Shoxidaxon Yuldasheva
847 subscribers
304 photos
54 videos
133 links
Adliya vazirligi axborot xizmati
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sirdaryoda

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Toshqulov “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.

Xususan, adliya vaziri Sirdaryo tumani “Quyosh” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar Sayxunobod va Guliston tumanlarida ham oʻtkazildi.

Adliya vaziri A.Toshqulov Sayxunobod tuman hokimi K.Mullajanov bilan birgalikda “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi 72 yoshli Risolat Gʻulomova xonadonida boʻlib, “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanish, aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan yoshlar turli toʻgaraklarga jalb etilgan. “Olgʻabos” mahallasida tashkil etilgan oʻquv markazida yoshlar ingliz tilini oʻrganishmoqda. A.Toshqulov sayxunobodlik yoshlar bilan uchrashib, viloyatdagi 11 ta davlat umumtaʼlim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish tashkil qilingani, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi oʻquv yilidan turli huquqiy tanlovlar oʻtkazilishi belgilanganligi taʼkidladi. Shuningdek, vazir “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida “Guliston” mahallasida tashkil qilingan kutubxonada boʻldi.

Bundan tashqari, adliya vaziri Guliston tuman va shahar adliya boʻlimlari yangi binosining qurilish-taʼmirlash ishlari holati bilan tanishdi hamda yangi binolarda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
⚡️Avvalroq elektr taʼminotidagi uzilishlar sabab Samarqand viloyatidagi davlat xizmatlari markazlarida xizmat koʻrsatish vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur nosozlik qisqa fursatda bartaraf qilinib, barcha markazlarda xizmat koʻrsatish boshlandi.

Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

Izoh: Suratda Payariq tuman davlat xizmatlari markazi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 OAV vakillari uchun onlayn trening

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan OAV vakillari uchun manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus o‘quv treninglar o‘tkaziladi.

🗓 Sanasi va vaqti: 20-sentabr, 15:00 da

ZOOM orqali ulanish 👉 https://us06web.zoom.us/j/4575572417?pwd=Wdyq49VMZTg0kY4Pr5wOPLNb7XeGrD.1
Konferensiya ID: 457 557 2417
Kirish kodi: 1111

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri Sirdaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati hamda “Yoshlar balansi” elektron dasturi bilan tanishdi.

Situatsion markazda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

“Yoshlar balansi” elektron dasturi esa yoshlar bilan ishlash tizimini elektronlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, dasturga adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga oid muammolarini hal etish hamda ularning bandligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar kiritib boriladi. Ushbu tajribani keng ommalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy axborotni tarqatish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, aholi va yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish borasida yangicha yondashuv asosida “Huquqiy taksofon” joriy qilindi.

Unda badiiy va yuridik adabiyotlar, qonunchilikka oid yangiliklar sodda va xalqchil tilda bayon etilgan targʻibot materiallari – buklet, flayer va infografikalar oʻrin egallagan. “Huquqiy taksofon” viloyat hamda barcha tuman va shahar markazlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Adliya vaziri A.Toshqulov Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining ushbu tajribasi bilan ham tanishdi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Adliya vaziri o‘rinbosari Avstriya elchisi bilan uchrashdi

👉
Batafsil

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Adliya vaziri “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safarining navbatdagi manzili Guliston shahridagi “Namuna” mahallasi boʻldi. “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan bu yerda “mahalla huquqshunosi” xonasi tashkil etilgan.

Xona huquqiy adabiyotlar va zarur texnik vositalar bilan jihozlangan. Adliya vazirligining elektron huquqiy manbalariga QR-kod orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish imkoniyati yaratilgani “mahalla yettiligi”, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Adliya vaziri “Sirdaryo tajribasi” asosida farmon ijrosini tashkil etish yuzasidan Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Oʻrganish jarayonida aholini qiynab kelayotgan tizimli huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish boʻyicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqish, aholiga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, manzilli va maqsadli targʻibot tadbirlarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida ham oʻtkazildi.

Shuningdek, Akbar Toshqulov Oqoltin tumanidagi “Ahillik” mahallasida tashkil etilgan tikuv sexida ham boʻlib, tadbirkor hamda xotin-qizlar bilan muloqot qildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari haqida tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon