#Tashrif
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
❇️ Dastavval mehmonlar Abdulla Oripov muzeyida shoirning ijodiy va hayotiy yodgorliklari bilan tanishishdi.
❇️Uchrashuvda Sirojiddin Sayyid so‘z olib, badiiy adabiyot, ijod, she’riyat, ustoz ijodkor Abdulla Oripov bilan kechgan xotiralari hamda yosh ijodkorlarga o‘zining dil istaklarini so‘zlab berdi.
❇️Ijod maktabi o‘quvchilari Sirojiddin Sayyid she’rlari va o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi. O‘z navbatida, Sirojiddin Sayyid o‘n nafardan ortiq yoshlarning shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qildi.
❇️Uchrashuv so‘nggida Sirojiddin Sayyid maktab kutubxonasi uchun 150 nusxadagi kitoblar jamlanmasini taqdim etdi. Kitoblarni maktab direktori U.Oripov qabul qilib oldi.
✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |

Қутлов
УЮШМА НАШРИЁТИ МУКОФОТЛАНДИ
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасининг "Адабиёт" нашриёти Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги томонидан "Китобсевар миллат" шиори остида ўтказилган II республика китобхонлик ҳафталигида "Ёш ижодкорларни қўллаб-қувватлаётган энг яхши нашриёт" номинацияси ғолиби бўлди.
Нашриёт жамоасини ушбу эътироф билан қутлаймиз.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ШОИРНИНГ ОТА-ОНАСИ ҚАБРИ ЗИЁРАТ ҚИЛИНДИ
Ўзбекистон Қаҳрамони, халқ шоири Абдулла Орипов Косон туманидаги Некўз қишлоғида таваллуд топган. Унинг болалик йиллари ана шу Қўнғиртоғ этакларида кечган...
Ўзбекистон халқ шоири, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раиси Сирожиддин Саййид бир гуруҳ қашқадарёлик ижодкорлар ҳамроҳлигида 21 апрель куни Некўз қишлоғидаги ''Тайлоқ ота'' қабристонида бўлди. Улар бу ерда Абдулла Ориповнинг падари бузруквори Ориф бобо Убайдулло ўғли ҳамда волидаи муҳтарамаси Эрдон Карвон қизи Турди момонинг қабрларини зиёрат қилди. "Қуръон" тиловат қилинди.
Сирожиддин Саййид
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Қашқадарё вилояти бўлими раҳбари Ғулом Абдиевга ''Тайлоқ
ота'' қабристонида ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш
ишларини ташкил қилиш, бу
савоб, долзарб ишларни ҳомий ташкилотлар ёки ҳашар йўли билан амалга ошириш мумкинлигини маслаҳат берди.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Қашқадарё вилояти бўлими

ShUShADA ShOIRLAR MAJLISI
O‘zbekiston va Ozarboyjon adabiy aloqalri qadim tarixga ega. Mavzu va mazmun jihatidan bir-biriga o‘xshash dostonu ertaklar, laparu qo‘shiqlar juda ko‘p. Tili, dini, urfu odatlari mushtarak xalqlarning ulug‘ farzandlari Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy, Mashrab kabi ustozu shogird bo‘lib ijod qilgan adabiyot namoyandalaridir. Bu qutlug‘ an'analar davom etayotgani quvonarlidir. Xabaringiz bor, TURKSOY tashkiloti tashabbusi bilan 2020 yil — Xiva shahri turkiy xalqlarning madaniyati poytaxti deb e'lon qilingan edi. Shu bois Xivada ko‘plab madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yilning kuzida bo‘lib o‘tgan turkiy xalqlarning shoirlari mushoirasi ham shular jumlasidandir.
Bu yil shunday madaniy poytaxt maqomi Bursaga tegishlidir. 2023-yilda esa Shusha shu maqom sohibi bo‘ladi. Shu bois, O‘zbekistonning Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazi Shushada shoirlar majlisining ochilish marosimini tashkil etdi. Atoqli ozar shoiri Xurshidbonu Notavon davrida tashkil etilgan mushoira kechalari yana o‘z faoliyatini boshladi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyshmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid, taniqli tarjimon Boboxon Sharif, Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov, Ozarboyjon Yozarlar birligi raisining o‘rinbosari Salim Bobullao‘g‘li va ko‘plab adiblar, madaniyat va sa'nat vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati