#Qaror_va_ijro
Barchasi xalq roziligi uchun

Bugun tuman hokimi U.Atemov boshchiligida tuman mutasaddi rahbarlari, deputatlar ishtirokida Oq-ovul, Jumabozor, Jaloltepa, A.Yassaviy, Yangi Hayot mahallasi fuqarolari uchun uchrashuv tashkil etildi.

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori asosida, tumanning barcha mahallalarda yangilanishlar amalga oshiriladi.

💯Mazkur uchrashuvda 408-sonli qaror asosida 2022-2023 yilda Oq-ovul mahallasini toza ichimlik suvi bilan taminlash, 10 km suv tarmoqlarini tortish;
Jumabozor mahallasida 2 km.200 m ichki, davlat ahamiyatiga ega bolgan 5 km ko'chalarni asfaltlashtirish;
Jaloltepa mahallasida elektr teminitini yahshilash maqsadida 1 ta qoshimcha 250/10 kVali tnansformator ornatish kabi barcha amalga oshiriladigan ishlar mahallalar kesimida tushuntirildi.

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘Olmaliq shahri. Shahar sektor rahbarlari boshchiligida “Metallurg” koʻchasiga 310 tup tut koʻchati ekildi.

🔘Ohangaron tumani. Tuman hokimi Abdurasul Abdullayev tomorqa yer egalariga issiqxona, chorva va parranda uchun 3 yil muddatga 14 foizli kreditlar ajratish holatini tahlil qildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun gʻalladan boʻshagan 810 gektar maydonga ekilgan kartoshka pishib yetildi. Takroriy ekin sifatida 2430 tonna kartoshka ekilgandi.

🔘Piskent tumani. Bekobod mahallasida dolzarb 40 kunlik doirasida chiqindixonalar tozalanib, oʻrniga 400 tup terak ekildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi boshchiligida "Qorasuv saxovat do‘st" fermer xo‘jaligi dala chetlariga uzum koʻchatlari ekish boʻyicha seminar o'tkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Sektor rahbarlari va “REAL AGRO COTTON” paxtachilik klasteri rahbari fermerlar bilan ochiq muloqot oʻtkazishdi. Unda dala chetlariga tut, tok koʻchatlarini ekish boʻyicha tavsiyalar berildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Birlik” MFY hududida hasharda boʻlishdi.

🔘Bekobod tumani. Agrar soha mutaxassislari gʻalla parvarishi boʻyicha seminar tashkil etdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Tuman hokimi Farhod Mirzayev boshchiligida "Farovon", "Yangiobod" MFYlarga mevali, manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Zangiota tumani. Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 150 tup pavloniya, 3 mingdan ziyod manzarali koʻchat ekildi.

🔘Boʻka tumani. Navoiy hududida joylashgan “Sardorbek” fermer xoʻjaligi dala maydoni chetlariga uzum va tut koʻchatlarini ekish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Qaror_va_ijro

Bugun Yuqori Chirchiq tumani prokurori Ulugʻbek Gʻaniyev rahbarligida bir guruh biriktilgan vakillar tumanning 2-sektoridagi barcha mahallalarda boʻldilar.

🔰Unda fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli Qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.

⚡️Shuningdek, 2-sektor hudidagi Qorasuv Yangiobod Kavardan Chumchuqjar singari barcha mahallalarda 2022-2023-yil Qaror bilan tasqidlangan loyiha-smetadagi hamda hududlardagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan ishlar mahalla kesimida tushuntirib oʻtildi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
📌Tumanning 3-sektor mahallalarida ham sektor rahbarining hudud fuqarolari va faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔰Uchrashuvda tuman IIB va 3-sektor rahbari A.Mullajonov, hokim o
rinbosari Sh.Hudoyberganov, Aholi Bandligiga komaklashish markazi rahbari G.Aytekova, biriktirilgan mas’ullar, hudud deputatlari mahalla masullalri va aholi ishtirok etdi.

Xalq bilan muloqotda Davlatimiz rahbarining 408-sonli qarori asosida joriy yil yakuniga qadar sektor huudidagi mahallalarda elektr ta
minotini yahshilash,aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash,T/G/Xvan mahallasida 0.15 ga er maydonida oyingoh qurish singari barcha amalga oshiriladigan loyihalar fuqarolar bilan muhokama etildi va mavjud savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat