Jarayon
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.
Muallif – Ahmad To'ra.

Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami qatnashchilari ishtirokida mushoira boshlandi. Marhamat, tomosha qiling.
https://fb.watch/w6GSSNzvX_/
https://fb.watch/w6GSSNzvX_/
Sheʼriyat – dillarni, ellarni bog‘lovchi maʼnaviy ko‘prik
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida XVI Turkiy she‘riyat festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kazim Aritsan, Turksoy Yozarlar birligi raisi Ulug‘bek Eshdavlat, TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezjan va boshqalar so‘zga chiqdi.
Dastavval uyushma raisi Sirojiddin Sayyid turkiy davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami ishtirokchilarini qutladi. Ushbu sheʼriyat bayramining o‘tkazilishi adabiy aloqalar rivoji yo‘lidagi eʼtiborning amaliy ifodasi hamda turkiy davlatlar shoirlarining ijodiy diydorlashuvi ekanligini taʼkidladi.
– Hazrat Navoiyning yurtidagi bunday xalqaro sheʼriyat bayramida ishtirok etayotganimdan behad mamnunman, – dedi Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kazim Aristan. – Bizning ajdodlar asriy maʼnaviy, maʼrifiy, adabiy rishtalar bilan o‘zaro bog‘langan. Bu mushtaraklikni, ildizlarimizning ko‘hnaligini Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham ko‘rish mumkin. Sheʼriyat esa inson qalbidagi tuyg‘ularning eng go‘zal ifodasidir.
Tantanali kechada mezbonlar va mehmonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Festival davomida 100 jildli "Turkiy adabiyot durdonalari" majmuaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Ayni damda festival doiasida mushoira bo‘lib o‘tmoqda. Unda shoirlar – Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Mirzo Kenjabek, G‘ayrat Majid, Sharifa Salimova, Aziz Said, Rustam Musurmon, Botir Ergashev hamda qozog‘istonlik Ulug‘bek Eshdavlat, turkiyalik Mehmet Kurtoglu, Osman O’zbahchi, Atıf Bedir, qirg‘izistonlik Nuriza Omurbayeva, Melis Mamatxan Uuluning sheʼriy chiqishlari adabiyotning dillarni, ellarni bir-biriga bog‘lovchi maʼnaviy ko‘prik ekanini yana bir karra namoyon etdi.
Zulayho Ahmadjonova

Audio
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami "O‘zbekiston 24" radiokanalida keng yoritildi. Muallif — Durdona Ma'diyeva.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan loyiha muhokama qilindi
27.11.2024
27.11.2024
Forwarded from Jadid.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Topilma
“QASSOBGA MOY QAYG‘U...”
Labzakda, seysmologiya instituti yonidagi uyda turardim. Bir kuni ertalab ishga ketayotsam, institut direktori, taniqli akademik ishxonasi oldidagi hovlida sayr qilib yurgan ekan, borib salom berdim. Hol-ahvol so‘rashdik. Direktor negadir xomush, parishon ko‘rinardi.
– Domla, – dedi dabdurustdan, – mana, siz yuqorida ishlaysiz, ayting-chi, tepadagilar bizning institutimizni unutib yuborishmaganmi ishqilib?
– Nega unday deyapsiz? – dedim ajablanib.
– Negaki, institutimizga hech qanday e’tibor yo‘q-da, – dedi u kishi kuyunib. – Qarang, yetti qavatli mana shu binoda bor-yo‘g‘i ellikta xodim qolgan, besh qavati huvillab yotibdi. Oylik kam, ilmiy ishlarga mablag‘ yetishmaydi. Bilasizmi, bir vaqtlar, – dedi u jonlanib, – ya’ni 66-yilgi zilziladan keyin bizga e’tibor nihoyatda kuchli edi. Bu yerdan Rashidovning oyog‘i uzilmasdi, boshqa rahbarlarni-ku, qo‘yavering. Hozir rayon hokimining qorovuli ham bizdan xabar olmaydi.
– Xo‘sh, muammolaringizni hech ko‘tarib chiqdingizmi? Masalan, Fanlar akademiyasi yo hukumatga murojaat qildingizmi? – deb so‘radim.
Direktorning yuzida xavotir alomatlari paydo bo‘ldi.
– Murojaat qilsam bo‘ladiku-ya, – dedi uh tortib, – lekin rahbarlarning ko‘ziga yomon ko‘rinib qolarmikanman, deb qo‘rqaman-da. Bu yog‘i pensiyaga ketishimgayam besh-olti yil qoldi.
– Ha, endi, domla, bola yig‘lamasa, ona sut bermaydi-da, – dedim yo‘l ko‘rsatib, – bunaqangi ilmiy-tadqiqot institutlari ko‘p bo‘lsa, hammasining ahvolini tepadagilar qayoqdan bilsin. Sizga maslahatim – jamoa nomidan bir xat yozib rahbariyatga murojaat qiling.
Domla bechoraning yuzi qayg‘uli tus oldi:
– Xat yozish qiyin emas-u, ammo-lekin... – U bir zum o‘ylanib turdi-da, keyin chin dildan afsuslanib: – Bizning baxtimizga, Toshkentda bir qattiqroq zilzilayam bo‘lmayapti... – dedi.
– E, qo‘ying, domla, nafasingizni issiq qiling-ey! – dedim shoshib
– Zora, bizga ozgina e’tibor bo‘larmidi, deyman-da, – dedi akademik domla orzumandlik bilan.
Xayriddin Sulton
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

https://fb.watch/w7KLdn2PI_/
https://fb.watch/w7KLdn2PI_/
Taklifnoma
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan 29-noyabr kuni soat 10:00da Adiblar xiyobonidagi Berdaq haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va Yozuvchilar uyushmasida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan 29-noyabr kuni soat 10:00da Adiblar xiyobonidagi Berdaq haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va Yozuvchilar uyushmasida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Matonatli Maryam qissasi"
Sayyora Samandar sheʼri
Sayyora Samandar sheʼri