#Yuqori_Chirchiq_tumani
Oltin kuz

Ayni kunlarda Yuqori Chirchiq tumanining barcha Maktabgacha taʼlim muassasalarida “Oltin kuz”, “Xosil bayrami” tadbirlari koʻtarinki kayfiyatda taʼlim maskani mutasaddilari va bolajonlari ishtirokida oʻtkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Seminar_trening

Joriy yilning 5 noyabr kuni “Garmoniya” aholiga amaliy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan O‘zbekiston innovatsion ta’lim assotsiatsiyasi hamda Yuqorichirchiq tumanidagi “Yashnobod” va “Uchinor” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida trening tashkil etildi.

📊Treningga tumandagi nomi qayd etilgan mahalla fuqarolaridan tashqari “Istiqlol” va “Do‘stlik” MFY xotin-qizlari ham ishtirok etishdi.

📈Mazkur tadbir Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tarafidan bulingan mablag‘lari asosida amalga oshirildi. 

🔰 “Ayol kungli xotirjam bo‘lsa, oilada va jamiyatda xamjixatlik bo‘ladi” loyihasi doirasida tashkil etildi.  Grand mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish, ayollarga psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan trening yuqori darajada o'tdi.

❇️Treningni trener-psixolog Gulbanu Kuvatova olib bordi. Turli psixotexnikalardan foydalanib, treningda qatnashgan ayollarning e’tiborini ularning shaxsiy rivojlanishiga qaratdi. Shu tariqa ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilada totuvlikni saqlashga yo‘l ko‘rsatdi.

📎Tadbirda “Garmoniya” markazi rahbari A.Teshebayeva so‘zga chiqib, loyihaning maqsad va vazifalari tugrisida tushuncha berdi. Shuningdek, “Yashnobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Xotin-qizlar faoli H.Qurbonova va O‘zbekiston innovatsion ta’limni rivojlantirish assotsiatsiyasi direktori Shohruh Yerjanovlarga hamkorlik va amaliy yordam uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

♻️Kuni kecha Yuqori Chirciq tumani "Gulobod" mahalla fuqarolari yig`inida joylashgan "Nodir Rufat" fermer xo`jaligi er maydоnida "Yashil makon" umummilly dasturi doirasida amalga oshirilashi lozim bo`lgan ishlar seminar tarzida tushuntirildi.

🌳Unda barcha fermer xo`jalik rahbarlari ishtirok etib, dala maydoni atrofiga tut va manzarali daraxt ko`chatlarini ekishdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat