#Yuqori_Chirchiq
Sektor rahbarlari masʼulligida fuqarolar qabuli oʻtkazildi

📌Bugun Yuqori Chirchiq tuman hokimi U.Atemov, sektor rahbarlari U.Gʻaniyev, A.Mullajonov, tuman Xalq qabulxonasi rahbari I.Akromov va mutasaddi masʼullar ishtirokida “Fuqarolar qabuli” oʻtkazildi.

♻️Tumanimizda haftaning har juma kuni bu kabi qabul odat tusiga kirgan. Aholi bu kabi qabulda oʻzlarini qiziqtirayotgan muammolariga yechim topish maqsadida mutasaddi rahbarlar bilan uchrashadi.

‼️Bugungi qabulda 16 nafar fuqarolar ishtirok etib, aholi ichki yoʻllarini asfaltlash, kadastr hamda bosh toʻlovisiz oʻy-joy bilan taʼminlash kabi muammolar bilan murojaat qilishdi.

💯Tuman mutasaddi rahbarlari qonun doirasida aholiga kerakli yordamlarni berib, muammolarni qonun doirasida bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Diqqat!
#Bildirish!

‼️O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 6-8-noyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog'ishi sababli respublikaning tog' oldi va tog'll hududlarida Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, 0‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida SEL-SUV toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

🔴Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#kitobxonlik

📚 Bugun 2-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani umumta'lim maktablarida 11-noyabr "Òzbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan yozuvchi, mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur òrganish, òquvchilarning bòsh vaqtlarida kitob òqishga bòlgan qiziqish va intilishlarini qòllab-quvvatlash, òquvchilar òrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida "Yosh kitobxon" kòrik tanlovi bòlib òtdi.

🔰Òzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Òzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2022 yil 19 noyabrdagi "Umumta'lim maktablari òquvchilari òrtasida "Yosh kitobxon" kòrik tanlovini tashkil etish va òtkazish tòĝrisida"gi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tuman xalq ta'lim bòlimi, Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi, tuman bòlinmasi kengashi ijroiya qòmitasi tomonidan 9-11sinf òquvchilari òrtasida "Yosh kitobxon" kòrik tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#кун_тартиби

Ўрта Чирчиқ тумани, "Қумовул" ҳудудидаги вилоят Халқ қабулхонасида автомобилларга газ қуйиш шохобчалари вакиллари, тегишли мутасаддилар иштирокида табиий газ, электр энергияси таъминотини иқтисод қилиш юзасидан очиқ мулоқот ўтказдик.

Мулоқотда автомобилларга газ қуйиш шохобчаларида газни иқтисод қилиш, ҳудудларга табиий газ етказиб беришни узлуксизлигини таъминлаш, шунингдек, куз-қиш мавсуми даврида табиий газ ва электр энергияси билан боғлиқ муаммоларни тезкорлик билан бартараф этиш юзасидан фикр алмашдик.

Йиғилиш давомида мавсумни беталафот ўтказиш мақсадида йирик истеъмолчи корхоналар ҳамда газ шохобчаларига етказиб берилиши режалаштирилган табиий газни 25-30 фоизгача иқтисод қилишни амалга ошириш юзасидан тадбиркорлар таклифлари тингланди.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Murojaat va natija

📊Bugun oʻtkazilgan fuqarolar qabulida tumanning “Saksonota” mahalla fuqarolari yigʻini “Yongʻoqzor” koʻchasi aholisidan ichki yoʻllarning holati yomonligi xususida murojaat tushgan edi.

✔️Tuman hokim rahbarligida ushbu murojaat nazoratga olinib, mutasaddi rahbarlar tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi. Suhbat jarayonidan soʻng, aholi foydalanishi uchun noqulay boʻlgan ushbu koʻcha shagʻallashtirildi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Jarayon

MINGTA MUAMMONI BARTARAF ETISH UCHUN TRILLION SOʻMLIK QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI BOSHLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trln. 57,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 3-noyabrdagi VI-63-148-10-0-K/22-sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:

Ichki yoʻllar boʻyicha jami 329 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 397,4 milliard soʻm;

ichimlik va oqava suv taʼminoti boʻyicha 389 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 532,5 milliard soʻm;

elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 88 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 25,1 milliard soʻm;

gaz taʼminoti boʻyicha 2 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 300 million soʻm;

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 5 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 2,4 milliard soʻm;

maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 9 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 7,2 milliard soʻm;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 12 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 4,1 milliard soʻm;

MFY idoralari boʻyicha 59 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 29,6 milliard soʻm.

Shuningdek, boshqa toifadagi muammolar boʻyicha jami 71 ta obyektlar aniqlangan boʻlib, qurish va taʼmirlash ishlari uchun 58,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun va ertaga joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borilayapti, jaydarichasiga aytganda, bu xushxabarni tezroq yetkazish, elning maslahatini olish, bamaslahat ish qilish uchun masʼullar joylarda boʻlib turishibdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati mahallalarda boʻlib oʻtayotgan ana shunday muloqotlardan turkum lavhalarni havola qiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Sentyabr oyida rahbarlar tomonidan oʻrganilgan muammolar oʻz yechimini topmoqda

📌Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Toshkent viloyat va Yuqori Chirchi tumani hokimi qaririga asosan,aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 133mlrd. 546 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.Undan 2022 yil uchun 78 mlrd. 344 mln so`m pul mablag`i ajratildi.

⚡️2022 yil uchun ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:
Ichki yoʻllar boʻyicha jami 39 mlrd so`m
Ichimlik suvi bo`yicha 32 mlrd 747 mln so`m,
Oqava suv taʼminoti boʻyicha 2 mlrd. 430 mln.so`m
Elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 754 mln so`m
Umumtaʼlim maktablari boʻyicha 950 mln. soʻm;
Maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 1 mlrd 200 mln soʻm;
MFY idoralari boʻyicha 500 mln soʻm.
Sport ob`ektlari uchun 750 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

🔰Shu munosabat bilan bugun tuman hokimi,1-sektor rahbari U.Atemov rahbarligida, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hudud duputatlari, mahallalarga biriktirilgan vakillar joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borishdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat