O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ MK
1.15K subscribers
5.21K photos
191 videos
7 files
953 links
Марказий Кенгашнинг расмий канали

Мурожат учун @arfax22
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿Buxoro viloyatida “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida harbiy parad o’tkazildi.

👤Tashkil etilgan tadbirda tumandagi mahalla yoshlari, o’quvchi-talabalar faol ishtirok etishdi.

📣Yoshlarning bo’sh vaqtini, xususan qishki ta’tilini mazmunli o’tkazishni va bu orqali ularda vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishni maqsad qilgan parad, tuman hokimligidan markaziy o’yingohgacha bo’lgan masofada davom etdi.

Buxoro  tumanida o'tkazilgan ushbu tadbir  markaziy o'yingohda tashkil etilgan harbiylarning ko'rgazmali chiqishlari va konsert dasturiga ulandi.

🥇Shu bilan bir qatorda, tadbir doirasida sportning kurash va kamondan o'q otish turlari bo'yicha ham yoshlar o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟢
Qishki ta’til sport bilan! 

🔰Yoshlarning qishki ta’tilda  bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzi va sport mashg‘ulotlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida mahallalardagi yoshlar yetakchilari va Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda turli xildagi sport to‘garaklari va tadbirlari tashkil etilmoqda.

➡️Har kuni umumta’lim maktablari va mahallalarda ham sport to‘garaklari tashkil etilib, ko‘plab sportga qiziqishi baland yoshlarni sport tadbirlari  o‘z bag‘riga chorlamoqda.

📎Aytib o‘tish joizki, ayni kunlarda viloyatlarning barcha hududlaridagi sport to‘garaklarida shaxmat, shashka, kurash, volleybol va futbol sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qishki_tatil

QISHKI TA'TIL NAVOIY VILOYATIDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 27-dekabrdagi 06-391-sonli hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashining  2022-yil  27-dekabrdagi  01/05-13-son chora-tadbirlar rejasi asosida  2022-yil 28-dekabrdagi 01-14-sonli  chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tuman (shahar) bo‘limlariga ijrosini ta’minlash uchun yuborildi. Chora-tadbirlar rejasi bandlarida belgilangan sport musobaqalarini joylarda ko‘tarinkilikda o‘tkazishga joriy yilning 4-yanvar kuni start berildi. 

🗣 Joriy yilning 4-5 yanvar kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Katta sportga yo‘l-maktabdan boshlanar” shiori ostida sportning voleybol turidan musobaqalar reja asosida umumta’lim maktablarida o‘tkazildi. Voleybol musobaqalarida umumta’lim maktablaridan
📝jami 3864 nafar o‘quvchilar shundan
👩‍💼1852 nafar qizlar ishtirok etdi. Musobaqalarda sportning voleybol turiga qiziquvchi o‘quvchi-yoshlar jalb qilindi.
      
⚡️2023-yil 4-6 yanvar kunlari “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning gandbol turidan musobaqalar boshlandi. Navoiy,  Zarafshon, G‘ozg‘on shaharlari hamda Uchquduq, Navbahor tumanlari  musobaqalarni birinchilardan bo‘lib, ta’til davrida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishga kirishdi.

📁Gandbol musobaqasining ilk kunida  viloyat bo‘yicha umumta’lim maktablaridan 1672 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qishki_tatil

⚽️Futbol-jamoaviy o‘yin turi bo‘lib, jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.

⚡️Buxoro shahar 30-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Prezidentimizning
2-tashabbuslari "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan" bo‘lib, o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qishki ta'til vaqtida "Yosh futbolchilar" sport to‘garagi faoliyat olib bormoqda.

🏆Jondor tumani 22-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ''Ta'tilni sport bilan o‘tkazamiz'' shiori ostida Shashka musobaqasi o‘tkazildi.

💠Bu kabi musobaqalar respublikasimizning barcha hududlarida ham davom etmoqda.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM