#Tayinlov

Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

S. Ergashev 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev raisligida bugun boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida Sardor Ergashev tanishtirildi hamda boshqarma faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha topshiriq va vazifalar belgilandi.

Telegram | Website | YouTube | Instagram | Facebook | Twitter