#saylov_2024

⭕️ Ma’lumki, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga egadir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 16 oktyabrdan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari soat 9:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi. Saylovchi saylov kuni o‘z hududida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanadi.

📍 Toshkent viloyatidagi saylov uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilib, yetarli saylov byulletenlari bilan ta’minlangan. Xususan, birinchi kun natijalari bo‘yicha joylardagi saylov uchastkasida jami 956 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.

🔰Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссияси Матбуот маркази.

📍 Каналга уланиш: https://toshkent.saylov.uz