YourChance | Yoshlar hamjamiyati
2.43K subscribers
1.53K photos
97 videos
89 files
2.37K links
Download Telegram
#loyiha #imkoniyat

ICT dan Siz yoshlar uchun super tuhfa ! 🥳🥳🥳

Siz 🇺🇿UzYoshlar loyihasiga qiziqyapsizmi ? 🤔🤔
Unda ishtirok etishni juda juda xohlaysizmi? 🙏🙏
Ammo ro'yxatdan o'tishga ulgurmadingizmi?😅
Yoki sizga qabul qilinganlik haqida sms xabar bormadi ? 😔
Unda hech ham tushkunlikka tushmang! 😎

Siz hoziroq hech qanday saralash va registratsiyasiz, faqat GRANDprix asosida (birinchi 20 talikni) quyida ko'rsatilgan
karta raqamiga to'lov qilish orqali
🇺🇿UzYoshlar ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin!
Shoshiling, joylar soni cheklangan! 😱

Hammasi juda oson:
-To'lovni tasdiqlovchi Screen;
-Xat uchun ma'lumotlaringiz;
-Ishtirokchilar guruhiga a'zolik;

🔥Loyiha:
Toshkent shahrida (2 hafta mobaynida) Yotoq joyi izlashda ko'mak beramiz!

💹 Umumiy summa:
199.000 so'm

💳Karta raqami:
8600 0201 1135 0638 .

❗️To'lov qilganlar, to'lovni tasdiqlovchi "Screenshot"ni quyidagi raqamga yuboring:
@Bonito
+998935234756
@Abduraufova_S
+998990080715


👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#Koreya #TilKurs #D4Visa

KOREYADA TA'LIM

Koreyada til kursi yoki bakalavr o'qish niyatidagilar uchun #imkoniyat!

Janubiy Koreyaning Deajon (Tejon) Shahrida joylashgan Chungnam Milliy Universitetining 1 yillik Til Kursiga qabul boshlandi.

Nufuzli universitetlar qatoriga kiruvchi Chungnam Milliy Universitetiga talablar:

Yosh: 18 - 20
Diplom: Yuqori natijaga ega bo’lgan talabalar.
Til: Koreys tilidan bilimga ega yoki topic 1-2 급
Kontrakt: 1 yillik

Universitet Professorlari bilan suhbatdan o’tgan omadli talabalarga Telex Viza qilib beriladi.

To’lov: $5500

Oxirgi qabul: 12. 12. 2019

❗️Bakalavr uchun esa, Topik 2 급 bilan 20% grant olib o’qish imkoniyati.

To’liq ma’lumot bu yerda .

Batafsil ma'lumot uchun: 99 793 1700 & 90 173 1700 (Telegram) yoki @Sirojiddin_T

#flymir #Korea #Telex #D4
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#imkoniyat

Mana o'sha – Alimoff Team!

"Yoshlar yoshlar uchun" shiori ostida izlanuvchi yoshlar jamoasi sizni o'z safiga chorlaydi!

Meni shaxsan taniganlar profilimda ushbu rasmni ko'rishgandir) Jamoaga bundan oldingi Jared Meyson Daymondning "Qurollar, mikroblar va po'lat: insoniyat jamiyatlari taqdiri" asari tarjimasi so'ngida qo'shilgandim. Unchalik mehnatim sinmagan bo'lsa-da, ismimni kitob muqaddimasida ta'kidlab o'tishganidan g'oyat mamnun bo'ldim!

Jamoa yana bir juda qiziqarli va kerakli kitob tarjimasini boshlagan. Ingliz yoki rus tilini yaxshi bilgan yoshlar uchun avval umuman tarjima qilinmagan kitoblar tarjimasida qatnashib tarixda o'z nomingizni qoldirmoqchi bo'lsangiz, bu yerda ajoyib-u g'aroyib formani to'ldiring.

Imtihondan o'ting va jamoa safiga qo'shiling!

🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#imkoniyat

Endilikda YourChance jamoasi siz uchun haftaning har yakshanba kuni imkoniyatlar lentasini e'lon qiladi.

1. Vengriyada onlayn volontyorlik

Ikki hafta davomida universitetlar, ish portallari, yoshlar markazlari, ko'ngillilar tarmoqlari xaritasini tuzadigan ko'ngilli volontyorlar qidirilmoqda. Nomzod ingliz va mahalliy tilni bilishi kerak.

2. Toshkentdagi Amerika markazidan loyihalar uchun grant ajratildi.

Loyihalaringiz bormi? Jamiyatga ijobiy o'zgarish olib keladimi? Unda ushbu imkoniyat sizniki. Loyihani amalga oshirish uchun 1000 dollardan 8000 dollargacha grant yutib olish mumkin.

3. Talabalar uchun amaliyotlar to'plami

Yo'nalishingizga mos keluvchi har qanday stajirovka topishingiz mumkin. Topshiring va tajriba oling.

4. Ijtimoiy ta'sir orqali liderlik ko'nikmasini shakllantirish kursi

Ushbu kurs orqali atrofingizdagi vaziyatlarni sizga ta'siri, natijasini o'rganib chiqasiz. Bir so’z bilan aytganda, yetakchilik qobiliyatingizni shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat.

@yourchanceuz
#imkoniyat

Bugungi dam olish kuni samarali o'tdi degan umidda sizga imkoniyatli yakshanba hadiya qilamiz.

1⃣ FIFA QATAR 2022 Jahon chempionatiga volontyorlar qidirilmoqda

2022-yil noyabr oyida Qatarda oʻtkaziladigan tadbir uchun 20 000 nafar koʻngilli volontyorlar jalb qilinishi kutilmoqda. Qatnashuvchilarda bepul visa olish, bir oy ajoyib muhit va sayohatdan bahra olish imkoni mavjud.

👉 Havola

2⃣ AQSH elchixonasidan “Sports Visitor” dasturi. AQSHga 2 haftalik tashrif imkoniyati

Dasturga 21 yoshdan oshgan ayol sport instruktorlari qabul qilinadi.
Ishtirokchilar AQSHga 2 haftaga borib kelish imkoniyatiga ega boʻladi.

👉 Havola

3⃣ Bepul kitoblar jamlanmasi

Barcha sohaga doir kitoblarni topishingiz mumkin. Asosiy tili: ingliz va rus.

👉 Havola

4⃣ Bepul moliyaviy savodxonlik kursi

Kuchli nazariy bilimga tayangan holda ushbu qiziqarli kurs sizni moliya va boylikni boshqarishning asosiy tushunchalari, vaqt o'tishi bilan boylikni qanday o'stirish va boshqarish haqida o'rgatadi.

👉 Havola

Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!

🍀 @yourchanceuz
#imkoniyat

Kun yakuni foydali o'tsin deya sizga imkoniyatli yakshanba hadiya qilamiz.

1⃣ UNICEF dan vakansiyalar ro'yxati

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi bir nechta vakansiya e'lon qildi. Stajyorlik imkoniyati ham mavjud. Xalqaro kompaniya tajriba olish, albatta, yaxshi imkoniyat.

👉 Havola

2⃣ Boku Global Tinchlik Sammiti 2022

Sammit 150 dan ortiq davlatdan ijodkor va malakali yetakchilarini jalb qiluvchi xalqaro platforma. Tadbir 29-maydan 1-iyungacha bo'lib o'tadi, arizalar esa 25-aprelgacha qabul qilinadi. To'liq va qisman moliyalashtiriladi.

👉 Havola

3⃣ Bepul SMM kursi

Ushbu kurs orqali siz o'z brendingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ'ib qilish, maqsadli auditoriya va to'g'ri kanallarni aniqlash, qiziqarli kontent yaratish imkoniyatlari haqida bilib olasiz.

👉 Havola

4⃣ Yangi til o'rganish uchun yangi platforma

Xorijiy tillarni masofaviy tarzda, 200 soatda so'z boyligini oshirish orqali mukammal o’rgatadigan sayt.

👉 Havola

Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!

🍀 @yourchanceuz
​​#imkoniyat

Sizga YourChance jamoasi imkoniyatli yakshanba hadiya qiladi. Marhamat, kutib oling!

1⃣ UNESCO amaliyot dasturi

Tashkilot yoshlarga kelajakdagi kasblariga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradigan tegishli ish topshiriqlari orqali akademik bilimlarni kengaytirishga yordam beradi. UNESCO amaliyot uchun pul to'lamaydi. Nomzod kamida 20 yosh bo'lishi hamda ingliz yoki fransuz tilini mukammal tarzda bilishi lozim.

👉 Havola

2⃣ Germaniyada 1 semestr davomida o'qish uchun xalqaro almashinuv dasturi

Germaniyaning nufuzli universitetlaridan birida o'qish imkonini beruvchi xalqaro almashinuv dasturi uchun arizalar qabuli boshlandi. Talabalar nemis tilida so'zlashadigan oilalarda yashash orqali ularning madaniyati bilan yaqindan tanishadi.

👉 Havola

3⃣ Toshkent Xalqaro Animatsiya Forumi

Ilk bora Toshkent shahrida xalqaro animatsion namunalarning namoyishi va milliy animatsion filmlar tanlovi tashkil etildi. 18-22-aprel kunlari bo'lib o'tadi. Forumda mohir animatorlar tomonidan masterklass, ijodiy uchrashuvlar o'tkaziladi. Ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish lozim.

👉 Havola

4⃣ Vaqtni nazorat qilish va focusni bir yerga qaratish uchun dastur

Ushbu programma orqali siz nima uchun qancha vaqt sarflayotganingizni tekshirishingiz va uni o'zgartirishingiz mumkin. Sinab ko'ring, albatta, foydali bo'ladi.

👉 Havola

Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!

🍀 @yourchanceuz
​​​#imkoniyat

Sizga YourChance jamoasi imkoniyatli yakshanba hadiya qiladi. Marhamat, kutib oling!

1. Ish yarmarkasi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sizni “Career Fair 2022” bahorgi karyera yarmarkasida ishtirok etishga taklif qiladi.

🗓 Sana: 28-aprel, 2022-yil
Vaqt: 14:00 - 17:00
👉 Havola

2. Bakalavr talabalari uchun xalqaro stipendiya dasturi

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar 2 yil davomida har oy 100 yevro miqdorida stipendiya, Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish va Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoniga ega bo'ladi. Nomzod 23 yoshdan kichik bo'lishi, kunduzgi ta'limda 2-bosqich talabasi bo'lishi talab etiladi.

Muddat: 29-aprel, 2022-yil
👉 Havola

3. Markaziy Osiyo Tumaris.Hack xakatoni

Tumaris.Hack – qizlar uchun moʻljallangan onlayn-tanlov boʻlib, unda 2 kun ichida, mutaxassislar koʻmagida, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi mahsulotlarning prototiplari yaratiladi. Xakaton 4 ta yoʻnalishda boʻlib oʻtadi: FinTech, E-commerce, Deep Tech, Wonder Woman.

Muddat: 23-may, 2022-yil
👉 Havola

Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!

🍀 @yourchanceuz
#imkoniyat

Sizga YourChance jamoasi imkoniyatli yakshanba hadiya qiladi. Marhamat, kutib oling!

1. Virtual amaliyot dasturi

Hisob-kitob sohasida tajriba orttirish uchun yaxshigina imkoniyat. Loyihada haftalik, oylik va yillik hisobot hujjatlar bilan ishlashni o'rganasiz. Nomzoddan Excel va Google Sheets dasturini bilish talab etiladi.

👉 Havola

2. Cyber Security Global Virtual Internship

Barcha talabalar uchun bepul bo'lgan ushbu amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgach, sizga sertifikat taqdim etiladi, CV yoki LinkedIn profilingizni yaxshilashga yordam beradi, amaliy tajriba beradi. Nomzod dunyoning istalgan burchagidan ishtirok etishi mumkin. Yosh chegarasi yo'q.

👉 Havola

3. Coursera'dan "Introduction to Personal branding" kursi

Hozirda shaxsiy brendga e'tibor kuchaydi. Ushbu kurs davomida shaxsiy brend va uni qanday yaratish haqida yaqindan tanishasiz. Ijtimoiy tarmoqdagi faolligingizni oshirish imkoni siz uchun.

👉 Havola

Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!

🍀 @yourchanceuz
#imkoniyat

YourChancedan siz uchun imkoniyatli yakshanba. Kuningiz samarali va xayrli o'tsin!

1. Insholar tanlovi

Tanlovda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej, litsey o’quvchilari va OTM talabalar ishtirok etib, $1000 mukofotni qo’lga kiritishlari mumkin.

🗓 Muddat: 30-iyun
👉 Havola

2. Xalqaro amaliyot dasturi

Turkiyada barcha xarajatlar qoplanadigan 7 kunlik amaliyot. Sizdan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

🗓 Muddat: 10-iyun
👉 Havola

3. Online bilimlar manbai

O'zbek tilida tayyorlangan 500 dan ortiq videodarslar orqali turli yonalishlarni o`rganish platformasi. Shuningdek, platformada dasturlash, grafik dizayn, robototexnika, samarali muloqot, yetakchilik singari zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish imkoniyati mavjud.

👉 Havola

Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!

@yourchanceuz
#imkoniyat

YourChancedan siz uchun imkoniyatli yakshanba. Kuningiz xayrli o'tsin!

1. Xalqaro insholar tanlovi

Tanlovda 25 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar "Mening qadriyatlarim" mavzusidagi insholari bilan qatnashadi. Insho ingliz tilida yozilishi lozim. Bosh sovrin - $ 840 pul mukofoti.

🗓 Muddat: 15-iyun
👉 Havola

2. Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturi

Dastur davomida sizni xalqaro ekspertlar bilan o'quv va strategik sessiyalar, moliyaviy savodxonlik kursi va workshoplar kutmoqda. Ajoyib networking maskani bo'ladi.

🗓 Muddat: 26-iyun
👉 Havola

3. "Academic and Business Writing" bepul onlayn kurs

Ushbu kurs ingliz tilidagi akademik va biznes yozish ko'nikmasi shakllantirish bo'yicha bo'lib, unda nafaqat grammatika, lug'at boyligini oshirishingiz mumkin, balki tahrirlash va tahlil qilish o’rgatiladi.

👉 Havola

Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!

@yourchanceuz
#imkoniyat

YourChancedan siz uchun imkoniyatli yakshanba. Kuningiz xayrli o'tsin!

1. Hurford Youth Fellows Program

Ushbu dastur AQSHning Vashington shahrida 3 oy davomida davom etadi va liderlik qobiliyatini rivojlantirish va salohiyatini ochishga qaratilgan. Nomzod 30 yoshgacha bo'lishi, ijtimoiy faol bo'lishi va ingliz tilini bilishi shart.

Muddat: 31-iyul
👉 Havola

2. Maltada ingliz tili va IELTS kursini o'qish uchun to'liq grant

Maltada bepul IELTS kursi bo'lib o'tadi. Tanlovda barcha soha vakillari qatnashishi mumkin, nomzod kamida 18 yosh bo'lishi lozim. Bepul turar-joy va transport bilan ta'minlanadi.

🗓 Davomiyligi: 4 hafta
Muddat: 25-iyul
👉 Havola

Safimizda bo'ling. Biz bilan birga rivojlaning!

@yourchanceuz