#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Noyabr_Xorijiy_tillar_fan_oyligi
#Misrlik_mehmon

🇪🇬Misr Arab Respublikasi fuqarosi, dunyo tan olgan olim, Doktor Ali Abdulzaher Aboamrani o'g'li, ayni vaqtda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy tadqiqotchisi Mr Hatem Ali Abdulzaher Aboamra Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Xorijiy tillar fan oyligi" ning ochilishiga tashrif buyurdi.

📈O‘quvchilar bilan Ingliz tilida muloqot olib borgan mehmon o‘quvchilarda xorijiy tilga qiziqish yuqori ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#5_tashabbus_amalda
#Yosh_dasturchi
#Ustoz_va_shogird

   👨‍💻💻Joriy yilning 15-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi
34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Million solutions" kompaniyasi xodimi va shuningdek AQShning O‘zbekistonda joylashgan  "UZ Auto Trans" kompaniyasi va "TT ELD" loyihalari yosh dasturchisi Raxmankulov Sagden 9-sinf o‘quvchilari bilan "IT sohasi va uning O‘zbekistonda rivojlanishi" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

   📈Tadbir davomida yosh dasturchi o‘quvchi-yoshlarga ingliz va xitoy tillaridan xalqaro til sertifikati (IELTS va HsK) ga ega ekanligi va bu natijaga aynan
34-maktabda, darsdan tashqari joriy etilgan til kurslarida qisqa,  7-8 oylik qo‘shimcha darslarda qatnashganidan so‘ng mazkur natijaga erishgani haqida ma'lumotlar berdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Audio
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#bugun_muhim_sana

📌18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qabul qilingan kun.

🎤Respondent -O‘z R FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, Yuqori Chirchiq tumani
34-maktab Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariZavqibek Mahmudov
📻 "O'zbekiston-24" va "O‘zbekiston" radiokanallarida ( Fm 87.9 va 103'1da soat har kuni soat 07-35, 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif- Durdona Ma'diyeva

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Tabiiy_fanlar

"Tabiiy fanlar - inson va tabiat bilan uyg‘unlashganda!"

Joriy yilning 23-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Biologiya fani o‘qituvchisi Topganova Mushtariy 8-sinfning iqtidorli o‘quvchilari bilan birgalikda "Tabiiy fanlar - inson va tabiat bilan uyg‘unlashganda!" mavzusida tadbir o‘tkazishdi.

📚Mazkur tadbir davomida fan o‘qituvchisi va o‘quvchilar tomonidan tadbir qatnashchilariga inson salomatligi va sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid bir qancha malumotlar sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Markaziy_Osiyo_Xalqaro_Instituti

"XIX asrning o‘zbek va qozoq mutafakkirlari dunyoqarashida umumiy tarixiy va madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya

   Tarixan Turon diyorida bir tan-u bir jon bo‘lib yashab kelayotgan o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasida so‘nggi yillarda nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aloqalar, balki tarixiy va madaniy munosabatlar ham rivojlanishning yangi bosqichiga chiqdi.

   Konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori Nosirov Anvar va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Atamkulov Beybut bugungi tadbirning tarixiy ahamiyati, uning mazmun-mohiyati haqida fikr bildirishdi.

  Mazkur xalqaro konferensiyada Yuqori Chirchiq XTB tasarrufidagi 34-U.O‘.T maktabning M.M.I.B. direktor o‘rinbosari, Tarix fani o‘qituvchisi Mahmudov Zavqibek ikkala davlat o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar haqida fikr bildirdi.
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Besh_tashabbus

"Besh tashabbus -besh imkon!"

Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 6 "j"-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus-besh imkon" mavzusida ochiq sinf soati o'tkazildi.

🔰Dastur doirasida o‘quvchi yoshlarning iqtidori va bilimlariham ham sinaldi.

Yuqori Chichiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Savodxonlik_bayrami
#Yangi_yil_shukuhi

"Birinchi sinf o‘quvchilari savodxonlik bayramini nishonlamoqda!"

Ayni damda Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1-sinf o‘quvchilarining "Savodxonlik bayrami" bo‘lib o‘tmoqda.

Yangi, 2022-2023-o‘quv yilida 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga 191 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinib, ayni damda Savodxonlik bayrami asosida 4 oy davomida o‘zlarining puxta egallagan yuksak bilimlarini amalda ko‘rsatib berishmoqda.

Mazkur, 191 nafar bolajonlarga sifatli ta'lim va tarbiya berayotgan, yuksak salohiyatga ega ustozlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Yuqori Chichiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#sport

🥉 Joriy yilning 20-24 dekabr kunlari sportning taekvondo WT turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi chempionatida 45 kg toifasi sovrindori
34-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mirayimov Mirdiyor 🥉bronza medali sohibi hamda "2022 yil sportchisi" e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Fanlar_Akademiyasi_Tarix_instituti
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab

“Ma’rifat” gazetasining bugungi sonida O‘z R FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabi MMIB direktor o‘rinbosari Zavqibek Mahmudovning "Ta'lim tizimimiz islohotga muhtoj!" nomli maqolasi chop etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Website | YouTube | Instagram | Facebook
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Yashil_makon

Mevali va manzarali daraxtlar ekish mavsumi!

🌳Joriy yilning 22-23-fevral kunlari Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabi xodimlari tomonidan sport maydonlari tozalanib, devor va daraxtlar oqlandi.

🌴🌲Shuningdek mazkur hashar davomida maktab hududida bo‘sh qolgan yerlardan unumli foydalanish maqsadida mevali (olma, yong‘oq, olcha, shaftoli) va manzarali (yapon safurasi, archa, terak, kashtan)  daraxtlari hamda terak qalamchalari ekildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Ajdodlar_xotirasin_yod_etib

"Milliy tarixni, milliy ruh bilan yaratish kerak! Aks holda uning tarbiyaviy ta'siri bo'lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o'rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur!"
                               Sh. Mirziyoyev.

Juma — o‘quvchi yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini boyitadigan kun!

🔰Joriy yilning 24 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi
34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ma'naviyat soatlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida "Ajdodlar xotirasin yod etib" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

 ‼️Unutmaylik, ma'naviyat- insoniyat dunyoqarashini yoritguvchi yo'lchi yulduzdir! O'quvchi-yoshlarni ma'naviy-axloqiy, jismoniy barkamol etib tarbiyalashda ma'naviyat soatlarining tashkil etilishi o'quvchilarni muqaddas ajdodlarga nisbatan hurmat ehtirom ruhida kamol topishini taminlaydi!


✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Zulfiyaxonim_avlodlari

           "Xalq ardog‘idagi shoira"

 🔰Joriy yilning 1-mart kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida kunlik tadbirlar doirasida nomi hech qachon o‘chmas, bahor kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi nishonlandi. Zulfiyaxonim — mohir tarjimon, jamoat arbobi, Sharq ayollarining sadoqat va vafo timsoli hisoblanadi.

📚"Xalq ardog‘idagi shoira" deb nomlangan mazkur tadbirda o‘quvchi-yoshlar Zulfiya ijodlaridan namunalar keltirib, shoira tomonidan bosib o‘tilgan hayot yo‘llari haqida ma'lumotlar ham berib o‘tildi.

🔰O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va Zulfiyaxonim ijod namunalarini mohirona ijro etilishi orqali "Zulfiya — milliy sheriyatimiz malikasi" deb ta'riflanishiga haqiqatdan ham arzirli ekanligini ko‘rsatib berishdi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#I_E_L_T_S
#Mock_exam

"Mock imtihonlaridan 5.5—6 olgan o‘quvchilarlarning ingliz tilidan xalqaro IELTS yoki milliy sertifikat olish uchun to‘lov summasi
maktab direktori tomonidan to‘lab beriladi"

 🔰Joriy yilning 24-fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ingliz tilini ommalashtirish va o‘quvchilarda chet tilini o‘rganishga qiziqishni yanada oshirish maqsadida 8, 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonidan oldin "Mock exam" jarayonlari o‘tkazildi.

📚Mazkur imtihon natijalari tez orada e'lon qilinib, mazkur imtihondan 5.5—6 balni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning IELTS yoki milliy sertifikat olish uchun to‘lanadigan to‘lov summasi maktab direktori tomonidan to‘lab berilishi aytib o‘tildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Jannatim_onam

   "Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor"
                          Shavkat Mirziyoyev

   🔰Joriy yilning 6-mart kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Jannatim onam" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbir davomida "matematikadan ichki olimpiada g‘oliblari", "OTM ga kirishga tayyorgarlik test sinovlari" va ingliz tilidan "mock exams" larda eng yuqori natijalarga erishgan o‘quvchi—yoshlarning onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 💐Onalarni ardoqlashga bag‘ishlangan she'rlar, kuy-qo‘shiq va milliy raqslar namoyish etilgan ushbu tadbirning asosiy qismida o‘quvchilarning onalariga telefon qilib ularni qanchalik yaxshi ko‘rishlari katta monitorda ko‘rsatilganligi tadbirga tashrif buyurgan barchaning yuraklarini larzaga soldi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
Hunar-hunardan rizqing unar!

«Hozir tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilarni shu masala qiynayapti: bo‘sh ish joyi ko‘p, oyligi ham yaxshi, lekin o‘quvi va ko‘nikmasi bor ishchi yo‘q. Agar bu tizim to‘g‘ri tashkil qilinsa, bizdagi demografik o‘sish bilan katta natijalarga erishsa bo‘ladi»
                         Shavkat Mirziyoyev

🔰Joriy yilning 3-mart kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 9-sinf o‘quvchilarning ota-onalari bilan o‘quvchilarni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish va ularning ota-onalariga kasb-hunar maktablari tog‘risida ma'lumotlar berish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Konstitutsiya_loyihasi
#Referendum
#Befarq_emasman

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi meni, seni, Oʻzbekistondagi har bir insonning kelajagini oʻzgartira oladi!

 🔰Yuqori Chirchiq tumani 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab direktori Sh. Shoyimova tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida referendum oldi oʻqituvchilarga yanada koʻproq maʼlumot berish maqsadida seminar oʻtkazildi.

🔰Seminarda umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Sh.Shoyimovaning "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» qonun loyihasining moddalari,  kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida fikrlari   tinglandi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Referendum
#Befarq_emasman

📌“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq 2023-yil 30-aprel — yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha referendum oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan Yuqori Chirchiq tumani 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ota-onalar, maktab ma'muriyari hamkorligida ochiq muloqotlar oʻtkazildi.

🔰Mazkur uchrashuv davomida ota-onalarga "Konstitutsiyaviy qonun loyihasi davomidagi jarayonlar", "yangi tahrirdagi 155 moddadan iborat Konstitutsiyasining mazmuni" va "2023-yil 30-aprel kuni oʻtkaziladigan referendum" haqida maʼlumotlar berildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Ixtisoslashtirilgan_sinf
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14-apreldagi PF-106 son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 34-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2023-2024 yangi oʻquv yilida turli fanlar kesimida ixtisoslashgan sinflarni ochishga qaratilgan test jarayonlariga start berildi.

  📌4-sinf bitiruvchilarini “Matematika va Ingliz tili" fanlariga ixtisoslashgan sinflarga saralab olish maqsadida oʻtilgan mavzular boʻyicha test sinovlari tashkil etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram