Shoxidaxon Yuldasheva
892 subscribers
304 photos
54 videos
133 links
Adliya vazirligi axborot xizmati
Download Telegram
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida boʻlib, joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish darajasi hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganmoqda.

Xususan, vazir oʻrinbosari Qarshi shahridagi “Monomarkaz”ning yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati bilan tanishdi. U yerda tahsil olayotgan 24 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollari va muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, X.Meliyev “Qavali” erkin iqtisodiy zonasida 20 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyat yoʻnalishlarida yuzaga kelayotgan muammolari masʼullar ishtirokida muhokama qildi. Yerni ijaraga olish, soliq, kadastr sohasida oʻrganib chiqish talab etiladigan 10 dan ortiq murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Qarshi shahridagi adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi tahlil qilinib, ularning xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Qashqadaryo viloyatida ishlarni toʻgʻri tashkil qilish va samaradorligini yanada oshirish masalalari masʼullar bilan muhokama qilinib, kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Davlat sud-ekspertiza muassasalari va sud-tergov organlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni moliyalashtirishga kelishib olindi

👉Batafsil

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Ayrim OTMlar tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar soʻralayotganligi maʼlum boʻldi

Adliya vazirligi masʼullari tomonidan joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar va aholi bilan uchrashuvlar davomida ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati) soʻralayotganligi maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan 5-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholidan 120 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu hujjatlarning talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.

❗️Hurmatli fuqarolar, sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligining “1008” va “1148” raqamli “Ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan “Xon atlas” festivaliga start berildi. Adiya vazirligi milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 10-sentabr kuni Samarqand shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqi Osiyo ishlari komissiyasining 14-yalpi yigʻilishi konferensiya formatida boshlandi.

Tadbirda dunyoning 27 ta mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻuliston va boshqa davlatlardan yuzdan ortiq xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etmoqda.

Bu yilgi tadbir Osiyoda notariat oldida turgan zamonaviy muammolar, xususan, notariat sohasini raqamlashtirishni takomillashtirish jihatlarini muhokama qilish uchun muhim maydon boʻladi.

Shuningdek, komissiyaning yillik faoliyati yakunlari boʻyicha hisobotlar tinglanadi, Osiyoning yangi davlatlarini Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzolikka qabul qilish, Osiyo ishlari boʻyicha komissiyaning 2025-yilga moʻljallangan prezidentligiga nomzod koʻrsatish masalalari koʻrib chiqiladi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqi (XNI) Osiyo ishlari komissiyasining 14-yalpi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Uning doirasida XNI Osiyo ishlari boʻyicha komissiyaning 2025-yilga moʻljallangan prezidenti etib Mo‘g‘uliston Notarial palatasining raisi Bayanjargal Chandrabaal saylandi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar adliya vazirlari Kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.

👉Batafsil

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon