Shu so‘z bilan allalanar telba dunyo,
Shu so‘z bilan o‘n sakkiz ming olam karaxt.
Gar sengacha yo‘l yursam men, mo‘l yursam men, Yangi dardlar qutlug‘, baxtlar muborak... Ushbu misralarning muallifi kim?
Shu so‘z bilan o‘n sakkiz ming olam karaxt.
Gar sengacha yo‘l yursam men, mo‘l yursam men, Yangi dardlar qutlug‘, baxtlar muborak... Ushbu misralarning muallifi kim?
Anonymous Quiz
14%
Sitora Naimjonova
36%
Zebo Rahmonaliyeva
29%
Gulzoda O‘rinboyeva
21%
Shahrizoda Botirova
#yoshlar_ovozi
Pulbola
– Yigirma yillik tajribam davomida biror marta bunaqasiga duch kelmaganman. G‘alati hol. Kurtagiga qaraganda xurmoniki bo‘lsa kerak. Qayerda, qanday o‘sib chiqqan – ildizini topolmadim. Qo‘l tomirlariga singib ketgan ekan. Doimiy nazoratda bo‘lgani yaxshi. Hamkasblarim bilan maslahatlashay. Hozircha yeb-ichishiga diqqatli bo‘ling, – dedi tayinlab.
👉davomi...
@yoshlikjurnali

#bu_qiziq
Qahramon ayol
Jeyn Ostin (1775–1817).
Romantik komediyalar qirolichasi Jeyn Ostin Angliyada tug‘ilgan. Uning asarlarida ayollarning jamiyatdagi roli va o‘rni chiroyli tarzda yoritilgan. “G‘urur va andisha”, “Aql va zehn” asarlari dunyoga tanilishiga sabab bo‘lgan. Ostin eng mashhur romanlarning muallifi ekanini ancha payt yashirgan, vafotidan so‘ng esa ukasi Henri asarlar Jeynga tegishli ekanligini ommaga oshkor qildi. Uning asarlari hali-hanuz o‘z qiymatini yo‘qotmagan.
2022/8
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

...Mayli, yashirishga yetmasa kuchim,
Dardimni tinglamas o‘zingdan bo‘lak.
Gulim, sen yig‘lamay yurishing uchun, Hali necha bora aldashim kerak… Ushbu misralarning muallifi kim?
Dardimni tinglamas o‘zingdan bo‘lak.
Gulim, sen yig‘lamay yurishing uchun, Hali necha bora aldashim kerak… Ushbu misralarning muallifi kim?
Anonymous Quiz
17%
Umid Qodir
50%
Islombek Mirzaqulov
21%
Quddus Asad
13%
Bahodir Jovliyev
Forwarded from JADID media | rasmiy
#maktub
“ADABIYOTIMIZNING CHIN DO‘STI”
⚫️ Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Qamchibek Kenja, Tog‘ay Murod, Xayriddin Sulton, Nazar Eshonqul, Luqmon Bo‘rixon kabi adiblarimizning asarlarini turk tiliga tarjima qilish bilan birga, muntazam o‘zbek adabiyotshunosligiga oid adabiy-tahliliy maqolalar ham e’lon qilib kelmoqda.
Batafsil: jadid-media.uz/adabiyotimizning-chin-dosti/
➡️ @Jadid_media⬅️
“ADABIYOTIMIZNING CHIN DO‘STI”
Nurilla CHORIYEV
Batafsil: jadid-media.uz/adabiyotimizning-chin-dosti/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Nedir yetishmaydi,
nedir ortiqcha,
Nelardir ko‘ksimda turibdi titrab.
Yuragim sendayu, bilmayman hanuz,
Ichimdan yana ne bormoqda sitrab?
Cho‘kib ketaverdim ko‘zim yoshiga,
Izimdan soyadek qolmadi g‘urbat.
Nigohing har tunda quchib, men bilan,
Azobda yanchilib chiqdi muhabbat.
To‘qnash kelavergach har kuni senga
Hislarim zinadan ketdi qoqilib.
Seni topolmayin sovuq xonangdan,
Xavotir men bo‘lib chiqdi otilib.
Qush bo‘lib uchsamu cheksiz samoga,
Qayta tutashmasa, senga yo‘llarim.
Ming yil sog‘inchingdan ichikib yana,
Kaftin ochib qolsin mayli qo‘llarim.
Shomda ham to‘xtamas qushlar chug‘uri,
Hasratlarim esa tindi bo‘g‘zimda.
Sevgilim, qaragin, sening sevgingmi,
Chaqinday chaqnagan mening ko‘zimda?!
Bibigul Adiyeva
@yoshlikjurnali
* * *
Nedir yetishmaydi,
nedir ortiqcha,
Nelardir ko‘ksimda turibdi titrab.
Yuragim sendayu, bilmayman hanuz,
Ichimdan yana ne bormoqda sitrab?
Cho‘kib ketaverdim ko‘zim yoshiga,
Izimdan soyadek qolmadi g‘urbat.
Nigohing har tunda quchib, men bilan,
Azobda yanchilib chiqdi muhabbat.
To‘qnash kelavergach har kuni senga
Hislarim zinadan ketdi qoqilib.
Seni topolmayin sovuq xonangdan,
Xavotir men bo‘lib chiqdi otilib.
Qush bo‘lib uchsamu cheksiz samoga,
Qayta tutashmasa, senga yo‘llarim.
Ming yil sog‘inchingdan ichikib yana,
Kaftin ochib qolsin mayli qo‘llarim.
Shomda ham to‘xtamas qushlar chug‘uri,
Hasratlarim esa tindi bo‘g‘zimda.
Sevgilim, qaragin, sening sevgingmi,
Chaqinday chaqnagan mening ko‘zimda?!
Bibigul Adiyeva
@yoshlikjurnali
#bu_qiziq
UCH MUHIM NARSA
Hayotda uch narsani ehtiyot qilib ishlating:
– qadamni;
– qalamni;
– qasamni.
Uch narsani pok tuting:
– tanani;
– kiyimni;
– xayolni.
Uch narsani ishga soling:
– aqlni;
– himmatni;
– sabrni.
Uch narsadan parhez qiling:
– gunohdan;
– afsusdan;
– faryoddan.
Uch narsani bulg‘amang:
– qalbni;
– tilni;
– ko‘zni.

...Umrimga necha bor yorliqlar keldi,
Bu g‘arib ko‘nglimga bog‘liqlar keldi,
Kelsa, muhabbatdan soliqlar keldi, Amudaryo kechib baliqlar keldi, Bir sevgi kelmadi, bir sen kelmading... Ushbu misralarning muallifi kim?
Bu g‘arib ko‘nglimga bog‘liqlar keldi,
Kelsa, muhabbatdan soliqlar keldi, Amudaryo kechib baliqlar keldi, Bir sevgi kelmadi, bir sen kelmading... Ushbu misralarning muallifi kim?
Anonymous Quiz
24%
Xushnudbek Hodiyev
28%
Bek Ali
34%
Xurshid Abdurashid
14%
Suhrob Ziyo
#olisga_boqib
Qirq yillik qadrdonim – “Yoshlik”
Sulaymon Rahmonning hayajoni menga ham yuqdi. “Yoshlik” jurnalining ilk sonida, yana O‘zbekistonning atoqli shoiri “oq yo‘l”i bilan yosh shoirning chiqishi yaxshigina e’tirof edi.
To jurnal chiqquncha hamkurslarim-u, do‘stlarimga churq etmadim. Bilib bo‘ladimi, palakat bosib she’rlarim chiqmay qolsa… Nihoyat, 1982-yil yanvar oyi oxirlarida jurnal qo‘limga tegdi.

#ibrat
Bo‘ydoqlarga nasihat
Donishmandning huzuriga hadeb uylanolmagan, uylanishda ishi yurishmagan bir bo‘ydoq kelib, unga dardini doston qilib, shikoyat qila ketibdi. Shunda donishmand yigitga:
– Ikkilarni ikkida ishga sol, – deb maslahat beribdi.
Ikkilarni ikkida ishga solgan yigitning to‘yi tez kunda yurishib, boshi ikkita bo‘lib, ipsiz bog‘lanib, baxtli, taxtli bo‘lib ketibdi.
U “Ikkilar” nima deysizmi?
Ikkidan murod, ikki qo‘l, ikki oyoq, ikki ko‘z, ikki lab...
Ikkida ishga sol degani, tungi soat ikki. Ya’ni, yarim kechasi ikkida ko‘rpanga jafo qilib, o‘rningdan tur. Ikki oyog‘ingni yerga qadab, ikki rakaatdan namoz o‘qi. Ikki ko‘zingdan tinmay yoshlar to‘kilsin. Ikki qo‘lingni ochib, ikki labingni pichirlatib, til va dil ikkisini ishga solib astoydil duo-iltijo qil, demakdir.

Xayrli...
Xayrli tong derding har kuni,
So‘rganday bo‘larding telbaning holin.
Shu so‘zni eshitish ilinji meni,
Har kun uyg‘otardi quyoshdan oldin.
Hadya qilar eding xayrli kunlar,
Berganday bo‘larding dunyo muhabbat.
Bir kunlik o‘zimda yashashim uchun,
Shu so‘zlar yetarli bo‘lardi faqat.
Orzu qilmagandim ortiqcha baxtni,
Ortiqcha so‘zlarga yo‘q edi xushim.
“Xayrli tuning”ni aytarding har kech,
Sendan iboratday bo‘lardi tushim.
Bir hovuch shodlikni ko‘ksimga solib,
Yelkamga ortardim dunyoning kuchin.
Balki, men dunyoga kelganligim rost,
Sendan shu so‘zlarni eshitish uchun.
Xayrli so‘zlarga yasading yakun,
Xayr deding birdan, qaynadi qonim.
Balki, meni shod deb o‘ylarsan, lekin,
Tonglarim xayrsiz bo‘lyapti, jonim!
Kunlarim xayrsiz bo‘lyapti, jonim!!!
Venera Nurmamatova
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Xayrli...
Xayrli tong derding har kuni,
So‘rganday bo‘larding telbaning holin.
Shu so‘zni eshitish ilinji meni,
Har kun uyg‘otardi quyoshdan oldin.
Hadya qilar eding xayrli kunlar,
Berganday bo‘larding dunyo muhabbat.
Bir kunlik o‘zimda yashashim uchun,
Shu so‘zlar yetarli bo‘lardi faqat.
Orzu qilmagandim ortiqcha baxtni,
Ortiqcha so‘zlarga yo‘q edi xushim.
“Xayrli tuning”ni aytarding har kech,
Sendan iboratday bo‘lardi tushim.
Bir hovuch shodlikni ko‘ksimga solib,
Yelkamga ortardim dunyoning kuchin.
Balki, men dunyoga kelganligim rost,
Sendan shu so‘zlarni eshitish uchun.
Xayrli so‘zlarga yasading yakun,
Xayr deding birdan, qaynadi qonim.
Balki, meni shod deb o‘ylarsan, lekin,
Tonglarim xayrsiz bo‘lyapti, jonim!
Kunlarim xayrsiz bo‘lyapti, jonim!!!
Venera Nurmamatova
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod
...Onajon, bir sir bor sirdan ulug‘roq,
Bir go‘zal orzu bor baridan suyuk:
Bir she’r yozsam edi – she’rdan ulug‘roq,
Bir odam bo‘lsaydim – shoirdan buyuk!
©Nasrullo ERGASH
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
...Onajon, bir sir bor sirdan ulug‘roq,
Bir go‘zal orzu bor baridan suyuk:
Bir she’r yozsam edi – she’rdan ulug‘roq,
Bir odam bo‘lsaydim – shoirdan buyuk!
©Nasrullo ERGASH
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Forwarded from CHIMZIYO (АБДУЛЛАЕВ АБДУЛАЗИЗ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Макка шаҳрида бўлиб турган Мусулмонлар идораси раиси, муфтий шайх Нуриддин Холиқназар билан телефон орқали мулоқот қилди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz
#yangilik
Quyidagi havola orqali qadrdon “Yoshlik”ingizning instagram sahifasi bilan tanishishingiz mumkin:
https://www.instagram.com/reel/C7bgoQvsy-O/?igsh=aThwcDI2bWplM3Qx
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Quyidagi havola orqali qadrdon “Yoshlik”ingizning instagram sahifasi bilan tanishishingiz mumkin:
https://www.instagram.com/reel/C7bgoQvsy-O/?igsh=aThwcDI2bWplM3Qx
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#saboq
To‘rt narsadan hech qachon uyalmang:
– eski kiyimlardan;
– kambag‘al do‘stlardan;
– qari ota-onadan;
– oddiy hayotdan.
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
To‘rt narsadan hech qachon uyalmang:
– eski kiyimlardan;
– kambag‘al do‘stlardan;
– qari ota-onadan;
– oddiy hayotdan.
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Olis_yaqin_ovozlar
* * *
O‘zingdan o‘zgaga, ey yor, mani begonalardan qil,
Jamoling nuriga tun-kun mani parvonalardan qil,
Firoqing dardida ko‘nglim chekar har lahza dard-u g‘am,
Nazar tashlab qulinga bir, mani giryonalardan qil.
Yonarman dardi ishqingda, ki bag‘rim tah-batah qondir,
Najot istar ko‘ngil sandan, yo‘lim mayxonalardan qil.
Talabgoring erurman chin kuyar ishqingda bu jonim,
Yaqin aylab jamolinga mani so‘zonalardan qil.
Ayondir, rahmati ishqing, hayot baxsh aylagay menga,
Borar yo‘lim sengadir, yor, mani mardonalardan qil.
Malohat birla ko‘nglimga muhabbat jomini tutding,
Labim yetsin ki poyinga mani ostonalardan qil.
Tilab Mahmud rizoyingni turar hajringdakim behol,
Panoh-u sarvarim sensan, mani hamxonalardan qil.
Ismoil MAHMUD
Muallifning boshqa she'rlari bilan ham tanishish istagida bo‘lganlar saytimizga marhabo!

#Qutlov!
Bek ALI – 1992-yili 6-iyunda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi. “Men axir senman”, “Voh” nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.
MЕN AXIR SЕNMAN
“Kimning ko‘zlaridan izlaysan meni...”
Rauf PARFI
Olis makonlarda bo‘lib faromush,
Bog‘chalarga tushib qolganda yo‘ling.
Atirgul qoshida turgancha xomush
Qizil yaproqlarin silarmush qo‘ling.
Ko‘zlarin silarmush, qoshin silarmush,
Tikon tilib-tilib, loshin silarmush.
Nozik barmoqlaring, qismatdoshimning –
Bechoraning yolg‘iz boshin silarmush.
Men-ku jununvashman, men-ku Majnunman,
Qochib qayga bording! Dunyo, gardunman!
Bag‘rimda uxlagin, bag‘rimda uyg‘on,
Tunman!
Tunligimdan juda mamnunman!
O, tongman – uyg‘onib sizlaysan meni,
Bog‘chada gullarga so‘zlaysan meni.
Mening menligim yo‘q, men axir senman!
Kimning ko‘zlaridan izlaysan meni!?