7, 2022
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Seminar_trening

Joriy yilning 5 noyabr kuni “Garmoniya” aholiga amaliy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan O‘zbekiston innovatsion ta’lim assotsiatsiyasi hamda Yuqorichirchiq tumanidagi “Yashnobod” va “Uchinor” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida
trening tashkil etildi.

📊Treningga tumandagi nomi qayd etilgan mahalla fuqarolaridan tashqari “Istiqlol” va “Do‘stlik” MFY xotin-qizlari ham ishtirok etishdi.

📈Mazkur tadbir Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tarafidan bulingan mablag‘lari asosida amalga oshirildi. 

🔰 “Ayol kungli xotirjam bo‘lsa, oilada va jamiyatda xamjixatlik bo‘ladi” loyihasi doirasida tashkil etildi.  Grand mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish, ayollarga psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan
trening yuqori darajada o'tdi.

❇️Treningni trener-psixolog Gulbanu Kuvatova olib bordi. Turli psixotexnikalardan foydalanib, treningda qatnashgan ayollarning e’tiborini ularning shaxsiy rivojlanishiga qaratdi. Shu tariqa ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilada totuvlikni saqlashga yo‘l ko‘rsatdi.

📎Tadbirda “Garmoniya” markazi rahbari A.Teshebayeva so‘zga chiqib, loyihaning maqsad va vazifalari tugrisida tushuncha berdi. Shuningdek, “Yashnobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Xotin-qizlar faoli H.Qurbonova va O‘zbekiston innovatsion ta’limni rivojlantirish assotsiatsiyasi direktori Shohruh Yerjanovlarga hamkorlik va amaliy yordam uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
November 7, 2022