Forwarded from JADID media | rasmiy
Turkiy davlatlar umumiy alifbo joriy qilishga chaqirildi
Hozirda Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston lotin yozuvi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston esa kirill yozuviga asoslangan milliy alifbolaridan foydalanmoqda.
Batafsil: jadid-media.uz
@Jadid_media

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kutubxonasi durdona kitoblar maskanidir. Keling, aʼzo bo‘ling va eng sara asarlar mutolaasidan bahra oling.
Zulayho Ahmadjonova lavhasi
Zulayho Ahmadjonova lavhasi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/103524

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 10-iyul
"Taqvim"
"Taqvim"
O‘zbek tiliga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti
Kuni kecha Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomli ijod maktabida "O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati", "O‘zbek tilining izohli lug‘ati", "Ona tilim mangu makonim" va "Davlat tilida ish yuritish" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda adabiyotshunos olimlar, tilshunoslar, adiblar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim boshlig‘i, professor Yorqinjon Odilov hamda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Rustam Mirvohid so‘zga chiqib, mazkur to‘plamlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Yig‘ilganlarga ushbu kitoblarning yaralishi haqidagi videorolik namoyish etildi.
Tadbir so‘nggida ijod maktabiga, viloyatdagi kutubxonalar hamda oliygohlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi

ADABIY JARAYON ZOMIN 04.07
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari “O‘zbekiston” radiokanalining "Adabiy jarayon" dasturida efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
28-1-8.pdf
6.3 MB
“Hurriyat” gazetasining 2024-yil 10-iyul kungi sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Maʼmura Zohidovaning "O‘riklisoy oqshomlari" nomli maqolasi eʼlon qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

KITOBLARIMIZ KUTUBXONAGA BERILDI
2019-yilning 15-dekabri. Koreyaning Shin Dong Yop adabiyot uyidagi tadbirlardan so‘ng yozuvchi Cho Chol Hyon meni Seul shahridagi markaziy kutubxonaga olib borgandi. O‘shanda xorijiy davlatlar kutubxonaga sovg‘a qilgan kitoblarniyam ko‘rdik. O‘zbekiston javonida kitob juda oz edi. Bundan o‘kingandim. Bir kun kelib bu joyga kitob olib borishni niyat qildim.
2023-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid boshchiligidagi guruh Kvanju shahridagi adabiy tadbirlardan so‘ng o‘sha kutubxonaga bordik.
Aslida kutubxona binosini yaponlar Koreyani bosib olganda qurilgan ekan. Ammo koreyslar o‘z yurtini ozod qilgach, bu binoni buzmasdan, o‘ylab-o‘ylab oxiri uni kutubxonaga aylantiribdi.
Kutubxona uchun olib borgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan 50 donacha sara kitob, “Yoshlik”, "Sharq yulduzi", "Jahon adabiyoti" jurnallarini vaqtimiz tig‘izligi sabab janob Choning umr yo‘ldoshi Chhve xonimga qoldirdik. Ular kitoblarni kutubxonaga yetkazib qo‘yadigan bo‘ldi.
Bugun Koreyadan xushxabar keldi.
— Sizga yaxshi xabarim borligini maʼlum qilmoqchiman, — deb yozadi janob Cho o‘z maktubida. — O‘tgan yili Koreyaga bo‘lgan safaringiz davomida siz kelgan Seul kutubxonasini eslaysizmi? Kutubxona sharoitlari tufayli siz olib kelgan kitoblarni nihoyat ularga sovg‘a qila oldik. Biz sizga bugun Seul kutubxonasiga kelgan O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi xodimi va Chhve Hi Yongning suratlarini yuboramiz. Ish kech bajarilganidan afsusdaman.
Janob Cho, xayrli ishning erta-kechi yo‘q. Vaqt ajratib, bizning ishimizning oxiriga yetkazib qo‘ygani uchun O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi vakili va Chhve xonimga tashakkur! Sizga esa xushxabar uchun alohida rahmat!
Bugun o‘sha ezgu niyat amalga oshdi. Yurakdagi o‘sha o‘kinch tarqadi. Endi Seul kutubxonasida o‘zbekcha kitoblar sanoqli emas. U yerga borganlar endi biz sovg‘a qilgan o‘zbekcha kitoblarniyam varaqlab, o‘qib ko‘ra oladi.
Fozil Farhod

ADABIY JARAYON 06.07
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari “O‘zbekiston” radiokanalining "Adabiy jarayon" dasturida efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Forwarded from Onlayn JURNAL | rasmiy
"Bo‘sh xonaga ortingizdan kirsam, sizni topolmaslikdan qo‘rqaman" – "Teatr" romani haqida
"Hayot bu - teatr, undagi odamlar - aktyorlar" degan edi Vilyam Shekspir. Hamma davrning o‘z mashhur va mohir aktyor-aktrisalari bo‘ladi. Bu kasb egalarining mashaqqatlari o‘zlarigagina yaxshi ma’lum.
Batafsil
@online_journal_uz

Qutlov
Toshpo'lat O'rxun 60 yoshda
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Toshpoʼlat Oʼrxun tavallud topgan kun.
Toshpoʼlat Oʼrxun (Toshpoʼlat Tugalov) 1964-yil 10-iyulda Samarqand viloyati Urgut tumani Dehqonobod mahallasidagi Yangiqishloq qiahlog‘ida tugʼilgan.
1981-yili Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 37-maktabni tugatgan. 1982-1989-yillarda Samarqand davlat universitetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida Urgut tumanidagi bosmaxonada harf teruvchi (1981-1982), SamDU aspiranti, kafedra lobaranti (1989-1994), viloyat teleradiokompaniyasida muharrir, katta muharrir, bosh muharrir (1994-2006), Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida televidenie muharriri, katta muharriri (2006-2015), Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida “Diyor” kanalining Samarqand viloyati boʼyicha katta muharriri (2015-2016), Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʼlimida adabiy maslahatchi (2012-2017) boʼlib ishlagan. 2017-yildan Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʼlimi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Ijodkorning “Mujda” (2004), “Kechikkan javzo” (2007) sheʼrlar, “Bir kuni muxbirlar...” hangomalar, “Qalamni qadrlab...” esse, “Tanish chehralar” ocherklar (2017), “Umr ziynati” (2018), “Qahramonlar mangu yashaydi” (2020) badiiy publitsistik, “Surur” (2023), “Umr karvoni” (2023) sheʼrlar, “Tong yulduzi bolalari” (Shimoliy Аmerika xalqlari afsona va ertaklari) tarjima (2023) kitoblari nashr etilgan.
2015-yildan Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Oʼzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” (2017), “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil” (2021), “Oʼzbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” (2022) koʼkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi Toshpo‘lat O‘rxunni qutlug‘ 60 yoshi bilan samimiy qutlaydi. Unga sihat-salomatlik, ijodiy parvoz tilaydi.