Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Таҳлиллар кўрсатганидек, баъзи ногиронлиги бор инсонларда психологик босимлар сабабли ўзига бўлган ишонч етишмайди.
Лекин, ўзида куч топиб, оғир вазиятдан чиқиб, қаҳрамонлик кўрсатаётган одамлар ҳам кўплиги таъкидланди.
Президентимиз дунёнинг энг руҳлантирувчи “Топ-100” аёли рўйхатига кирган Деновлик Дилором Йўлдошеванинг ишларини эътироф этди. Бу аёл ногиронлиги бор бўлса-да, тикув корхонасини очиб, 40 нафар камбағал хотин-қизларни ишли қилди.
– деди давлатимиз раҳбари.
Президент фармонига мувофиқ, йиғилишда Дилором Йўлдошевага “Мардлик” ордени тантанали топширилди.
Келгуси йилда бундай инсонлар ҳақида камида 5 та мотивацион ҳужжатли ва бадиий фильмлар суратга олиш муҳимлиги таъкидланди.
Бу борадаги ишларни мувофиқлаштириш Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Ш.Мирзиёева зиммасига юклатилди.
Facebook|Instagram|X

– Мана шундай иродали, матонатли инсонларни ҳаммага ўрнак қилиб кўрсатсак, улар билан ҳар қанча фахрлансак арзийди,
– деди давлатимиз раҳбари.
Президент фармонига мувофиқ, йиғилишда Дилором Йўлдошевага “Мардлик” ордени тантанали топширилди.
Келгуси йилда бундай инсонлар ҳақида камида 5 та мотивацион ҳужжатли ва бадиий фильмлар суратга олиш муҳимлиги таъкидланди.
Бу борадаги ишларни мувофиқлаштириш Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Ш.Мирзиёева зиммасига юклатилди.
Facebook|Instagram|X
👍4
#HayotDaraxti
🌱Adliya organlari va muassasalari xodimlari oʻz hovli va mahallalarini koʻkalamzorlashtirish uchun birlashdi
Shu kunlarda adliya organlari va muassasalari xodimlari boʻsh vaqtlarini tabiat va jamiyat foydasiga sarflashga qaror qildilar. Ular qadimiy anʼanalarga hurmat bajo keltirib, oʻz hovlilari, bogʻlari va mahallalarida daraxt koʻchatlarini ekishdi.
Nima uchun bu muhim?
✔️ daraxtlar havoni tozalab, yashash uchun sog‘lom muhit yaratadi;
✔️ tuproqni mustahkamlab, eroziya va qurg‘oqchilikni oldini oladi;
✔️ shaharlarni salqinlashtirib, iqlim o‘zgarishining ta’sirini kamaytiradi.
Oʻzbekiston uchun daraxt azaldan hayot, sogʻliq va insonning tabiat bilan uygʻunligini ifodalab kelgan. Daraxt ekish shunchaki ekologik harakat emas, balki kelajak haqida gʻamxoʻrlikni aks ettiruvchi koʻp asrlik marosimdir.
Ekologik ahamiyatdan tashqari, bunday aksiyalar inson va tabiat oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi, shuningdek, jamoaviy saʼy-harakatlarning naqadar muhimligini eslatadi. Doʻstlik va hamjihatlik muhitida yuzlab daraxtlar — kelajakdagi kislorod, soya va goʻzallik manbalari — ekildi.
Ushbu tashabbus har bir ekilgan daraxt nafaqat ekologiyani yaxshilashga hissa qoʻshish, balki havoni tozalash va dunyomizni yashillashtirish vositasi ekanligini yana bir bor eslatdi. Bunday anʼanalar doimo tabiatga hurmat ramzi boʻlib qolaveradi.
https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
🌱Adliya organlari va muassasalari xodimlari oʻz hovli va mahallalarini koʻkalamzorlashtirish uchun birlashdi
Shu kunlarda adliya organlari va muassasalari xodimlari boʻsh vaqtlarini tabiat va jamiyat foydasiga sarflashga qaror qildilar. Ular qadimiy anʼanalarga hurmat bajo keltirib, oʻz hovlilari, bogʻlari va mahallalarida daraxt koʻchatlarini ekishdi.
Nima uchun bu muhim?
Oʻzbekiston uchun daraxt azaldan hayot, sogʻliq va insonning tabiat bilan uygʻunligini ifodalab kelgan. Daraxt ekish shunchaki ekologik harakat emas, balki kelajak haqida gʻamxoʻrlikni aks ettiruvchi koʻp asrlik marosimdir.
Ekologik ahamiyatdan tashqari, bunday aksiyalar inson va tabiat oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi, shuningdek, jamoaviy saʼy-harakatlarning naqadar muhimligini eslatadi. Doʻstlik va hamjihatlik muhitida yuzlab daraxtlar — kelajakdagi kislorod, soya va goʻzallik manbalari — ekildi.
Ushbu tashabbus har bir ekilgan daraxt nafaqat ekologiyani yaxshilashga hissa qoʻshish, balki havoni tozalash va dunyomizni yashillashtirish vositasi ekanligini yana bir bor eslatdi. Bunday anʼanalar doimo tabiatga hurmat ramzi boʻlib qolaveradi.
https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media mahsulotlar faqat qonuniylik yuzasidan ekspertiza qilinishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlarda media mahsulotlarini “maʼnaviy ekspertiza”dan oʻtkazish joriy etilganligi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan mazkur masala oʻrganilganda unda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi umummajburiy kuchga ega boʻlgan huquqiy normalar belgilanganligi aniqlandi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq vazirlik va idoralarning shunday turdagi huquqiy hujjatlari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan bu turdagi hujjatlar tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Shu bois, media mahsulotlarini “maʼnaviy ekspertiza”dan oʻtkazishni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilinganligi va ijrodan chaqirib olinganligi maʼlum qilinadi.
Shu bilan birga, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassislari tomonidan turli manbalarda tarqatilgan media mahsulotlarning amaldagi qonunchilikka zidligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish yuzasidan tahliliy fikrlar tarzida vakolatli organlarga belgilangan tartibda taklif kiritib borish maqsadga muvofiqligi haqida tavsiyalar berildi.

👍2
Adliya vaziri Akbar Toshqulov BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili janob Oliver Stolpeni qabul qildi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov yangi tayinlangan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Oliver Stolpe bilan uchrashdi.
Uchrashuv boshida adliya vaziri Akbar Toshqulov mehmonlarni qutlab, vazirlik va tashkilot oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilganligini hamda ular jadal suratlar bilan rivojlanib borayotganligini aytdi.
Shuningdek, A. Toshqulov BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Respublika sud ekspertiza markazining laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiya standartiga ega boʻlganligi, doimiy ravishda markaz xodimlarining malakasi oshirib kelinayotganligini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻz oʻrnida, Janob Stolpe tashkil qilingan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda Adliya vazirligining oʻrni muhim ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish va aktivlarni qaytarish tizimini mustahkamlash, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish, jinoiy sudlov va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish sohalarida amaliy hamkorlikni jadallashtirish muhimligini qayd etdilar.
Shu bilan birga, tomonlar yirik loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro va mintaqaviy tadbirlarda vazirlik vakillari ishtirokini taʼminlash hamda hamkorlikda xalqaro tashkilotlarning texnik yordamini jalb qilishga kelishib oldilar.

❤1👍1
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_xabari
📣 📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!
Ertaga, 17-dekabr kuni AOKAda “Davlat xizmatlari markazlariga 7 yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ishtirok etadi.
Qachon❓
17-dekabr, 12:00
Qayerda❓
AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-38
📎 Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
📌 Kanalga ulanish
Ertaga, 17-dekabr kuni AOKAda “Davlat xizmatlari markazlariga 7 yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ishtirok etadi.
Qachon
17-dekabr, 12:00
Qayerda

👍4🔥1🥰1