#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Markaziy_Osiyo_Xalqaro_Instituti

"XIX asrning o‘zbek va qozoq mutafakkirlari dunyoqarashida umumiy tarixiy va madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya

   Tarixan Turon diyorida bir tan-u bir jon bo‘lib yashab kelayotgan o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasida so‘nggi yillarda nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aloqalar, balki tarixiy va madaniy munosabatlar ham rivojlanishning yangi bosqichiga chiqdi.

   Konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori Nosirov Anvar va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Atamkulov Beybut bugungi tadbirning tarixiy ahamiyati, uning mazmun-mohiyati haqida fikr bildirishdi.

  Mazkur xalqaro konferensiyada Yuqori Chirchiq XTB tasarrufidagi 34-U.O‘.T maktabning M.M.I.B. direktor o‘rinbosari, Tarix fani o‘qituvchisi Mahmudov Zavqibek ikkala davlat o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar haqida fikr bildirdi.