📣Joriy yilning 24-aprel kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi Yoshlar Markazida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sportning Shaxmat turi boʻyicha Markaziy kengash sovrini uchun viloyat birinchiligi boʻlib oʻtdi. ⚡️Ushbu musobaqa, BLIS yoʻnalishida 7 turda shveysarcha tizimda oʻtkazildi. Musobaqa Sirdaryo viloyati tumanidan 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Musobaqada 96 nafar sportchilar ishtirok etib gʻoliblik uchun bellashdilar.
💠1-2-3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar Oʻzbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
✅O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmatiTelegram |
Instagram |Facebook |
Youtube