XORAZM YOSHLARI
16.8K subscribers
7.83K photos
1.44K videos
24 files
3.76K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot
Download Telegram
Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi.

Katta beshlik” fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar oxirgi to‘rt yilda 2 karra ko‘paydi.

Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti.

Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi.

Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Lekin, bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qo‘shilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi ta’kidlandi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Endilikda:

- IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

- ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

- IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga "ijtimoiy karta" beriladi;

- yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi.

Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi.

Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.

Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.

Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Xorazm viloyatida “Butunjahon yoshlar festivali - 2024” qanday o‘tdi?

Xorazm viloyati Xiva shahrida Respublikamiz bo‘ylab katta masshtabda o‘tkazilayotgan “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida "Markaziy Osiyo va Xitoy yosh iqtidorlari forumi" va “O‘zbekiston - Hindiston yoshlar forumi” tashkil etildi.

Mazkur festivaldan asosiy maqsad Markaziy Osiyo, Xitoy va Hindiston yosh iqtidorlarini bir davrada jamlash va ularning bir-birlari bilan bilim-tajribalarini almashishdan, shuningdek O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida qo‘shni davlatlar, Xitoy va Hindiston yoshlariga ko‘rsatishdan iboratdir.

Shuningdek forum doirasida ishtirokchilar Xiva shahridagi “Ichan-qal'a” me'moriy obidalar bilan yaqindan tanishib zavq oldilar.

🤝Ushbu forum Markaziy Osiyo, Xitoy va Hindiston yoshlari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada yaxshilab, kelgusida ilmiy jabhalarda o‘zaro hamkorlik qilishlariga zamin yaratdi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 29, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Shaxsan Prezidentimizdan yoshlar kuni uchun maxsus!

Barchasi uchun katta rahmat, janob Prezident.

💐Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 30, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 30, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 30, 2024
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 30, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ayni damda 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Urganch shahri “Jaloladdin Manguberdi” memorial bogʻida boʻlib oʻtayotgan konsert dasturidan lavhalar

#yoshlarkuni #yoshlik #yoshlarbilan

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 30, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch shahri “Jaloladdin Manguberdi” memorial bog‘ida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov muhtaram Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

💐Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 1, 2024