#IT_haftaligi
#reyd_tadbirlari

RADIOELEKTRON VOSITALARDAN RUHSATNOMASIZ FOYDALANGAN SHAXSLARGA TEGISHLI TARTIBDA CHORALAR KOʻRILDI

Toshkent viloyatida noqonuniy radioelektron vositalaridan foydalanishning oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi va “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda joriy yilning 9 oyi davomida radioelektron vositalarini noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishni aniqlash boʻyicha jami 19 ta reyd tadbirlarini oʻtkazdilar.

Tekshiruv jarayonlari mobaynida Yangiyoʻl tumanida 8 ta, Toshkent tumanida 7 ta, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida 1 tadan, Zangiota tumanida 2 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, mazkur qurilmalardan noqonuniy foydalangan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 152-moddasi, tegishli bandlari bilan jarimaga tortilishga sabab boʻlishi toʻgʻrisida tushuntirilib, ogohlantirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM