#Toshkent_viloyati
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Olima_ayol

"Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni"ga bagʻishlangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yuqori Chirchiq tuman bo‘linmasi hamda tuman Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo'limi bilan hamkorlikda tuman "Markaziy" MFY hududida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "
Olima ayol e'tiborda" mavzusida uchrashuv tashkil etildi

📍Tadbirda Yuqori Chirchiq tumani shoira
ayol Djumanova Lola taklif etilib, o‘quvchi qizlarni ilm olishga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

⚡️Tadbir yakunida 8-9 sinf o'quvchi qizlari tomonidan ijodiy chiqishlari namoyish etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Website | YouTube | Instagram | Facebook