#Bilasizmi

Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 14-moddasiga asosan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Batafsil: Yuqori Chirchiq tuman pensiya jamg‘armasi bo‘limi

📎 ☎️ +998709831702
#Bilasizmi

▶️ Ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug'orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo'yish) suvni to'xtatib qo'yish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, ya'ni suvdan xo'jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (330 ming so'm) 3 baravarigacha (990 ming so'm), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 650 ming so'm) 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so'm) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Manba

Каналга уланиш:👉🏻 https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#Bilasizmi

Ishsiz va band bo'lmagan aholini, shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo'li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro'yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko'nikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o'qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o'zida o'qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga har bir ta'lim oluvchi uchun bir oyda BHMning 4 baravarigacha (1 mln 360 ming so'mgacha) grantlar ajratilishi belgilangan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'lishi uchun o'rganuvchi o'quv muddati yakunida:

"A" toifasi uchun — 16 yoshga;
"B" va "C" toifalari uchun — 18 yoshga;
"BE" va "CE" toifalari uchun — 19 yoshga;
"D" va "DE" toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to'lgan bo'lishi kerak.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site