YourChance | Yoshlar hamjamiyati
2.43K subscribers
1.53K photos
97 videos
89 files
2.37K links
Download Telegram
#tanlov #xalqaro

XALQARO INSHOLAR TANLOVI – BRISTOL SHORT STORY PRIZE

🗓 Muddat: 30-aprel,2020
💳 Grant: 1000£ va insho jurnalda chop etiladi
📍 Buyuk Britaniya

Bristol Short Story Prize – 3 oyda bir marta chop etiladigan Bristol Review of Books madaniy jurnali muharrirlari tomonidan 2007-yilda ta’sis etilgan yozuvchilar xalqaro tanlovi hisoblanadi.

Tanlovga har qanday yozuvchilardan hikoyalar qabul qilinadi.

Mualliflar dunyoning istalgan joyida istiqomat qilishlari mumkin. Mualliflar bir necha hikoyalarni yuborishlari mumkin.

Bristol Short Story Prize sovrini uchun taqdim etilgan har bir hikoya uchun 9£ (funt sterling) undiriladi.

Sovrinlar:

• Birinchi o‘rin – 1000£
• Ikkinchi o‘rin – 500£
• Uchinchi o‘rin – 250£
• Bundan tashqari, 17 ta ishtirokchiga 100£ dan sovg‘a qilinadi


Sovrindorlarning ishlari “Bristol Short Story Prize”ning 13-antologiya to‘plamida nashr etiladi.

Talablar:

✔️ Ishtirokchilar 2020-yil 30-aprel sanasida 16 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim.
✔️ Hikoyalar ingliz tilida qabul qilinadi.
✔️ Hikoyaning maksimal uzunligi – 4000 ta so‘z (sarlavhadan tashqari), minimal cheklov yo‘q.
✔️ Hikoyalar istalgan mavzuda va istalgan uslubda bo‘lishi mumkin: grafik, she’riy yoki janrli (kriminal, ilmiy fantastika, fentezi, tarixiy, sevgi-muhabbat, bolalar uchun va h.k.)
✔️ Hikoyalar to‘liq ishtirokchining mustaqil ishi bo‘lishi va avval bosma yoki onlayn shaklda nashr qilinmagan bo‘lishi lozim.

Batafsil  bu yerda .

#fledu_uz_official
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#stipendiyadasturi #xalqaro

UNIVERSITÉ PARIS-SACLAY INTERNATIONAL MASTER’S SCHOLARSHIP PROGRAMME ACADEMIC YEAR 2020-2021

🗓 May 27, 2020

Université Paris-Saclay aims to promote access for international students to its Master’s programmes, provided by its faculties, component-institutions and associated universities, and to make it easier for highly-qualified international students to join the University, especially for those wishing to develop an academic project through research up to the doctoral level.

Amount and payment of the scholarship:

The amount of the Université Paris-Saclay scholarship is 10,000€ per year. It is paid by Université Paris-Saclay for the duration of the academic year, and for a period of 10 consecutive months (September to June).

A maximum of 1,000€ for travel and visa expenses can also be awarded depending on the candidate’s country of origin.

Tap
here for more info!

​​#fledu_uz_official
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#grant #xalqaro

SHIZENKAN UNIVERSITETIDAN MAGISTR BOSQICHI UCHUN GRANT DASTURI

🗓 Muddat: 30-iyun, 2020

Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi maʼlum qiladiki, Shizenkan universitetining Oliy yetakchilik va innovatsiya maktabi Oʻzbekiston fuqarolariga 2 yillik MBA dasturi doirasida sirtqi ta'lim uchun grant (1 yildan 2 yilgacha) dasturini e'lon qiladi.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

✔️ Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi;
✔️ bakalavr darajasi (kamida);
✔️ ish tajribasi (kamida 3 yil);
✔️ yoshi – 24 dan 38 gacha bo'lishi.


Grant haqidagi qoʻshimcha maʼlumot uchun:

[email protected]

Batafsil ma'lumot bu yerda .

#fledu_uz_official
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#tanlov #xalqaro

YOSHLAR ILMIY, ILMIY-AMALIY VA IJODIY ISHLAR XALQARO TANLOVI

🗓 31-may, 2020

Tanlovda ishtirok etish uchun 16 yoshdan 26 yoshgacha bo’lgan o'quvchi-yoshlar, o’quvchilar, talabalar taklif etiladi, ular tanlov mavzusi bo’yicha o’zlarining ilmiy-tadqiqot va/yoki ilmiy-fantastik adabiy ijod mahsullarini taqdim etadilar.

Loyihaning ishchi tillari — RUS va INGLIZ.

Tanlov uch nominatsiya bo’yicha o’tkaziladi:

✔️2100-yildagi sayyoramiz va insoniyat kelajagi haqidagi eng yaxshi ilmiy maqola, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy ish uchun;
✔️Dunyo oldida turgan tahdidlarni bartaraf etish va / yoki 2045-yilgacha bo’lgan davrda insoniyatning barqaror kelajagini qurishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy ish uchun;
✔️Eng yaxshi ijodiy ish uchun — 2100-yil boshida hayoliy innovatsion va original g’oyalar, hayoliy hodisalar, jarayonlar va kelajak istiqbollarini tasvirlaydigan ilmiy tushuntirish asosidagi ilmiy-fantastik hikoya.


Tanlov haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

#fledu_uz_official
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook