Audio
#Mavzuli_dayjest
Viloyatimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday bo'lyapti? Shu haqidagi qisqa xabarlarimiz bilan tanishing.
🔘Toshkent, Oqqoʻrgʻon, Olmaliq, Yangiyoʻl shahri. Hokimliklarda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish masalasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
🔘Piskent, Chinoz, Ohangaron, Qibray, Ohangaron shahri. Ishchi guruh tomonidan xonadon va ijtimoiy obyektlarning mavsumga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi.
🔘Bekobod tumani. Hudud prokurori va hokim oʻrinbosari qurilish obyektlari va "Mustaqillik" mahallasidagi kommunal sohaga oid muammolarni oʻrgandi.
🔘Yuqori Chirchiq tumani. Isteʼmolchilarni bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston GTSH da rekonstruksiya ishlari olib borildi.
🔘Boʻstonliq tumani. Korxona-tashkilotlarning favqulodda holatga tayyorgarlik darajasi boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.
🔘Zangiota tumani. Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 33 ta koʻp qavatli uylarning tom qismi va 28 ta yertoʻla qismi joriy taʼmirlandi.
🔘Yangiyoʻl tumani. “Ahil” mahallasida 5 qavatli uylarni tabiiy gazlashtirish maqsadida 1 dona gaz taqsimlash nuqtasi oʻrnatildi.
🔘Boʻka tumani. Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Shuhrat Pardabekov bajarilgan ishlar yuzasidan brifingda maʼlumot berdi.
🔘Parkent tumani. Masʼullar “Quyosh” MFYdagi koʻp qavatli uylarda oʻrnatilayotgan zamonaviy lokal isitish qozonlarini koʻzdan kechirdi.
🔘Angren shahri. Sektor rahbarlari mavsumga tayyorgarlik boʻyicha hududda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
🔘Bekobod shahri. “Tinchlik” mahallasidagi 1-koʻp qavatli uyning tom qismida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH

#Dayjest
15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni. Xususan, joylarda mazkur sana munosabati bilan "Xalqaro qishloq ayollari" kuniga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etildi.
Bugungi xabarlarimiz orqali shular haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi. “Xalqaro qishloq ayollari” kunida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan 22 ta tuman-shaharda faoliyat olib borayotgan har sohada ilgʻor ayollarga atlas va adras liboslar topshirildi.
Piskent tumani. Qishloq ayolini qanchalik ulugʻlasak kam. 300 nafardan ortiq ilgʻor va faol xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Boʻka tumani. Agrotexnologiyalar texnikumida ToshDYU universitetining “Yuridik klinika”si va xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Yuqori Chirchiq tumani. “Yangi hayot” mahallasida “Oqila ayol-oila baxti!” nomli maʼrifiy suhbat oʻtkazildi.
Bekobod tumani. Sektor rahbarlari “Yoshlik-2”, “Guliston” va “Mallaboy” mahallalarida qishloq ayollarini muborakbod etdilar.
Chinoz tumani. “Sutbuloq” mahallasida “Oqila ayollar” yetakchilari va ilgʻor xotin-qizlar yuzma-yuz muloqot qildilar.
Oqqoʻrgʻon tumani. “Yoshlar bogʻi”da “Qishloq javohirlari” nomli bayram kechasi tashkil etildi.
Yangiyoʻl shahri. 8-IDUMda boʻlib oʻtgan bayram tadbirida hunarmand ayollar oʻz koʻrgazmalarini namoyish etdi.
Ohangaron shahri. Oʻtkazilgan tadbirda turli sohalarda mehnat qilayotgan 200 nafardan ziyod fidoyi xotin-qizlar ishtirok etdi.
Qibray tumani. Oila va xotin-qizlar boʻlimi va IIB masʼullari tomonidan “Turkiston” mahallasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Olmaliq shahri. “Ayollar daftari”da roʻyxatga olingan 15 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Boʻstonliq tumani. Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Umid Shoumarov boshchiligida “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar bandligini taʼminlash yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Chirchiq shahri. Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ayol - jamiyat koʻrki” nomli tadbir bo'lib o'tdi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH