#Maxsus_dayjest

2022-yil yakuniga yetmoqda. Viloyatimiz ahli dilda shukronalik bilan eski yilni kuzatib, quvonch va hayajon bilan yangi yilni qarshi olmoqda. Qisqa satrlarda shukuhli voqealar haqida xabar beramiz.

🔘
Bekobod shahri. Bayramni betalofat oʻtkazish uchun puxta taraddud koʻrilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Mingbuloq, Qirsadoq, Sohibkor va Said ota MFYlarda bayram tadbirlari oʻtkazildi.

🔘Qibray tumani.Bolaning begonasi boʻlmaydi” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun bayram aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Zangiota tumani. Madaniyat bogʻida Prezident sovgʻalari oʻz egalariga topshirildi.

🔘Ohangaron tumani. Maxsus daftarlarda turuvchi 32 nafar fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

🔘Boʻka tumani. Yangi yil archasi atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun reydlar oʻtkazildi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi tozalik fidoyilariga bayram sovgʻalarini ulashdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tadbirkorlik boshlash istagidagi 181 nafar fuqaroga ish anjomlari sovgʻa qilindi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi 102 yoshli urush faxriysini bayram bilan qutlab bordi.

🔘Chirchiq shahri. Yolgʻiz va eʼtiborga muhtoj keksalar holidan xabar olindi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Qahraton sovuq oʻz kuchini koʻrsatayotgan bir vaqtda aksariyat uyidan koʻchaga chiqmaydi. Ammo ayrim soha vakillari borki, qor va yomgʻirda ham oʻz vazifasini sidqidildan ado etadi, yoʻllarni qor va muzlamadan tozalaydi. Viloyatimiz boʻylab ana shunday zahmatkash obodonlashtirish xodimlari va yoʻlsozlar uchun “Mehr ulashaylik” aksiyasi davom etmoqda. Aksiya doirasida nafaqat issiq qahva hamda palov, asosiysi koʻngillariga iliqlik ulashilmoqda.

🟣Kasaba uyushmasi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan ham koʻchada xizmat oʻtayotganlarga osh damlab, tushlik vaqtida tarqatildi.

🟣Bekobod tumani. Tuman yoshlar yetakchilari sovuq kunlarda hamyurtlarimizga madadkor boʻlish maqsadida “Mehr ulashing” aksiyasini eʼlon qilishdi.

🟣Nurafshon shahri. Nurafshon shahri IIB boshligʻi va boʻlim xodimlari sovuqda mehnat qilayotgan xodimlarga issiq yeguliklar tarqatishmoqda.

🟣Yuqori Chirchiq tumani. Tuman yoshlar yetakchilari “Mehr ulashing” aksiyasi doirasida Obodonlashtirish boʻlimining mehnatsevar xizmatchilariga issiq kofe va shirinliklar tarqatishdi.

🟣Piskent tumani. Hokimlik va deputatlar obodonlashtirish xodimlari hamda yoʻlsozlar uchun issiq qahva, osh tarqatdilar.

🟣Ohangaron tumani. Qahraton qish sovugʻida ham tinmay mehnat qilayotgan, koʻchalarimiz, yoʻllarimiz tozaligi uchun jonbozlik koʻrsatayotgan obodonlashtirish boʻlimi ishchi-xodimlariga bepul tushlik tashkil etildi.

🟣Qibray tumani. Viloyat Transport boshqarmasi va Qibray tumani hokimligi tomonidan Obodonlashtirish boʻlimi xodimlari uchun issiq choy va issiq yeguliklar tortiq etilmoqda.

🟣Ohangaron shahri. “Kuch birlikda” koʻngillilar harakati va Ohangaron shahri mahallalaridagi hokim yordamchilari hamkorligida Obodonlashtirish boʻlimi xizmatchilariga tushlik vaqtida issiq taomlar tarqatildi.

🟣Yangiyoʻl tumani. "Qoʻshtepa mahallasida tadbirkorlar tomonidan 80 kg osh damlanib, mahalla ahliga tortiq etildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Maxsus_dayjest

Sovuq havoda energiyaga ehtiyoj har qachongidan ham koʻproq ortadi. Hozirgi kunda hududlarda gaz taʼminoti masalasi dolzarb vazifaga aylanib, masʼullarning nazoratiga olingan. Qisqa satrlar shu haqda.

🔘
Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti korxonasi. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida joylardagi “Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi” boʻlimlari chilangarlaridan iborat ishchi guruhlar aholi orasida targʻibot olib borishmoqda.

🔘Boʻka tumani. Gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan rejalashtirilgan grafik asosida tuman hududidagi “Chavlisoy”, “Oltish”, “Quldiroq”, “Katta ravot”, “Qoraqoʻyli” va “Mirzabek” mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholiga bosqichma-bosqich gaz yetkazib berilmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari birgalikda “Olmazor” mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashib, ularning kommunal sohadagi muammolarini oʻrgandi.

🔘Zangiota tumani. “Obod turmush” mahallasi ahliga grafik asosida suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilmoqda.

🔘Piskent tumani. “Piskenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimidan gazlashgan, ammo sovuq mavsumda gaz bosimi pasaygan “Fayzobod”, “Istiqlol”, “Murotali”, “Oqtepa” va “Doʻngqoʻrgʻon” fuqarolari imtiyozli narxda suyultirilgan gaz olishmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Olis, togʻli hudud hisoblangan “Chinor” MFYga “Ohangarontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan aholi ehtiyojidan kelib chiqib, qoʻshimcha gaz ballonlari yetkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimligi hamda “Yangiyoʻlshahargaz” taʼminoti boʻlimi tomonidan “Yangibogʻ”, “Baxt”, “Bahor” va “Ishchilar shaharchasi” mahallalariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Nurafshon” maxallasidagi 11 ta xonadon, “Mirobod” mahallasidagi 15 ta xonadon egalariga suyultirilgan gaz balonlari topshirildi.

🔘Olmaliq shahri. A.Qahhor MFYda kechasi oʻchib qolgan gazning noxush oqibatlarini oldini olish uchun mutasaddilar tomonidan vaziyat tezkorlik bilan nazoratga olindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#maxsus_dayjest

Ayni kunlarda respublika ishchi guruhi tomonidan “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida hududlardagi eng ogʻir mahallalar tanlab olinib, aholining muammolari “xonadonbay” oʻrganilmoqda.

Shuningdek, viloyatda “Obodonlashtirish haftaligi” boshlanib, unda har bir koʻcha va mahallalar obodonlashtirilib, koʻkalamzorlashtirilmoqda. Qisqa satrlarda shu haqda soʻz boradi.

🔘Piskent tumani. Saidobod mahallasida ichimlik suvi eng dolzarb masala, hozirda 12 km suv tarmogʻini tortish ishlari boshlangan. 554 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

🔘Zangiota tumani. Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh “Oybek” mahallasida boʻlib, beshlikning hamkorlik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratdi.

🔘Ohangaron tumani. “Nurobod” MFYdagi Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab, 30 ta beton ustun, tungi yoritgichlar, kabel simlarini tortish, 1 dona yangi transformator, koʻchaga asfalt yotqiziladi.

🔘Chinoz tumani. Nafis va Sohibkor mahallalarida “Tashabbuskor” guruhlari tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Boʻka mahallasida ommaviy hashar boshlandi. Hasharda ehson oshlari ham tarqatildi.

🔘Toshkent tumani. Beruniy va Hasanboy mahallarida ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolar hal etish jadallashtirildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Har bir hududda “Obodonlashtirish haftaligi” boshlandi. Ibratliklar uchun Yoshlik koʻchasi ibrat koʻchaga aylantirilmoqda.

🔘Angren shahri. 4-sektorga qarashli “Chinobod” MFYda Ishchi guruh barcha zarur texnikalarni jalb etgan holda, koʻcha va yoʻllar tozalash, taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.

🔘Nurafshon shahri. “Navroʻz” MFYda Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov tomonidan fuqarolarning hadiya, oldi-sotdi shartnomalari, ishonchnomalar, oilalarda huquqiy vorislik bilan bogʻliq nizolarning oldini olish boʻyicha koʻplab savollariga huquqiy tavsiyalarini berdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Uchchinorliklarning asosiy muammosi ichimlik suvi bilan bogʻliq. Shu maqsadda suv inshootlarini taʼmirlash, transheya qazish va suv quvurlarini oʻtkazish ishlari jadallashgan.

🔘Bekobod tumani. Obodlik avvalo, koʻngildan boshlanadi degandek, tumandagi qilinayotgan xayrli ishlar qabristonlarni obod qilishdan boshlandi.

🔘Qibray tumani. Har bir koʻcha har bir huddudda obodonlashtirish ishlari boshlandi. Mahallalarda olib borilgan xatlov jarayonlarida aholining asosiy qismi suv taʼminoti, elektr energiya, ishga joylashish va sogʻliqni saqlash kabi muammolar koʻtarildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Ayni damda 3-sektor hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida barcha faol ishtirok etishmoqda. Hasharchilar uchun oshlar tarqatildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_dayjest

2023-yil 1-mavsumda Toshkent viloyatida “Tashabbusli byudjet” doirasida 142 millarddan ortiq mablagʻlar evaziga 152 ta loyiha gʻolib deb, topilgan edi.

Unda fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, bolalar va sport maydonchalari, ichki yoʻllarni qurish, maktablarni tamirlash, jihozlash hamda boshqa takliflar ilgari surildi.

Bugungi qisqa satrlarda mazkur sohada hududlarda olib borilgan ishlarning жорий йилнинг 1-chorak yakuni bilan tanishamiz.

🔘Piskent tumani

🔘Ohangaron shahri

🔘Chirchiq shahri

🔘Bo'ka tumani

🔘Nurafshon shahri

🔘Yuqori Chirciq

🔘Toshkent tumani

🔘Olmaliq shahri

🔘Ohangaron tumani

🔘Zangiota tumani

🔘O'rta Chirchiq tumani

🔘Yangiyo'l shahri

🔘Bekobod shahri

🔘Bekobod tumani

🔘
Angren shahri

🔘
Yangiyo'l tumani

🔘Chinoz tumani

🔘Quyi Chirchiq tumani

🔘Bo'stonliq tumani

🔘
Parkent tumani

🔘Oqqo'rg'on tumani

🔘Qibray tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Ayni damda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari bo'lib o'tmoqda. Hashar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib borilib, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodon holga keltirilmoqda.

Angren shahri. "Yoshlar bog'i"da tashkil qilingan hasharda shahar hokimligi, barcha korxona va tashkilot xodimlari faollik ko'rsatmoqda.

Bekobod shahri. “Bekobodshahargaz” bo‘limi ishchi-xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etib, atrofni obodon holga keltirmoqda.

Bekobod tumani. Mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari yoshlar ishtirokida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Bo‘ka tumani. "Agrobank" ATB Bo'ka filiali, shuningdek, "O'zbek", "Yangiobod", "Qo'chqorso'ygan", "Ezgulik" va "Parkent" mahallalarida hashar ko'tarinkilik bilan davom etmoqda.

Bo‘stonliq tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Zangiota tumani. “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida, tumandagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Nurafshon shahri. Mahallalarda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik ko'rsatmoqda.

Olmaliq shahri. Erta tongdan mahallalar bo‘ylab korxona-tashkilot mehnat jamoalari, tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari tomonidan hashar ishlari boshlab yuborildi.

Oqqo‘rg‘on tumani. Hasharda tumandagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahri. "Birlik" va "Navbahor" MFYda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ohangaron tumani. "Ohangarontumangaz" GTB xodimlari hasharni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Parkent tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Piskent tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Chinoz tumani. Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borildi.

Toshkent tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq hashari ko'tarinki kayfiyatda, xodimlar hamjihatligida bo'lib o'tmoqda.

Chirchiq shahri. Erta tongdan korxona-tashkilot va mahallalarda umumxalq hashari boshlandi.

O‘rta Chirchiq tumani. Hasharda ko‘chalar, qabriston va ariq-zovurlar tozalanib, ko‘chatlar payvandlandi hamda atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Qibray tumani. “Chinobod” qabristonida o’tkazilgan umumxalq hasharida yoshlar yetakchilari va ko’ngilli hasharchilar jonbozlik ko'rsatdi.

Quyi Chirchiq tumani. Hasharda tuman hududi bo'ylab ko'chalar, qabriston va ariq-zovurlarni tozalash ishlari olib borilib, ko‘chatlar o'tqazildi.

Yangiyo‘l tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik bilan ishtirok etmoqda..

Yangiyo‘l shahri. Barcha mahallalarda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Hokimlar yoshlarga murojaat bilan chiqmoqda.

Unda bir qator masalalar koʻtarilgan. Quyidagi havolalar orqali yaqindan tanishamiz.


▶️ Angren shahri

▶️ Bekobod shahri

▶️ Ohongaron shahri

▶️ Yangiyo'l shahri

▶️ Olmaliq shahri

▶️ Chirchiq shahri

▶️ Nurafshon shahri

▶️ Bekobod tumani

▶️ Bo'ka tumani

▶️ Bo'stonliq tumani

▶️ Zangiota tumani

▶️ Ohangaron tumani

▶️ Oqqo'rg'on tumani

▶️ Piskent tumani

▶️ Parkent tumani

▶️ Toshkent tumani

▶️ Yuqori Chirchiq tumani

▶️ O'rta Chirchiq tumani

▶️ Quyi Chirchiq tumani

▶️ Qibray tumani

▶️ Yangiyo'l tumani

▶️ Chinoz tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Hafta davomida viloyatimiz shahar va tumanlarida qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan "Yashil makon" tadbirlari tafsilotlari bilan qisqa xabarlarda tanishing.

🔘Angren shahri. "Istiqlol" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔘Bekobod shahri. 1-sektor hududiga qarashli “Yoshlik” mahallasidagi uylar atrofiga 30 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

🔘Bekobod tumani. "Mallaboy" mahallasida ipak qurti boqilish jarayoni ko'zdan kechirildi.

🔘Bo'ka tumani. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bo'ka tumanida bo'lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔘Bo‘stonliq tumani. Tuman hokimligi binosi atrofidagi bo‘sh yer maydonlariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 100 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🔘Nurafshon shahri. "Degantepa" mahallasi hududida 300 ga yaqin sadaqayrag'och va dub daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq kon metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ishtirokida 1,5 million dona daraxt koʻchatlari ekilib, tayyorlangan 5 millionga yaqin qalamchalar yerga qadaldi.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Z. Mirgaziyeva Oqqo‘rg‘on tumani "Qo‘rg‘ontepa" mahallasida bo‘lib, ipak qurti boqilish jarayonini ko'zdan kechirdi.

🔘Ohangaron shahri. Mahallalarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari hududlarda chorva mollarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlarini olib bormoqda.

🔘Parkent tumani. Fermer xo‘jaliklari tomonidan ichki ariqlarni betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Piskent tumani. Joriy yilda tumanda 2 840 quti ipak qurti parvarishlanib, 168 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda fermerlar va kasanachilar bilan ipak qurti parvarishlash uchun jami 2 840 quti kontraktatsiya shartnomalari tuzishga erishildi.

🔘Chinoz tumani. "Dehqonobod" mahallasidagi xotin-qizlar ipakchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan.

🔘Chirchiq shahri. Mutasaddilar ishtirokida 3-kichik nohiyada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati hamda sugʻorish tizimi koʻzdan kechirildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tegishli mutasaddilar ishtirokida "Do'stlik" mahallasida aholi tomonidan yo'lga qo'yilgan qulupnaychilik va qo'ziqorin yetishtirish faoliyati o'rganildi.

🔘Qibray tumani. Tumani hokimi boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda fermer va xo'jalik rahbarlarining majburiyat hamda vazifalarining to'liq bajarilmayotgani tanqidiy muhokama qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. "Chaqmoq" MFYda yashovchi fuqaro Shohida Ernazarova o'zini-o'zi band qilgan holda, 15 quti pilla qurti yetishtirmoqda.

🔘Yangiyo'l tumani. Tumanda dala maydonlaridagi zararkunandalarga qarshi kurashish yuzasidan seminar o'tkazildi.

🔘Yangiyo‘l shahri. Beruniy ko‘chasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda 280 ta fermer xo‘jaliklari bilan 170 tonna va 155 ta kasanachi bilan 18 tonna pilla yetishtirish bo'yicha shartnomalar imzolandi.

🔘 Zangiota tumani. Toʻqsonbosti usulida 600 gektardan ortiq maydonda ekilgan ekinlar: sarimsoqpiyoz va sabzi fermerlar tomonidan yig'ishtirilib sotuvi amalga oshirilmoqda.
#Maxsus_dayjest

Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarda turli maqsadlarda xorijga chiqib ketgan migrantlarni qaytarish, yuqori daromadli ish bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Qisqa satrlarimizda bu borada qilinayotgan ishlar bilan tanishamiz.

Oqqoʻrgʻon tumani. Toʻra Bobolov boshchiligida tuman masʼullari har kuni xorijdagi migrantlar bilan muloqotlar uyushtirmoqda.

Toshkent tumani. 4 soat davom etgan muloqotda koʻplab xorijdagi yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.

Parkent tumani. 1000 dollardan kam daromad topayotgan migrantlarni tumanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Angren shahar. Rossiya Federatsiyasidagi angrenlik yoshlar bilan oʻtkazilgan onlayn muloqotda ularni qiynayotgan muammolariga yechim izlandi.

Bekobod shahar. Hududdagi 1 910 nafar ishlash maqsadida chet davlatlarga ketgan fuqarolarning daromadi oʻrganilayapti.

Chinoz tumani. Alisher Navoiy va “Xoʻja” MFY da yashovchi 20 ga yaqin migratsiyadagi fuqarolarni oʻz uylariga qaytarish, shuningdek, oilaviy tadbirkorliklarini boshlashlariga imkon yaratilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Migrantlar bilan muloqotlar davom etmoqda. Ularga tumandagi boʻsh ish oʻrinlari va yuqori oylik maoshi toʻlanadigan korxonalar taklifi berilmoqda.

Nurafshon shahri. Masʼullar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar bilan xonadonma - xonadon yurib, yaqinlari orqali muloqotlar olib bormoqda.

Piskent tumani. Har kuni o`tkazilayotgan muloqotlarda mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolarning takliflari, murojaat va muammolari tinglanmoqda.

Qibray tumani. Muloqotlar mahallalar kesimida kunlik tashkil etilmoqda. Muammolarini hal etish borasida yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Juma - qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obeʼktlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni

Mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan qisqa satrlarda sunʼiy intellekt asosida yaratilgan jurnalist - Muzayyana Davlatova tanishtiradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM