Shoxidaxon Yuldasheva
892 subscribers
304 photos
54 videos
133 links
Adliya vazirligi axborot xizmati
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar adliya vazirlari Kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.

👉Batafsil

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Adliya vazirligi mas'ullari bolalar onkologiyasiga oid huquqiy masalalarni o‘rgandi

Adliya vazirligi mas'ul xodimlari vazir o‘rinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lib, u yerdagi holat bilan tanishdi.

O‘zbekistonda yiliga 26 mingdan ziyod odamda xavfli o‘sma kasalligi aniqlansa, buning 3,5 foizi bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday bolalarning saratondan omon qolish ko‘rsatkichini 60 foizga yetkazish, saratonni erta bosqichda aniqlashni 65 foizga yetkazish maqsad qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yil fevral oyida ishga tushirilgan. Markaz 300 o‘rinli bo‘lib, unda gemotologiya, onkologiya, kimyo terapiyasi kabi bo‘limlar mavjud.

Shuningdek, markazda davolanayotgan bolalarning uzluksiz ta'lim olishini ta'minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan o‘ziga xos kollaboratsiya usulida “Mehrli maktab” nomli maxsus ta'lim bo‘limi ham tashkil etilgan.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Markazning kuzatuv kengashi a'zosi sifatida bosh shifokor, markaz xodimlari va bemorlarning ota-onalari bilan muloqotga kirishib, markaz faoliyati, davolanayotganlarning huquqiy muammolari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid masalalarni o‘rgandi.

Muloqot so‘ngida Adliya vazirligi hamda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida kelgusida yaqindan hamkorlik qilish va Adliya vazirligi tomonidan Markazga huquqiy hamda ijtimoiy masalalarda vakolat doirasida ko‘mak berishga kelishib olindi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Merosni rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida 4-xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov soʻzga chiqib, mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlangandek, avval qogʻoz shaklda yuritilgan 80 milliondan ortiq fuqarolik holati dalolatnomalari raqamli formatga keltirildi. Xuddi shunday rasmiylashtirilgan barcha vasiyatnomalar va tugallanmagan meros ishlari ham “Notarius” axborot tizimi elektron bazasi yaratildi.

Tizimda meros ishi ochilganligini tekshirish, agarda meros ishi ochilmagan boʻlsa meros ishini ochish, shuningdek, vasiyatnoma mavjudligini tizim orqali tekshirish imkoniyati yaratildi.

Meros ishlarini rasmiylashtirishda oʻlim holati, merosxoʻrlarning tugʻilganlik va nikoh tuzilganligi kabi maʼlumotlarni notariuslar tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda tizim orqali olinishi yoʻlga qoʻyildi. Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

Adliya vaziri, shuningdek, merosni rasmiylashtirish yoʻnalishida yaqin istiqboldagi rejalar haqida axborot berdi. Xususan, yangi Fuqarolik kodeksining loyihasida merosni qabul qilishda merosxo‘rlarga merosni qabul qilish muddatlarini joriy etish va umumiy birgalikdagi mulk bo‘lganda merosni rasmiylashtirish qoidalarini qayta ko‘rib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
#Iqtibos

Adliya vaziri Akbar Toshqulov: Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xizmat safari davomida Chimboy va Taxtako'pir tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tuman adliya boʻlimlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Chimboy tumanidagi faol tadbirkorlarning biri, hunarmand A.Turekeevning qoʻl mehnati asosida yaratilgan qoraqalpoqlarning milliy qora uylarini qurish ustaxonasida boʻlib, tadbirkorning elektr energiyasi bilan bogʻliq muammosini tingladi va mas’ullarga oʻrganish yuzasidan shu yerning oʻzida tegishli topshiriqlarini berdi.

Shundan soʻng Taxtakoʻpir tumanining “Bel taw” OFY “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, “online mahalla” platformasida aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni hal etish yuzasidan oʻzining tavsiyalarini berdi.

Bugungi safar soʻngida adliya boʻlimlari xodimlarining ish faoliyatidagi muammo va takliflari muhokama qilindi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

"Xon atlas" festivali doirasida adliya xodimalari milliy liboslarda

Milliy liboslarda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur festival doirasida Adliya vazirligi va organlari xodimalari ishga rasmiy va odatiy kiyimda emas, balki milliy adras va atlas matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.

@adliyangiliklari
Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi bo'lim boshlig'i Baratov Usmon Ashirmatovich 2024-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Baratov Usmon Adliya vazirligi tizimidagi oʻz faoliyatini 2018-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kompyuter tarmoqlari bo'yicha muhandis sifatida boshlagan. 2023-yildan boshlab esa bo'lim boshlig'i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Baratov Usmon Adliya vazirligi faoliyatini raqamlashtirish sohasida o'zining salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda. Xususan, mahallalarda onlayn davlat xizmatlaridan sodda va qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kiosklarni o'rnatish bo'yicha ishlarni amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimida katta hajmli ma'lumotlarni tahlil qilish dasturi (Qlik Sense) yaratilishida, boshqarmalarning raqamli pasporti va faoliyat arxitekturasini ishlab chiqishda, davlat xizmatlarini ko'rsatilishida Face-ID texnologiyasini joriy etishda sezilarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Usmon Baratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Maʼmuriy tartib-taomillarga oid qoʻllanma taqdimoti boʻlib oʻtdi


Bugun, 13-sentabr kuni Adliya vazirligida “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning ayrim prinsiplariga doir tushuntirishlar boʻyicha ishlab chiqilgan qoʻllanma taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yaponiya Adliya vazirligi masʼullari hamda Oʻzbekistonning 20 dan ortiq davlat idoralarining vakillari ishtirok etdi.

Qoʻllanma maʼmuriy tartib-taomillarning “qonuniylik”, “mutanosiblik”, “teng huquqlilik”, “ishonchning himoya qilinishi”, “maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskresion vakolatning) qonuniyligi” va “tinglanish imkoniyatining mavjudligi” kabi jami 6 ta prinsiplariga tushuntirishlarni, Oʻzbekiston va Yaponiya qonunchiligini qoʻllashga oid hayotiy misollarni oʻz ichiga oladi.

Qoʻllanma fuqarolarga, maʼmuriy huquqni qoʻllovchi mansabdor shaxslarga, oʻquvchi va talabalarga, umuman olganda aholining barcha qatlami uchun moʻljallangan boʻlib, sodda va xalqchil tilda bayon etilgan.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk boʻyicha oliy darajadagi uchinchi konferensiyasida qatnashdi

Xitoyning Pekin shahrida Milliy intellektual mulk maʼmuriyati va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan birgalikda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk boʻyicha oliy darajadagi uchinchi konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan asosiy maqsad — “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk sohasida ochiqlik, birdamlik, oʻzaro manfaatdor hamkorlik oʻrnatish hamda sohani rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirishdan iborat.

Shuningdek, konferensiya doirasida intellektual mulk sohasida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlar orqali innovatsiya va ijodkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, vazirlik oʻziga yuklatilgan intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish bilan bogʻliq vazifasini samarali amalga oshirishda xalqaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etadi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi.
 
Adliya vazirligiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “IMUDON” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaat qildi.

Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MChJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MChJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikkatortilgan edi.

Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MChJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmatkoʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlaritoʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon