#Hikoya
Kutilmagan uchrashuv
Yaqinda Davlatbekning to‘yi bo‘ladi. Ertalab unashtirilgan qizi bilan bozorga tushgan va ancha charchagandi. Unga jo‘natilgan sarpolar oddiy va o‘ziga yarashmagan. Ertalabdan shu masalada quda tomon bilan biroz gap-so‘zga ham borib qoldi. Oqibatda, o‘zining hisobidan sarpo qilishga qaror qildi. Har holda mahalla oldidagi obro‘-e’tibor va qo‘ni-qo‘shnining fikri ham muhim. Ayniqsa, bu masalada ayollardan ehtiyot bo‘lish kerak.
👉Davomi...
@yoshlikjurnali

#Jurnal_arxividan
Jurnalimiz muqovasidagi sportchini taniganlar bormi?
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

#Bir_kuni
Abdulla – sher!
Kunlardan bir kun Do‘rmonda istiqomat qilayotgan Aziz aka zerikib, gurunglashish uchun shoir Abdulla Sherning chorbog‘iga aylanib boradi. Sharpani eshitgach, yo‘lak adog‘ida yelkasiga chopon tashlagan shoir ko‘rinadi. U bilan ketma-ket kichkinagina laycha kuchuk ham tinimsiz akillagancha egasining ortidan ergashib kelaveradi. Temir panjara oldida hol-ahvol so‘rasharkan, Aziz aka laychaga qarab, shunday so‘z o‘yini qiladi.
– Qanchalik akillamagin, sen baribir laychasan, Abdulla esa – sher!
Sh.Otabek

Oʻxshamagan umrimga
oʻxshab borar bu kuzak,
Niqoblarimni yechdim – qara, qanday haqirman... qara, churuk yelkamda dor tikadi yelvizak. hali qarorim yoʻqdir meni bunday chaqirma! Ushbu misralarning muallifi kim?

Anonymous Quiz
27%
A) Rashid Xo‘jamov
18%
B) Quddus Asad
22%
D) Asliddin Abdurazzoq
22%
E) Muhammad Siddiq
11%
F) Rahmat Bobojon
#Hikoya
Halokat
O‘n sakkizinchi maktab ma’muriyatining direktoridan tortib qorovuligacha hammasining paytavasiga qurt tushdi – komissiya kelarmish. Kelganida ham tuman yoki viloyatdan emas, naq respublikadan! Bunday paytda hamma o‘z vazifasini a’lo darajada bajarib qo‘yishi shart. To‘g‘ri-da, bunaqa oliy tekshiruv maktab tashkil etilgandan beri ozib-yozib bir kelsa-yu, munosib kutib olinmasa, nima degan gap?! Xuddi shu “Munosib kutib olish” masalasini hal qilish ustida chuqur bosh qotirayotgan direktor – Nurali Eraliyevich nimqorong‘i kabinetiga qamalib olgancha o‘yga cho‘mib o‘tirardi.

#Qatra
Pichoq
Kitobi chiqqan muallif uyiga shoshildi. Xursandchiligini suyukli xotini bilan baham ko‘rishni istadi.
– Mana kitobim! – dedi yuzida quvonch balqib.
– Qancha pul berishdi? – dedi xotin qosh chimirib.
"Yoshlik" 2022/2

Vaxshiy... shoir
Do‘rmondagi ijod uyi oshxonasida ovqatlanib o‘tirgan edik, gurung asnosida kimdir shunday deb qoldi:
– Hindistonda biz tomonlardan borib qolgan bir shoir bor ekan. Taxallusi ham g‘alati – «Urfiy» emish. «Urf» degani «modniy» ma’nosida bo‘lsa kerak-da, qiziq...
– Aslida ko‘pchilik tug‘ilgan yurtini o‘ziga taxallus qilib oladi, – dedi yana kimdir. – Masalan, Xorazmiy, Samarqandiy, Andijoniy degandek...
Shu tarzda gurung davom etayotgan edi, Shukur aka birdan «piq» etib kulib yubordi. Hammamiz «yalt» etib unga qaradik. Shukur aka kulgining sababini izohlab, shunday dedi:
– Mabodo, Vaxshlik odam shoir bo‘lib qolsa, taxallusi... Vaxshiy bo‘larkan-da?

#Muxlisga
Orning kuchi, savlati
Ushbu qissa 1988-yilda yozilgan. “Yoshlik” jurnalida ishlay boshlaganimga ikki yil bo‘lgan, mazkur jurnalda ketma-ket turkum hikoyalarim, boshqa gazeta va jurnallarda, tag‘in radioda hikoyalarim bosilib-o‘qilib turar, yosh yozuvchi sifatida tanilib borayotgan, ammo hali qissa yozmagan edim…
Agar ushbu asar kaminaniki emas, boshqa muallifniki bo‘lgan taqdirda ham, qo‘limga tushsa qiziqib o‘qib chiqqan bo‘lardim. G‘aroyib, yumshoq va qattiq fe’li, lekin hech kimga o‘xshamas, qonimga qoni tutash qarindosh odamlar. Mabodo tirik bo‘lganlarida ham, ke, qo‘y, Sobir, eski gaplar bu, mana, zamon o‘zgardi, farovon yashayotibmiz, bolalarning topish-tutishi yaxshi, nevara-chevaralar ham yayrab yashayapti, nima bo‘lsa o‘sha zamonda qolib ketdi”, deyishardi.
Ha, oriyatli odamlar. Birgina “uyat bo‘ladi” degan so‘zning kuchi juda katta edi. Orsizlikdan o‘lim a’lo tuyilgan.
Bugungi zamondoshlarga ham o‘sha “eski gaplar”ni eslatging yoxud yoshlarga “labbay, taqsir, nima dedingiz?!” deb qo‘yging keladi...
Muallif
Izoh: Jurnalimizning 11-12-sonida marhum adibimiz Sobir O‘narning “O‘g‘rilar” degan qissasini o‘qishingiz mumkin!

Qaytadan tug‘ilsam
Rahm etib Mavlo,
Dunyo go‘dak bo‘lsa nigohlari sof. Yo‘llarni chirmovuq bosgunicha to Ey Ishq, Meni, mendan ilgariroq top. Ushbu misralarning muallifi kim?

15%
A) Feruza Xayrullayeva
50%
B) Madina Norchayeva
9%
D) Nozima Habibullayeva
12%
E) Bashorat Otajonova
13%
F) Mehrinoz Abbosova
#Bir_kuni
Yomon yozolmaydi
Atoqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev bir kuni Murod Muhammad Do‘st bilan Do‘rmon bog‘larini aylanib yurib, gurung orasida shunday deydi:
– Murodjon, menga asarlaringizdan, ayniqsa, «Dashtu dalalarda» degan hikoyangiz ko‘proq yoqadi.
– Yomon yozolmasam nima qilay, Shukur aka! – deydi Murod «kamtarlik» bilan.
Sh.Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Yomon yozolmaydi
Atoqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev bir kuni Murod Muhammad Do‘st bilan Do‘rmon bog‘larini aylanib yurib, gurung orasida shunday deydi:
– Murodjon, menga asarlaringizdan, ayniqsa, «Dashtu dalalarda» degan hikoyangiz ko‘proq yoqadi.
– Yomon yozolmasam nima qilay, Shukur aka! – deydi Murod «kamtarlik» bilan.
Sh.Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Qishloqda...
Juda baxtli yashar odamlar.
Kaftdakkina yeri, osmoni bilan. Qishloqda... Juda baxtli yashar odamlar, Ham qayg‘u, orzusi, armoni bilan... Ushbu misralarning muallifi kim?

24%
A) Gulhayo Anorova
20%
B) Iroda Rahmonaliyeva
35%
D) Mashhura Abdurayimova
12%
E) Sevinch Avazova
10%
F) Mahliyo Karimova
#Jarayon
Xurmachangiz qachon to‘ladi?
Bir necha yildirki, poytaxtimiz dunyo rakordlarini qo‘ldan boy bermay kelmoqda! Afsuski, inson sog‘ligi uchun eng xavfli shaharlar ro‘yxati bilan. Dehli, Islomobod, Pekin, Nyu York… kabi shaharlar bilan solishtirganda aholi soni, ishlab chiqarish va sanoat sohasida anchaginina orqadamiz. Ammo bu shaharlarni ham ba’zan havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha ortda qoldirmoqdamiz!
2024-yil 11-yanvar ertalab soat 8:00 holatiga koʻra, Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari miqdori 85,5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu JSST tavsiyasidan 17 barobar yuqori. Sanasangiz tabiatni asrash bo‘yicha, javobgar tashkilotlarning adog‘iga yetmaysiz yoki hali-hamon xurmachasi to‘lmayotgan Qurilish vazirligi va Toshkentda qurilayotgan inshootlarga javobgar shaxslarni qo‘yavering!
Bu bilan aybdorni topmoqchi emasmiz, balki-da shu yurtni aziz tutgan, vatanning kelajagi bo‘lgan, unib-o‘sayotgan bolalarning sog‘lig‘iga barchamiz mas’ul emasmizmi?

Xurmo bo‘lmaganda
Kunlardan bir kun Shukur akaning Do‘rmondagi bog‘iga jurnalist muxlislari – Baxtiyor Ollomurod bilan Egam Do‘st yo‘qlab kelishadi. Dasturxonga mehmonlar olib kelgan xurmo ham qo‘yiladi. Yigitlarning qorni och ekanmi, mezbon choy-poy qo‘yguncha xurmoni o‘zlari paqqos yeb bitirishadi, hatto mezbonga bir dona ham qoldirishmaydi.
Shukur aka xurmodan bo‘shab qolgan idishga qarab turib shunday gap qotadi:
– Yaxshiyam xurmo olib kelibsizlar, aks holda meniyam yeb qo‘yardinglar!..

Ishonch oqlanmasa kuyib ketar dil,
Eng katta dardlar-ku o‘chirilmaydi.
“Vatan”, degan odam asli vatandir, Vatanga xiyonat kechirilmaydi... Ushbu misralarning muallifi kim?
Eng katta dardlar-ku o‘chirilmaydi.
“Vatan”, degan odam asli vatandir, Vatanga xiyonat kechirilmaydi... Ushbu misralarning muallifi kim?
Anonymous Quiz
18%
A) Muhammad Siddiq
64%
B) Erkin Hojimuhammad
6%
D) Shukur Latif
6%
E) Shahrizod Shodiyev
7%
F) Jahongir Nomozov
#Adib_ijodxonasi
Yoshlik bu – dunyoning ozodlik fasli
Odam bolasining tushlari ham umr fasllariga qarab o‘zgarib turarkan. Bolaligimda nuqul ulg‘aygan paytlarimni tush ko‘rardim. Razvedkachi bo‘lib xatarlar ichida yurardim. “Hozir fosh bo‘laman”, degan qo‘rquv ichida uyg‘onib ketardim. Bu – albatta, bolalikdagi orzularim bilan bog‘liq tushlar edi. Bu orzu o‘qigan kitoblarim, tomosha qilgan kinolarim ta’sirida shakllangan. Chunki onam bizga hamisha vatanparvarlik mavzusidagi kitoblarni olib berardilar.

#Eng_yaxshi
Rahmat Bobojon “Yoshlik” jurnalida nashr etilgan Arkadiy Averchenko – “So‘qirlar” hikoyasi uchun tahririyatimizning 2023-yildagi “Eng yaxshi tarjimoni” bo‘lgan edi. Mana, sovg‘alarini qabul qilib oldi.

#Oyina
HAQIQATNI IZLAGAN ODAM
Nihoyat, u dunyoning bir chekkasidagi ovloq qishloqda umr boʻyi izlaganini topdi. Haqiqat omonat bir kulbada zoʻrgʻa miltillab turgan oʻchoq yonida mungʻayib oʻtirardi.
Izlab borgan odam umrida bunday xunuk va qarimsiq ayolni hali koʻrmagan edi.
– Siz – Haqiqatmi? – deb soʻradi ovozi titrab.
Yetti qat bukchaygan kampir tantanavor bosh silkidi.
– Ayting, men insoniyatga qanday haqiqatni aytishim kerak? Qaytishimni kutayotgan odamlarga sizdan qanday xabar yetkazay?
Yuzi almisoqdan qolgan misday koʻkargan kampir yonib turgan oʻchoqqa qarab tupurdi-da, tirjayib javob berdi:
– Odamlarga meni yosh va sohibjamol deb ayt!
Robert Tompkins
Xurshid Davron tarjimasi

Forwarded from Davlat boshqaruvi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!
@davlat_boshqaruvi
@davlat_boshqaruvi
Forwarded from Islomjon Qo‘chqorov ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ТУШ
Гоҳ танам тор келган окопчаларда
Аёвсиз эзғилаб ўтади танкчи.
Юрагим тортилар ликопчаларда
Додлаб уйғонаман – қўлимда санчқи!
© Исломжон ҚЎЧҚОРОВ
@islomjon_ijodi
Гоҳ танам тор келган окопчаларда
Аёвсиз эзғилаб ўтади танкчи.
Юрагим тортилар ликопчаларда
Додлаб уйғонаман – қўлимда санчқи!
© Исломжон ҚЎЧҚОРОВ
@islomjon_ijodi