#Yuqori_Chirchiq
Tuman Xalq taʼlimi tasarrufidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 5 tashabbus amalda

🎭 Joriy yilning 23-sentabr kuni "5 tashabbus" ijrosini ta'minlash hamda "Sentabr - Boshlang‘ich fan oyligi" doirasida o‘quvchi-yoshlarning madaniy hordiq olishlarini tashkil etish maqsadida, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktab psixologlari bilan birgalikda yoshlarni tarbiyaga undovchi "Zumrad va Qimmat" ertagi spektakli sahnalashtirildi.

Mazkur jonli tarzda sahnalashtirilgan ertakdan o‘zlari uchun "yaxshilik va yomonlik, uning oqibati" haqida xulosa chiqargan yosh bolajonlarning kayfiyati yanada ko‘tarilib, maroqli hordiq olishlari ta'minlandi.

Yuqori Chirchiq tumani xokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq_tuman
Tuman hokimi,1-sektor rahbari U.Atemov qurilish binolarining ish jarayonlarini koʻzdan kechirdi

Bugun
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari U.Atemov tuman Xalq taʼlimi tasarrufidagi 25,32 umumiy oʻrta taʼlim maktablarining foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan yangi binolarini o`rgandi.

🔰Bugungi kunda tumanning “Navoiy” mahalla ahli farzandlariga xizmat qiluvchi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yangidan bunyod etilib, 140 oʻrinli sinf xonalari, 12 ga 24 kenglikda sport majmuasi qad rostladi.

📌Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ 98-sonli qarori asosida “Obodon” MFYdagi 32-sonli maktabida 450 oʻrinli oʻquv binosini mukammal tamirlash ishlari olib borildi. Zamonviy taʼlim maskani, mahallaga koʻzmunchoqday yarashmoqda.

‼️O`rganishda
tuman hokimi tomonidan masʼullarga zarur vazifalar yuklatildi hamda 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yashil makon” dasturi doirasida namuna tarzida seminar qilish ham ta`kidlandi.

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tuman
Kichik sаnoat zonalari muammolari
tuman hokimi oʻrinbosari tomonidan oʻrganilmoqda

📊“PAKSHOO TASHKENT” maʼsuliyati cheklangan xorijiy korxonasi
Yuqori Chirchiq tumanining “Navroʻz” mahalla fuqarolari yigʻinida joylashgan boʻlib,  2005-yilda oʻz faoliyatini boshlagan.

Bugungi kunda sanitariya-gigiyena mahsulotlari (shampun, antiseptik, konservantlar, tuz, natriy xlorid, yog, vitaminlar), ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning koʻrsatkichlari yiliga 145 ming dona maxsulot, qiymati 878 mln soʻmni tashkil etadi maxalliylashtirish darajasi esa 50 % tashkil etadi.

📈Kuni kecha
tuman hokimi oʻrinbosari A.Sayfuddinov tomonidan ushbu korxona faoliyatining muammolari oʻrganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tuman
Zulfiyaxonim izdoshlariga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma berildi.

❇️Yuqori Chirchiq tumanida Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarning tuman saralash bosqichi oʻtkazildi.

❇️Musiqa va sanʼat maktabida tashkil etilgan saralash bosqichida tumandagi 14-30 yoshdagi 30 nafarga yaqin xotin-qizlar
ta'lim, fan, аdabiyot, мadaniyat, san'at, sport, jamoatchilik yo'nalishlari bo'yicha saralash bosqichida ishtirok etishdi.

❇️Tanlov yakunida ishtirokchilarga Yuqori Chirchiq tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i G.Bahodirova tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tuman
⭕️#Live

Ayni damda, Samarqand shahrida dunyoning yetakchi iqtisodchilar, nufuzli investorlar va xalqaro ekspertlarning yigʻilishi - ikkinchi Oʻzbekiston Iqsodiy forumi boʻlib oʻtmoqda.

📊Forumning asosiy mavzusi: “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish”.
Ushbu II Oʻzbekiston iqtisodiy forumida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda hokim yordamchilari ishtirok etishmoqda.

❇️Jumladan,  forumda Yuqori  Chirchiq tumani hokim yordamchilaridan vakil sifatida Chumchuqjar va Nurafshon mahallasining hokim yordamchilari Z.Umaraliyev va J. Shahtamovlar ishtirok etmoqda.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
Tuman hokimi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi

Maktabgacha taʼlim taʼlimning dastlabki boʻgʻini hisoblanib, farzandlarimizning yaxshi bilim va koʻnikmaga ega boʻlishlarida uning oʻrni va ahamiyati nihoyatda muhimdir. Shu boisdan bolajonlarimizning yaxshi tarbiya va taʼlim olishlari uchun MTTlar faoliyati undagi kadrlar salohiyati bugun qay darajada talabga javob beradi?

🔰Shu maqsadda,
Yuqori Chirchiq tumani hokimi U. Atemov tomonidan tumanda joylashgan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi.

📚Oʻrganishlar jarayonida MTTda oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash holati, roʻyxatga olish daftarlarining yuritilishi, bolajonlarga yaratib berilgan sharoitlar, kadrlar salohiyati, mashgʻulotlar sifati hamda obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

📌Oʻrganish davomida MTTda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot rahbariga tavsiya va koʻrsatmalar berildi. 
 
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat