#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Noyabr_Xorijiy_tillar_fan_oyligi
#Misrlik_mehmon

🇪🇬Misr Arab Respublikasi fuqarosi, dunyo tan olgan olim, Doktor Ali Abdulzaher Aboamrani o'g'li, ayni vaqtda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy tadqiqotchisi Mr Hatem Ali Abdulzaher Aboamra Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Xorijiy tillar fan oyligi" ning ochilishiga tashrif buyurdi.

📈O‘quvchilar bilan Ingliz tilida muloqot olib borgan mehmon o‘quvchilarda xorijiy tilga qiziqish yuqori ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#5_tashabbus_amalda
#Yosh_dasturchi
#Ustoz_va_shogird

   👨‍💻💻Joriy yilning 15-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi
34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Million solutions" kompaniyasi xodimi va shuningdek AQShning O‘zbekistonda joylashgan  "UZ Auto Trans" kompaniyasi va "TT ELD" loyihalari yosh dasturchisi Raxmankulov Sagden 9-sinf o‘quvchilari bilan "IT sohasi va uning O‘zbekistonda rivojlanishi" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

   📈Tadbir davomida yosh dasturchi o‘quvchi-yoshlarga ingliz va xitoy tillaridan xalqaro til sertifikati (IELTS va HsK) ga ega ekanligi va bu natijaga aynan
34-maktabda, darsdan tashqari joriy etilgan til kurslarida qisqa,  7-8 oylik qo‘shimcha darslarda qatnashganidan so‘ng mazkur natijaga erishgani haqida ma'lumotlar berdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Audio
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#bugun_muhim_sana

📌18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qabul qilingan kun.

🎤Respondent -O‘z R FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, Yuqori Chirchiq tumani
34-maktab Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariZavqibek Mahmudov
📻 "O'zbekiston-24" va "O‘zbekiston" radiokanallarida ( Fm 87.9 va 103'1da soat har kuni soat 07-35, 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif- Durdona Ma'diyeva

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Tabiiy_fanlar

"Tabiiy fanlar - inson va tabiat bilan uyg‘unlashganda!"

Joriy yilning 23-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Biologiya fani o‘qituvchisi Topganova Mushtariy 8-sinfning iqtidorli o‘quvchilari bilan birgalikda "Tabiiy fanlar - inson va tabiat bilan uyg‘unlashganda!" mavzusida tadbir o‘tkazishdi.

📚Mazkur tadbir davomida fan o‘qituvchisi va o‘quvchilar tomonidan tadbir qatnashchilariga inson salomatligi va sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid bir qancha malumotlar sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Markaziy_Osiyo_Xalqaro_Instituti

"XIX asrning o‘zbek va qozoq mutafakkirlari dunyoqarashida umumiy tarixiy va madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya

   Tarixan Turon diyorida bir tan-u bir jon bo‘lib yashab kelayotgan o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasida so‘nggi yillarda nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aloqalar, balki tarixiy va madaniy munosabatlar ham rivojlanishning yangi bosqichiga chiqdi.

   Konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori Nosirov Anvar va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Atamkulov Beybut bugungi tadbirning tarixiy ahamiyati, uning mazmun-mohiyati haqida fikr bildirishdi.

  Mazkur xalqaro konferensiyada Yuqori Chirchiq XTB tasarrufidagi 34-U.O‘.T maktabning M.M.I.B. direktor o‘rinbosari, Tarix fani o‘qituvchisi Mahmudov Zavqibek ikkala davlat o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar haqida fikr bildirdi.
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Besh_tashabbus

"Besh tashabbus -besh imkon!"

Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 6 "j"-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus-besh imkon" mavzusida ochiq sinf soati o'tkazildi.

🔰Dastur doirasida o‘quvchi yoshlarning iqtidori va bilimlariham ham sinaldi.

Yuqori Chichiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Savodxonlik_bayrami
#Yangi_yil_shukuhi

"Birinchi sinf o‘quvchilari savodxonlik bayramini nishonlamoqda!"

Ayni damda Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1-sinf o‘quvchilarining "Savodxonlik bayrami" bo‘lib o‘tmoqda.

Yangi, 2022-2023-o‘quv yilida 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga 191 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinib, ayni damda Savodxonlik bayrami asosida 4 oy davomida o‘zlarining puxta egallagan yuksak bilimlarini amalda ko‘rsatib berishmoqda.

Mazkur, 191 nafar bolajonlarga sifatli ta'lim va tarbiya berayotgan, yuksak salohiyatga ega ustozlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Yuqori Chichiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#sport

🥉 Joriy yilning 20-24 dekabr kunlari sportning taekvondo WT turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi chempionatida 45 kg toifasi sovrindori
34-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mirayimov Mirdiyor 🥉bronza medali sohibi hamda "2022 yil sportchisi" e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Fanlar_Akademiyasi_Tarix_instituti
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab

“Ma’rifat” gazetasining bugungi sonida O‘z R FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabi MMIB direktor o‘rinbosari Zavqibek Mahmudovning "Ta'lim tizimimiz islohotga muhtoj!" nomli maqolasi chop etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Website | YouTube | Instagram | Facebook
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Yashil_makon

Mevali va manzarali daraxtlar ekish mavsumi!

🌳Joriy yilning 22-23-fevral kunlari Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabi xodimlari tomonidan sport maydonlari tozalanib, devor va daraxtlar oqlandi.

🌴🌲Shuningdek mazkur hashar davomida maktab hududida bo‘sh qolgan yerlardan unumli foydalanish maqsadida mevali (olma, yong‘oq, olcha, shaftoli) va manzarali (yapon safurasi, archa, terak, kashtan)  daraxtlari hamda terak qalamchalari ekildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook