O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ MK
1.07K subscribers
5.28K photos
192 videos
7 files
968 links
Markaziy Kengashning rasmiy kanali

Taklif va Murojaatlar uchun: @Azizbek_Akramovich_21
Download Telegram
#UmidNihollari
#TumanBosqich
#BadiiyGimnastika
#Futbol

📣Umid Nihollari Sport musobaqasining tuman bosqichi bo’lib o’tdi

⚡️Jizzax viloyati G‘allaorol tumani maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning Badiiy gimnastika turi bo‘yicha "Umid Nihollari" sport musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada  1-4-sinf va 9-11-sinf o‘quvchilari  o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi.

⚡️3-yanvar kuni Paxtakor tumani umumtaʼlim maktab oʻquvchilar oʻrtasida sportning Futbol turidan, 7-8 sinf o'quvchilari o'rtasida tuman birinchiligi bo’lib o’tdi.

Musobaqada:
🥇1- O'rini 2-maktab
🥈2-o'rini  5- maktab
🥉3-o'rini  12- maktab
🥉3-o'rini  3-  maktab
jamolari o’rin oldi.


O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJONDA SHAXMAT BO‘YICHA O’ZBEKISTON CHEMPIONATIGA START BERILDI

Xabaringiz bor, yosh avlodni sportga jalb etish hamda ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida maktab o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda sportning shaxmat turi bo‘yicha “O‘zbekiston chempionati” o’tkazilib kelinmoqda.

Mazkur chempionatning bu yilgi bahslari Andijon viloyati mezbonligida tashkil etilib, joriy yilning 14-yanvar kuni muhtasham “Universal” sport majmuasida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Unda so’z olgan viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov hamda O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi raisi o‘rinbosari K.Sindorovlar tomonidan ishtirokchilarga omad tilanib, kelajakda vatanimiz bayrog’ini yuksak cho’qqilarga ko’taradigan iqtidorlar bo’lib yetishishlariga umid bildirildi.

Ushbu musobaqa 20-yanvargacha davom etib, unda jami 850 nafar o'quvchi-yoshlar o’zaro bellashishlari rejalashtirilgan.

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM