“Yoshlik” jurnali
1.97K subscribers
2.61K photos
195 videos
34 files
3.33K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
#hayot

Biz har doim ertangi kun uchun ishlaymiz.


Ammo ertaga kelganda rohatlanish o'rniga biz yana ertangi kun haqida o'ylaymiz...

Bugungi kunimizni yaxshi o'tkazaylik!

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

NIYAT


Onamni aldadim soppa-sogʻman deb,
Otamni aldadim: “Pulim bor doim”.
Ogʻamni aldadim: “Borarman, nasib...”
Men seni nima deb alday, Xudoyim?!

🎤 Ravshan HAQMUROD
Mansur JUMAYEV

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
M.Mirzoning she’ridan olingan ushbu parchada nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlar qatorini toping.

Ko‘zim mardumiga in qurgan o‘sha – Turnalar, ………g‘ashlab ketdilar. Huvillab qoldi-ku bu .......go‘sha, Yangi bir mozorni tashlab ketdilar.
Anonymous Quiz
64%
Ko‘nglimni, g‘arib
24%
Zaminni, qadrdon
12%
Ko‘nglimni, qadrdon
#olis_yaqin_ovozlar

Xayol


Xayol, bir zum tark etgin meni,
Sensiz bir zum ko‘klarni quchay.
Onam taqqan munis tumorni
Chaqaloqday o‘ynoqlab yotay.

Yo yer uzra kuragin silkib,
Ilk maysalar unib chiqqanday.
Yoki sokin daryoday oqib,
Taskin beray o‘zimga jinday.

Xayol, bir zum tark etgin meni...

* * *
Suratingga termulib ko‘zim,
Nigohlarim tosh qotmish bir zum.
Xayollardan qidirib seni,
Surat bo‘lib qolibman o‘zim.

Keldiyor To‘liyev
“Yoshlik” jurnali 2007/3

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Yoshlarga_dil_soʻzlarim

Adabiyot – millat ruhiy hayotining bir qismi, xalqning maʼnaviy hayotini aks ettiruvchi, ayni vaqtda, xalqning ruhiy-maʼnaviy hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi soʻz sanʼatidir.
Adabiyotning mohiyati adabdan iboratdir. Adabiyot inson qalbini, vijdonini, iymonini, axloqini, maʼnaviyatini, adolati va haqiqatini hamda boshqa insoniy xislatlarini tarbiyat qilib boruvchi hikmat bulogʻidir.

Mirzo Kenjabek

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar

Shaharlik…

(Opam tilidan)

Olis qishloq, olis bolalik,
Qaytolmayman bag‘ringga, ona.
Kulcha nonni bo‘lishib yegan,
O‘shal qizcha endi begona.

Girdob ekan bu shahar qurg‘ur,
Yutib ketdi meni benishon.
Betonlardan qurilgan uyim,
Ruhim uchun qafasdir, ishon.

O‘zanidan ayrilgan suvman,
Ildizi yo‘q giyohman asli.
Ayni bahor chog‘imda, ona,
Sochlarimga qo‘ndi qish fasli.

Kun keladi, qaytib boraman,
Sog‘inchlarning yoqasin yirtib.
Shunda alyor aytib boraman,
Bir shaharlik qishloqi bolib…

Mehriddin Sobirjonov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tavallud

17-dekabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev tavallud topgan kun!

Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Adib ijodining dastlabki davridanoq hajvga, kulgiga moyil hikoya to‘plamlarini, qissa va romanlarini yaratdi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami “Shoshqaloq” 1961-yilda eʼlon qilingan.
U «Sehrli qalpoqcha», «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo‘llar», «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida», «Mungli ko‘zlar», «Sir ochildi», «Omonboy va Davronboy sarguzashti», «Jannati odamlar», “Shoshqaloq”, “So‘qmoqlar” kabi asarlar muallifidir. Asarlari tojik, qirg‘iz, turkman, ozarboyjon, arman, rus, ukrain, belorus, moldovan, eston, latish, litva, fin, bolgar, venger, nemis, chex, italyan tillariga tarjima bo‘lgan.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Yomg'irdan qochmadim, ho'l bo'ldi tanim,
Bor-budimni berdim sog'inchga, ishqqa.
Ko'ngling–ming yil orzu qilgan vatanim,
Ulgurding ko'nglimni vatan qilishga.

Oppoq orzularni tutdim qo'lingga,
Kuldim, yanog'imdan sizildi tomchi.
Ko'zimni to'rt qilib boqdim yo'lingga,
Adolat qilmadi hayot–aldamchi.

Seni izlayman deb yugurdim, yeldim,
Zimmamga yuklandi shunday buyuk ish.
Yomg'irdan qochmadim, ajab, ko'nglimdan,
Unib chiqaverdi senga bo'lgan ISHQ!

Venera

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Ushbu misralarning muallifi kim?

Odamlar uy berdi yuraklaridan, Mana, umrim shunda o‘tkazayapman. Ne-ki farz buyurgan bo‘lsa Qodir Haq, Tirishib bajoga yetkazayapman...
Anonymous Quiz
19%
Dadaxon Muhammadiy
44%
Dilmurod Do‘st
20%
Islom Ali
17%
Begali Eshonqulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sheʼriy_lahza

BOLALIGIM ERTAGI


Bola edim.
Sovuq qish edi.
Oyoqlarim osti sirpanchiq.
Suvga bordik paqir koʻtarib,
Tizza boʻyi qorlarni yanchib.

Hansiraydi ayozda anhor,
Oʻlja kutgan ilondek sergak.
Egildim-u kuch bermas zinhor,
Tortib ketdi jismimni chelak.

Faxriddin Hayit

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar

Parizod


Burjim osmon bilan og‘adur, jonim,
Kulgum oqdir mening, tushlarim rangli,
Ishq desa esidan og‘adir jonim,
Sen bilan kechlarim nurafshon, tongli!
Bilsayding
qoshlaring qaroligini,
hamma bilgandan ham ko‘ra tuntalosh.
Sochlarim indamas, qo‘llaring tegsa,
kiprigim mayindir,
ko‘zlaring yuvosh!
Parizod burjiga minib otlandim,
Yelkangda chayonning o‘tkir xanjari,
Qanotim kesdim-u, yoningda qoldim!
Muhabbat – eng uzun yo‘li dunyoning.
Ko‘ngillar! Yashamang bir lahza ishqsiz.
Men Majnun yoshini yashab qo‘yganday
(Siz esa haliyam yoshsiz...)
Azizim,
sen tomon og‘adur jonim,
ishontir senga ham suyukligimga,
Ko‘ksingga bosh qo‘yib eshitdim bir kuy!
Endi ishonyapman
tirikligimga.
Burjim osmon bilan og‘adur, jonim!

Tursunoy Ashuraliyeva
"Yoshlik" jurnali 2023/5-son

@yoshlikjurnali
#iqtibos

Dunyoda katta-katta yolgʻonlar bor. Ularning oldida bizlarnikini yolgʻon deyishga ham uyalasan kishi.

Abdulla Oripov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#nazm

★ ★ ★

Kim aytgan dunyo – chodir,
Umr – daryoga timsol?
Balki baliqchi choldir,
Balki kampir hastahol.

Tanda tugaydi quvvat
Ko‘rolmassan ko‘z bilan.
So‘zsiz yengguvchi vaqtni
Yengish mumkin So‘z bilan.

Shohsanam Nishonova

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Izhor

Aleksandr PUSHKIN

SENI SEVAR EDIM...


Seni sevar edim. Balki hali ham...
O‘sha ishq – otashi so‘nmagan – bedor.
Lek bu parvoyingga kelmasin, sanam,
Ko‘nglingga qo‘nmasin zarracha g‘ubor.

Seni sevar edim umidsiz, besas...
Dil yupun: xavotir yechgan – ridoyin.
Mendagi beg‘ubor, yorqin hisni, bas,
Yo‘ldoshingga qo‘shib bersin Xudoyim!

1829

Rus tilidan Suhrob Hamroyev tarjimasi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#yoshlar_ovozi

JALOLIDDIN MANGUBERDI


“Mayli, mushkul bo‘lsin sen tanlagan yo‘l…”
Erkin Vohidov

Tarix…
“Bor mojaro guvohi – tarix,
Jamiki ertakni to‘qigan o‘zi.
“Ming bir kecha”ning zar osmonlarida
Unsiz porlamoqda mening yulduzim.
Men kim – Jaloliddin, Turon o‘g‘loni…
Shu yurt tuprog‘ini quchoqlab o‘sdim.
Yodimda qolgani –
Gul,
Qilich,
Vatan,
Soyadek ergashgan hamrohim –
O‘lim.
Shunchalar qisqadir ertagim mening,
Shunchalar uzundir ozodlik yo‘li.
Bu yorug‘ dunyoda ko‘rganim faqat:
Vatan,
Tig‘,
O‘lim.
O‘g‘longa yarashmas ko‘zga yosh olmoq,
O‘g‘lon – Vataniga qalqon, himoya.
Shunchalar ojizmi edim, bilmayman,
Yolg‘iz ko‘zyosh axir mening hikoyam.
Osonmas…
Qo‘lingda qilich bo‘lsa-yu,
Zo‘r qudrat bo‘lsa-yu shijoatingda,
Xanjar uraversa orqangdan falak,
Judo qilsa Vatan – saodatingdan.
Men kim – Jaloliddin, bebaxt sarkarda,
Umid va Turkiston qo‘mondoniman…”
Tarix…
So‘zsiz, unsiz termilar tarix,
Adoqsiz savollar terar ko‘zingdan.
Sen kimsan?
Shu ko‘hna zamin farzandi –
Tarix kitoblarin yig‘latgan tarix.
Buguni, ertasi shu hur diyorning,
Umidi, kaftida tutgani – bari.
Yo‘ling uzoq hali,
Yo‘limiz uzoq,
Mayli, mushkul bo‘lsin, bo‘lsin imkonsiz.
Shu qadim Turkiston kutmoqda bizni,
Turon kutmoqdadir hayotday aziz!

Hojira KAMOLIDDINOVA
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining
9-sinf oʻquvchisi


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tavallud

19-dekabr — isteʼdodli shoir Rahmat Bobojon tavallud topgan kun!

★ ★ ★

Sen meni qaygʻuga koʻmgaysan,
Va uzoq xayolga choʻmgaysan,
Ketarsan, koʻnarsan bu gʻamga,
Ammoki vidoga koʻnmaysan…

Bu tushlar shunday badduodir,
Taʼbirdan olma hech xavotir,
Bilasan, kelmogʻing xatodir,
Anglaysan, xatoga koʻnmaysan…

Umrimga tatigan safosan,
Soʻnggida xayri bor jafosan,
Taʼqiqqa oshiqqan Havvosan,
Bul Odam Atoga koʻnmaysan…

Dard qilar kunlarim davomat,
Koʻzlarda yashnaydi malomat,
Bu Ishqni aylarsan mudom rad,
Sen nega Xudoga koʻnmaysan?!

“Ishqsizlarga doʻzax bobin ochar, doʻstlar”
Ahmad Yassaviy

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#mushohada

SHE’RIYATDA SO‘ZNI QADRLASH SAN’ATI


“Yoshlik”ning 12-sonidan o‘rin olgan Oygul Suyundiqovaning she’riy guldastasida yosh shoiraning o‘z tuyg‘ularini tabiiy jo‘shqinligi bilan, erkin ifodalay olishi, ko‘nglidagi mahram sirlarini kitobxonga ishonib aytishga jur’at qilishi – butun samimiyati sezilib turadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
#ibrat

Mening hayotim...


Ona o‘g‘lining telefonidan turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldi va telefon kontaktlarini titkilay ketdi: Dilfuzaxon, Nilufarxon va Mohira ismlarini ko‘rib o‘g‘lidan biroz ranjidi. Mening hayotim nomli kontaktga ko‘zi tushib, kim ekan o‘sha o‘g‘limni hayotiga aylanib ulgirgan oyimcha dedi-yu, qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Cho‘ntagiga qo‘l solib jiringlayotgan telefonini oldi va yig‘lab yubordi...

(Abdurahim Alamovning facebookdagi sahifasidan olindi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#ijodiy_bahs

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Ijodiy bahs” loyihasidan xabaringiz bormi?


Loyihaning ilk sonida Toshkent va Farg‘onalik yosh ijodkor bellashishgan edi. Bu sonda Farg‘ona viloyati ustunlik qilgan bo‘lsa, kechagi Buxoro va Namanganlik yosh ijodkor bellashgan sonida Buxoro viloyati ustunlik qildi.
Keyingi sonida esa, Jizzax va Xorazmlik ijodkor yoshlar bellashishadi. Siz ushbu viloyatlardan bo‘lgan qaysi yosh ijodkorlarni taniysiz?

Bahsga kimlar tushadi, deb o‘ylaysiz?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Ushbu misralarning muallifi kim?

Va yursak oxirsiz manzillar tomon, Mamnun aylagancha bir-birimizni. Velosiped bizga kashf etib bersa, Bir umr kutilgan taqdirimizni…
Anonymous Quiz
25%
Faxriyor Baxtiyorov
38%
Erkin Hojimuhammad
28%
Elyor Haydar
9%
Sanjar Toshbekov
#xulosa

Chumolidan ibrat oldim


Bir kuni Amir Temurdan so‘rashibdi:
– Sizning oddiy beklikdan shunday buyuk saltanat sohibi darajasiga yetishingizga nima yordam berdi?
– Men hech qachon umidsizlikka tushmadim. Bu borada chumolidan o‘rnak oldim. Bir kuni dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga berkindim. Hamma narsadan umidimni uzib, tushkunlikka tushib o‘tirganimda ko‘zim bexos bir chumoliga tushdi. U o‘zining tanasidan deyarli ikki baravar katta bug‘doy donasini olib ketardi. Uning yo‘lida yog‘och parchasi bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga harakat qilar, biroq yuki og‘irligidan yerga tushib ketardi. Bug‘doy donasi yumalab, devor tagiga tushar, chumoli qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat 50 martadan ham ko‘proq takrorlandi. Chumoli nihoyat maqsadiga yetdi. Bu kichkina jonzotning harakatini ko‘rib, yuragimda shijoat, umid paydo bo‘ldi. O‘z-o‘zimga dedim: “Nahotki, bir chumolicha g‘ayratim bo‘lmasa?!” Shundan keyin maqsadimga erishguncha hech qanday to‘siqdan cho‘chimadim.