#jarayon #bunyodkorlik
#suv_taminoti

💦 Yuqori Chirchiq tumanining "Nurli yo`l" va "Farovon" mahalla fuqarolari yig`inida loyiha bo`yicha aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida, suv quvurlarini tortish ishlari olib borilmoqda.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Jarayon

📚🔰 29-30-oktyabr kunlari Yo.X.Toʻraqulov nomidagi RIEIATM va Oʻzbekiston endokrinologlarining milliy assotsiatsiyasi tomonidan “Qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarning terapevtik taʼlimi” mavzusida Toshkent shahrida Respublika seminari boʻlib oʻtdi.

🖋Seminarni Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining “Endokrinologiya Milliy Tibbiy Tadqiqot Markazi” mutaxassislari olib borishdi.

Seminarda Toshkent viloyatidan, endokrinologiya dispanseri endokrinolog shifokori B.B.Xolov va endokrinolog hamshirasi G.Alimbayevalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida,  ishtirokchilar oʻz bilim koʻnikmalarini yanada mustaxkamlab, maxsus sertifikatlarga ega boʻlishdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Jarayon

MINGTA MUAMMONI BARTARAF ETISH UCHUN TRILLION SOʻMLIK QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI BOSHLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trln. 57,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 3-noyabrdagi VI-63-148-10-0-K/22-sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:

Ichki yoʻllar boʻyicha jami 329 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 397,4 milliard soʻm;

ichimlik va oqava suv taʼminoti boʻyicha 389 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 532,5 milliard soʻm;

elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 88 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 25,1 milliard soʻm;

gaz taʼminoti boʻyicha 2 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 300 million soʻm;

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 5 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 2,4 milliard soʻm;

maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 9 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 7,2 milliard soʻm;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 12 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 4,1 milliard soʻm;

MFY idoralari boʻyicha 59 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 29,6 milliard soʻm.

Shuningdek, boshqa toifadagi muammolar boʻyicha jami 71 ta obyektlar aniqlangan boʻlib, qurish va taʼmirlash ishlari uchun 58,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun va ertaga joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borilayapti, jaydarichasiga aytganda, bu xushxabarni tezroq yetkazish, elning maslahatini olish, bamaslahat ish qilish uchun masʼullar joylarda boʻlib turishibdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati mahallalarda boʻlib oʻtayotgan ana shunday muloqotlardan turkum lavhalarni havola qiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi bir guruh faollar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida boʻldi.

Ular Оrol boʻyi mintaqasida Toshkent viloyati vakillari tomonidan bajarilgan ishlar, amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishishdi.

Shu kuni Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan qator ijtimoiy obyektlarning ochilish marosimi boʻldi.

️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq
#Jarayon

🔰Yuqori Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi, mahalla bo'limi va hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan Qorasuv, Darhan, Istiqbol mahallalarida ijtimoiy soha obyektlari va aholi yashash xonadonlariga kirgan holda profilaktika tadbirlari olib borildi.

📃Tadbir jarayonida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, isitish vositalaridan foydalanish qoidalari tushuntirilib, aholini ogohlikka chorlovchi  eslatma va qo'llanmalar tarqatilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Jarayon

❄️ Havoning keskin sovib ketishi tufayli yuzaga kelayotgan avariya holatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

⚡️ Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan salbiy oqibatlarning oldini olish va aholiqa qulaylik yaratish maqsadida Yuqori Chirchiq tumani elektr tarmoqlari korxonasi tunu kun ish olib bormoqda.

📸 Foto: Avariya holatlarini bartaraf etish jarayonlari.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Jarayon

❄️🌨Qor va sovuq havo kommunal soha korxonalari zimmasiga ikki xissa mas'uliyat yuklamoqda.

💨🌨Yuqori Chirchiq tumani kommunal soha boʻlimi xodimlari va faol fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari qordan tozalanib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida qum-yuz aralashmalari sepilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Jarayon

❄️🌨Qor va sovuq havo kommunal soha korxonalari zimmasiga ikki xissa mas'uliyat yuklamoqda.

💨🌨Yuqori Chirchiq tumani kommunal soha boʻlimi xodimlari va faol fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari qordan tozalanib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida qum-tuz aralashmalari sepilmoqda.    

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Jarayon

Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 400 mvt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishi boshlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Yangi koʻprik foydalanishga topshirildi

Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi Chirchiq-Yangibozor-Oʻrtasaroy avtomobil yoʻlining 56 kilometrida-“Qizil soy” daryosi ustida yangi yoʻl oʻtkazgichi qurildi.

Yuqori Chirchiq tumanining  “Jumabozor”  qoʻrgʻonini  “Oʻrtasaroy” mahallasi bilan  bogʻlovchi koʻprikning uzunligi 80 metrni tashkil qiladi.

Eni 16 metr boʻlgan 4 tasmali yoʻl oʻtkazgichi   avtotransport vositalari harakati hamda piyodalar  uchun toʻliq ochildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyati hududiy filialida 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

Isteʼmolchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida viloyatda 186 ta avariya brigadalari tunu-kun faoliyat yuritmoqda. Unda 600 dan ortiq xodimlar va 169 ta maxsus avto va texnikalar biriktirilgan.

Bir kunda oʻrtacha 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushayotgan boʻlib, ularni zudlik bilan joyiga chiqqan holda bartaraf etilmoqda.

Hurmatli isteʼmolchilar, keraksiz, ortiqcha elektr uskunalardan imkon qadar foydalanmasliklaringizni, elektr energiyasini tejashlaringizni va behuda yonib yotgan quvvatlarni oʻchirib qoʻyishlaringizni soʻraymiz.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar #Jarayon

Viloyat boʻylab mahallalarda yoshlar bilan ishlash kunlik shtablari tashkil etildi

Bugun viloyatning 1 025 ta mahallasida yoshlar yetakchilari tomonidan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlarning muammo va qiziqishlari oʻrganildi.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Ayollar daftari” ning 5-bosqichi shakllantirilmoqda

Ayni kunlarda viloyatda bir qator tegishli tashkilotlar hamkorlikda xatlov ishlariga jalb qilinib, mutaxassislar uyma-uy yurish orqali ayollar bilan birma-bir muloqot qilmoqda. Ularning ehtiyoji, qiziqishlarini aniqlagan holda, anketa soʻrovnomalari toʻldirilmoqda.

Xatlov jarayonlarida “Ayollar daftari”ga har bir hududda istiqomat qilayotgan, 30 yoshdan oshgan ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi bor, shuningdek, bandligi taʼminlanishi kerak boʻlgan xotin-qizlar kiritilmoqda.

Aytish mumkin, mazkur jarayon 1025 ta mahallada istiqomat qilayotgan 1 yarim millionga yaqin xotin-qizlarning aniqlangan muammolarini bartaraf etish, shuningdek, ular bilan ishlash boʻyicha mahalla va tumanlarning 6 oyga moʻljallangan aniq manzilli “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

🌨Ayni kunlarda yurtimizda yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo'llarda qor va muzlamalar hosil bo'lgan. Toshkent viloyati bo‘ylab yo‘llarni qordan tozalash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

❄️Hududlarda Obodonlashtirish bo'limi hamda Yoʻllardan foydalanish davlat muassasalari ishchi-xodimlari tomonidan qatnov harakati mavjud joylarda haydovchi va yo'lovchilarga qulaylik yaratish hamda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, avtomobil yoʻllariga qum-shagʻal aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tasvirlarda Bo'ka, Qibray, Piskent, Bo'stonliq, Zangiota, Chinoz, Yuqori Chirchiq tumanlari va Nurafshon shahridagi jarayonlar aks etgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM