YourChance | Yoshlar hamjamiyati
2.4K subscribers
1.53K photos
97 videos
89 files
2.37K links
Download Telegram
#ITM #ZOOM

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi Zoom portalida bo‘ldigan vebinarga taklif etadi.

Mavzu: O'zbekistondagi nogironlarning katta muammosi nimada?
Vaqti: 7-iyun 2019 yil, Toshkent vaqti bilan 18:00.

Zoom konferensiyasiga quyidagi havola bilan ulanishingiz mumkin. 👇👇
https://zoom.us/j/5872505497

Konferensiya identifikatori:
587 250 5497

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
BMTning O'zbekistondagi yangiliklari!

11 oktyabr, 2019 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), xalqaro qizlar kunining (IDG 2019) sakkiz yilligi nishonlanadi! Ushbu bayram sharafiga, BMT Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida, qizlarning to'liq rahbarligi ostida tadbir o'tkaziladi!
Qizlar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlarni qidirmoqdamiz.
Bizga: “Siz yashaydigan joyda, qiz bola bo’lib yashash, nimani anglatadi?” mavzu bo'yicha hikoyalaringizni yuboring.

Buni qanday qilish kerak:
Agar siz 18 yoki undan kichik yoshdagi qiz (yoki bir guruh qizlar) bo'lsangiz, 9-avgustga qadar ilhomlantiruvchi ingliz tilidagi hikoyangizni: [email protected] elektron pochtasi orqali yuborishingiz mumkin. Siz o'z fikrlaringizni ijodiy yozish, video, nutq, fotosurat, badiiy asar yoki qo'shiq formatida baham ko'rishingiz ham mumkin.

Sizning hikoyangiz Nyu-Yorkdagi BMTda "Girls Speak Out 2019" taqdimoti uchun tanlanishi mumkin!

Ariza va tafsilotlar tashkilotchilarning veb-saytida.

#uchinchi_Sektor
👉🏻 @yourchance_uz
#sammit

​​IT sohasida o’qiyotgan va faoliyat olib boruvchi ayollar diqqatiga:
2019 yil 13-14 noyabrda Varshava (Polsha) shahrida “Perspektywy Women in Tech Summit 2019” ayollar uchun Yevropadagi eng katta texnologik konferentsiyasini tashkil etmoqda.

Arizalar 8 avgust, 2019 yilgacha Ingliz tilida qabul qilinada.

Konferentsiyada qatnashishga bog’liq barcha harajatlar to’liq yoki qisman qoplanadi.

Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#festival
#tanlov

​​Agar siz ijtimoiy innovator yoki mamlakatimizdagi ijtimoiy o’zgarishlarga hissa qo’shayotgan inson bo’lsangiz, siz uchun World Culture Open (Ochiq Jahon Madaniyati) oktyabr oyida Pieng Chang (Janubiy Koreya) shahrida ijtimoiy loyihalar uchun festival/tanlov tashkil etmoqda.

Arizalar 16 avgust, 2019 yilgacha ingliz tilida qabul qilinada.

Tanlovdan o’tgan 40 nafar tadbir ishtirokchilar harajatlari to’liq qoplanadi.

Ro'yxatdan o'tish bu yerda !

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
​​Agar siz organik qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va / yoki savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan shaxslarni/loyihalarni bilsangiz "ONE WORLD AWARD" (YDM-Yagona Dunyo Mukofoti) xalqaro mukofotiga nomzod sifatida u insonni (yoki loyihani amalga oshirayotgan odamlarni) butun olamga mashhur qilish imkoniyatiga egasiz. YDM birlashma, kooperatsiya, kompaniya va boshqa ijtimoiy sohalarda ishlaydigan shaxslarning ulkan yutuqlarini tan oladi va taqdirlaydi.
Mukofot (2.500 -25.000 Euro) barqarorlikning uchta yo'nalishi (ekologiya, iqtisodiyot va ijtimoiy) doirasida erishilgan yutuqlarni e'tirof etadi va targ'ib qiladi. Tanlov jarayonida aniq innovatsiyalar, rol modellari va kengaytirilishi va "globallashish" mumkin bo'lgan rol potentsialiga alohida e'tibor beriladi.
2019 yil 30-sentyabrgacha siz innovatsion g'oyalar, loyihalar va odamlarni YDM ga taqdim etishingiz mumkin. Ushbu xalqaro mukofot tabiiy sog'liq uchun oziq-ovqat ishlab chiqaruvchisi Rapunzel Naturkost va organik qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti - IFOAM - Organics International tomonidan beriladi.

Nomzodlar OWA maqsadlarini ham, tanlovning turli mezonlarini ham hisobga olishlari kerak.
Hakamlar hay'ati qarorlarini turli mezonlarni baholash asosida asoslaydi.


EKOLOGIYA
✓Tabiatni va bioxilma-xillikni saqlash;
✓Organik dehqonchilik va / yoki oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash amaliyotini takomillashtirish;
✓Iqlim o'zgarishini to'xtatish uchun hissa (energiya tejash yoki qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish);
✓Chiqindilarni kamaytirish va chiqindilarni boshqarish;
✓Geni o'zgartirilgan organizmlarning tarqalishiga qarshi kurashish (GMO).

IQTISODIYOT
✓Biznesning innovatsion modellari va amaliyoti;
✓O'zaro foydali savdo-sotiq
Yangi ish joylarini yaratish / qashshoqlikka qarshi kurash.

IJTIMOIY SOHA
✓Jamiyatning ishtiroki va foydalari;
✓Salomatlik;
✓Ta'lim;
✓Uy-joy;
✓Ayollar / gender muvozanatini kuchaytirish;
✓Tinch hayot (dinlararo, millatlararo va h.k.).

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi manzildan (Ingliz tilida) o'qishingiz mumkin👇
https://www.one-world-award.com/index.html

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#tanlov

​​Agar siz yoshlar bilan ishlasangiz yoki tashkilotingiz yo’nalishi yoshlarga qaratilgan bo’lsa Birlashgan Millatlar Tashkilotining Madaniyat Ittifoqi (UNAOC) Yoshlar Birdamligi Jamg'armasiga (YSF) ariza topshirishga taklif qiladi.

Tanlovni innovatsiyalar yondashuvlarni, madaniyatlararo muloqotni namoyish etuvchi va boshqa loyihalarni amalga oshirish uchun mablag 'ajratadi (25000 AQSh dollarigacha).

YSF faqat to'liq yoshlar (18dan -35 gacha) tomonidan ishlab chiqilgan va yoshlar manfaati uchun boshqariladigan loyihalarni qo'llab-quvvatlaydi.

Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 30-avgustgacha.

Ariza va tafsilotlar tashkilotchilarning veb-saytida.

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
​​Diqqat, jonli suhbat vebinar! 30-Avgust soat 9:00da (Toshkent vaqti) Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi sahifasida Wyoming Universitetida tahsil olayotgan yurtdoshimiz Dilnoza Hasilova Wyomindagi Volontyorlar Dasturi haqida gapirib beradi.
Jonli suhbatda:
1. Dastur maqsadi.
2. Qanday tashkil etilgani
3. Kimlar qatnasha oladi?
4. Volonterlar Hamkorligi.
5 Jamiyatga Foydali tomonlar
6. O'zbekistonda qanday imkoniyatlar borligi haqida o'rganasiz.

Savollaringizni jonli va/yoki tadbirdan oldin shu yerda yozib qoldirishingiz mumkin. #ijtimoiyfaolman

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#seminar

Assalomu alaykum, do'stlar! Kunni ajoyib imkoniyat bilan qarshi olamiz!

Praga fuqarolik markazi Impact Hub Yerevan bilan birgalikda 2019 yil 6-10 noyabr kunlari Armanistonning Yerevan shahrida bo'lib o'tadigan "ExChange Your Impact" seminariga Xalqaro tanlovda qatnashish uchun arizalar qabul qilinishini e'lon qiladi.

Seminar Sharqiy Evropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan, nafaqat dunyoni yaxshilash g'oyalarini amalga oshirishga, balki bu g'oyalari orqali pul ishlashga ham qodir, ijtimoiy tadbirkorlarni va turli notijorat tashkilot ishtirokchilarini birlashtiradi.

Arizani 2019 yil 29-sentyabrgacha havoladan o'tib to'ldirishingiz kerak.

Batafsil ma'lumot bu yerda .

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#dastur

​​IREX, 2020-2021 yil uchun “Community Solutions Program” CSP (ijtimoiy muammolarni hal qilish dasturi)ga arizalarni qabul qilmoqda!

Ijtimoiy muammolarni hal qilish dasturi atrof-muhit, tolerantlik va nizolarni hal qilish, shaffoflik va mas’ullik, ayollar va gender masalalari bilan bog'liq muammolarni hal qilish orqali o'z jamiyatlarini yaxshilash yo’lida jon kuydirayotgan faollar uchun bir yillik kasbiy rivojlanish dasturidir.

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati - 2019 yil 30 oktyabr. 2020–2021 yillarda ushbu dasturda qatnashish uchun 80 tagacha jamoat faollari tanlab olinadi. Tanlangan ishtirokchilar AQShda to’rt oylik stipendiyalik o’qishda turli jamoa tashkilotlarida professional tajriba olib, yetakchilik va boshqaruv mavzularida yuzma-yuz va onlayn trening kurslarida ishtirok etadilar. Dastur ishtirokchilari uyga qaytganlaridan so’ng jamiyatlaridagi ijtimoiy masalalar bilan ishlash bo’yicha loyiha va tashabbuslar ishlab chiqib ularni amalga oshiradilar.

Dasturga topshirish va kengroq ma’lumot bu yerda !

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#stipendiya #tõliq_qoplanuvchi

​​Ijtimoiy faollar uchun yana bir ajoyib imkoniyat! Atlas Corps Fellowship (stipendiya) dasturi yosh (35 yoshgacha) tashabbuskor ijtimoiy faollarni AQShda 12-18 oy davomida mezbon tashkilotlarda tajriba oshirish imkoniyatini taklif qiladi. Stipendiya g’oliblari Atlas Global Leadership Labning professional rivojlanish kurslari va boshqa ijtimoiy faollar bilan tajriba almashish uchrashuvlari orqali zamonaviy yetakchilik ko’nikmalari va samarali amaliyot uslublarini o'zlashtiradilar.

Tibbiy sug'urta, yo’l va viza harajatlari, hamda asosiy xarajatlarni (ovqatlanish, mahalliy transport va umumiy turar joy) qoplanadi.

Topshirish muddati: 3- Noyabr, 2019.

Batafsil ma'lumot bu yerda !

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#yangilik

​​Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari soni yana bittaga koʻpaydi. Adliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5ta tashabbusi loyiha ofisi” nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi deb xabar bermoqda yoshlar.uz sayti.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarish, ularni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishdir.

Shuningdek, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish nazarda tutilgan.

Yangi NNTga faoliyatida omad tilab qolamiz.

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#onlaynkurs

Ijtimoiy tadbirkorlik maktabi va "Uchinchi Sektor" telegram kanali Sizlarni "Ijtimoiy korxonalarni moliyaviy boshqarish" nomli yangi to‘rt haftalik onlayn kursga taklif etadi. Bu kurs shu kunlarda davom etayotgan "Loyihalarni boshqarish" onlayn kursining mantiqiy davomi bo‘lsa ham yangi ishtirokchilar uchun ochiq hisoblanadi.

Onlayn kursda ishtirok etish uchun [email protected] elektron pochta manziliga yoki
@Uchinchi_Sektor_muloqot_bot orqali o‘zingiz haqingizda va kursdan kutuvlaringiz bo‘yicha qisqacha ma'lumot jo‘natishingiz talab etiladi.

Shoshiling! Onlayn arizalar 10- noyabrgacha qabul qilinadi.

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#seminar

Diqqat, joriy yilning 13-17 dekabr kunlari, “Rivojlanishning og’ir va ko’p jihatli buzilishi (ROKB) kuzatilgan shaxslarni kompleks parvarish qilish va ta’lim olishini tashkillash bo’yicha aktual masalalar” mavzusiga bag’ishlangan onlayn seminar bo’lib o’tadi.

Ushbu tadbir Rossiyaning Federal Resurs Markazi tomonidan mutaxassislar bilan hamkorlikda tashkillangan bo’lib, asosan pedagog mutaxassislar (o’qituvchi, bog’cha mutaxassisi, pedagog-psixolog, defektolog, logoped, ijtimoiy pedagog) larga mo’ljallangan.

❗️Seminar bepul va Rus tilida olib boriladi. Ishtirokchilarga ishtirok etganliklari haqida sertifikat email orqali yuboriladi.

Ishtirok etish talablari, registratsiyadan o’tish va tadbir haqida to’liq ma’lumot uchun bu yerga bosing!

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
Пресс_Релиз_Фергана_Нукус_УЗБ (4).doc
71.5 KB
#trening

«АХБОРОТ ОЛИШ ЭРКИНЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ» МАВЗУСИДА ТРЕНИНГЛАР

🗓 3-4 ва 9-10 декабр
12:00
📍Фарғона, Нукус

Фарғона ва Нукус шаҳридаги журналистлар учун ажойиб имконият!!!

3-4 декабр кунлари Фарғона шаҳрида, 9-10 декабр кунлари Нукус шаҳрида Ўзбекистон Республикаси замонавий журналистикасини ривожлантириш маркази «Ахборот олиш эркинлигини таъминлашнинг ҳуқуқий асослари» мавзусида тренинглар ўтказади.

Тренинглар мақсадижурналистларнинг ҳуқуқий онгини ошириш, оммавий ахборот воситалари ходимларини қонуний манфаатлари ва ҳуқуқларин ҳимоя қилишга кўмаклашиш, ҳамда ахборот-коммуникация маконида уларнинг ҳамкорликларининг самарасини ошириш.

Тренинг бўйича қўшимча маълумотларни юқоридаги пресс-релиздан олишинигиз мумкин.

Алоқа учун шахс: Лола Исламова, тел.: +998909969925

#Uchinchi_Sektor
Telegram | Instagram | Facebook
#trening #tanlov #milliy

MA'LUMOTLARNI JURNALISTIKASI, MA'LUMOTLARNI VIZUALIZATSIYA QILISH, MA’LUMOTLARGA DASTURIY ISHLOV BERISH" MAVZUSIDA TRENING VA TANLOV

🗓 13-15 – dekabr

"Open Data Challenge 2019" hackathon doirasida 13-15 dekabr kunlari Toshkentda "Ma'lumot jurnalistikasi, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, ma’lumotlarga dasturiy ishlov berish" mavzusida ma'lumotlar jurnalistikasi bo'yicha #trening va #tanlov bo'lib o'tadi.

Treningni BMTTD ning jurnalistika bo'yicha xalqaro eksperti olib boradi. Jurnalistlar, shuningdek, jurnalistika va unga aloqador mutaxassisliklar fakultetlarining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot va ro’yhatdan o’tish uchun bu yerga bosing!

#Uchinchi_Sektor
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook