O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ MK
1.15K subscribers
5.19K photos
191 videos
7 files
945 links
Марказий Кенгашнинг расмий канали

Мурожат учун @arfax22
Download Telegram
#qishki_tatil

QISHKI TA'TIL NAVOIY VILOYATIDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 27-dekabrdagi 06-391-sonli hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashining  2022-yil  27-dekabrdagi  01/05-13-son chora-tadbirlar rejasi asosida  2022-yil 28-dekabrdagi 01-14-sonli  chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tuman (shahar) bo‘limlariga ijrosini ta’minlash uchun yuborildi. Chora-tadbirlar rejasi bandlarida belgilangan sport musobaqalarini joylarda ko‘tarinkilikda o‘tkazishga joriy yilning 4-yanvar kuni start berildi. 

🗣 Joriy yilning 4-5 yanvar kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Katta sportga yo‘l-maktabdan boshlanar” shiori ostida sportning voleybol turidan musobaqalar reja asosida umumta’lim maktablarida o‘tkazildi. Voleybol musobaqalarida umumta’lim maktablaridan
📝jami 3864 nafar o‘quvchilar shundan
👩‍💼1852 nafar qizlar ishtirok etdi. Musobaqalarda sportning voleybol turiga qiziquvchi o‘quvchi-yoshlar jalb qilindi.
      
⚡️2023-yil 4-6 yanvar kunlari “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning gandbol turidan musobaqalar boshlandi. Navoiy,  Zarafshon, G‘ozg‘on shaharlari hamda Uchquduq, Navbahor tumanlari  musobaqalarni birinchilardan bo‘lib, ta’til davrida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishga kirishdi.

📁Gandbol musobaqasining ilk kunida  viloyat bo‘yicha umumta’lim maktablaridan 1672 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qishki_tatil

⚽️Futbol-jamoaviy o‘yin turi bo‘lib, jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.

⚡️Buxoro shahar 30-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Prezidentimizning
2-tashabbuslari "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan" bo‘lib, o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qishki ta'til vaqtida "Yosh futbolchilar" sport to‘garagi faoliyat olib bormoqda.

🏆Jondor tumani 22-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ''Ta'tilni sport bilan o‘tkazamiz'' shiori ostida Shashka musobaqasi o‘tkazildi.

💠Bu kabi musobaqalar respublikasimizning barcha hududlarida ham davom etmoqda.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
MAHORAT DARSLARI

O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Navoiy viloyati mintaqaviy bo‘limida Dzyudo sport turi bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Jamoliddin Xomidov tomonidan qishki ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida shogirdlari bilan mahorat saboqlari o‘tkazib bormoqda.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram |📱Instagram 📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qishki_tatil

BUXORO VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASHKIL ETILGAN TO‘GARAKLARGA 5 MING NAFARGA YAQIN O‘QUVCHI QAMRAB OLINGAN

🟢Qishki ta’til jarayonida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Buxoro shahridagi mavjud 43 ta umumta’lim maktablarida 736 ta besh tashabbus doirasidagi, 233 ta sport to‘garaklari tashkil etilgan.

Mazkur to‘garaklarga ayni paytda 5 ming nafarga yaqin o‘quvchi qamrab olingan bo‘lib, tajribali murabbiy va pedagoglar tomonidan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

⚡️Jarayonlarda turli sport musobaqalari, bellashuvlar va tanlovlarning uyushtirilayotganligi esa o‘quvchilarning qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram |📱Instagram 📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qishki_tatil

💠6-yanvar kuni  G'ijduvon tumani  “Sharq” mahallasi suniy qoplamali maydonida yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar o'rtasida sportning mini futbol  turidan "Qishki ta'til - 2023" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqada jami 76 nafar o'g'il bolalar ishtirok etdi. Bahslar yakunida g'olib va sovrindorlar I-II-III- darajali diplom, medallar  hamda esdalik sovg'alari  bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢"УМИД НИҲОЛЛАРИ" СПОРТ МУСОБАҚАЛАРИ

2023 йил 6-7 январ кунлари Наманган вилоят Поп тумани умумтаълим мактаблари 5-8 ва 9-11- синф ўқувчилари ўртасида "Умид ниҳоллари" спорт мусобақаларининг "Бадминтон" тури бўйича туман босқичи бўлиб ўтди.

📎Ушбу мусобақада 14 та ҳудуддан биринчи ўринни эгаллаган жамоалар иштирок этишди.
Мусобақа ғолиблари туман халк таълими бўлими ҳамда "Ёшлик ЖТСЖ" худудий бўлинмаси тамонидан диплом ва медаллар билан тақдирландилар.

Ўзбекистон "Ёшлик" ЖТСЖ Марказий кенгаши матбуот хизмати

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM