XORAZM YOSHLARI
17K subscribers
7.83K photos
1.44K videos
24 files
3.76K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot
Download Telegram
Aziz va qadrli yurtdoshlar!

🌙 Sizlarni muqaddas ayyom — muborak Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Ushbu muqaddas ayyom har bir xonadonga baxtu-saodat, quvonchu-shodlik, tinchlik va omonlik olib kelsin!

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin azizlar!

@yoshlaragentligixorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Qahramon Roʻzmetov ishtirokida konsert dasturi

Bugun 20:00da Urganch shahridagi Al-Xorazmiy koʻchasi, Milliy bank oldidagi sayilgohda boʻlib oʻtadigan konsert dasturiga barcha yoshlarni lutfan taklif etamiz!

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yoshlar!

Ertaga 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch tumani hokimligi binosi oldida soat 20:00da konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Konsertda elimiz suygan taniqli san’atkorlar tomonidan kuy qoʻshiqlar ijro etiladi. Barcha yoshlarni kutib qolamiz.

Eslatib oʻtamiz konsert dasturiga kirish mutlaqo bepul.

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Qadrli Yoshlar!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sog‘lik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz!

Аziz oʼgʼil-qizlar,
Ilm oʼrganishdan, orzular va koʼzlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan hech qachon charchamang.

🎉Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

#yoshlik #yoshlarkuni #yoshlarbilan

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi

#yoshlik #yoshlarkuni #yoshlarbilan

@yoshlaragentligixorazm
Shaxmat ixlosmandlari diqqatiga!

Bugun 1-iyul kuni ham dam olish kuni deb belgilanganligi sababli rokirovka turniri keyingi haftaga oʻtkaziladi.

Agarda qandaydir qoʻshimchalar boʻlsa kanalda e’lon beriladi.

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿2 iyul – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun

Gerb — har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan.

Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lib, shaklning so‘l tomoni rizq-ro‘zimiz timsoli — bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa o‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan. Uzoqdagi tog‘lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida esa O‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma’nosi mamlakat aholisining ko‘p qismi islom diniga e'tiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „O‘zbekiston“ deb yozib qo‘yilgan.

#Davlatgerbi31yoshda

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rokirovka turnirining navbatdagi musobaqasi 4-iyul kuni

Ishtirokchilar ro’yxati 👈havolaga bosing

Ushbu ro’yxatdagi 101-dan 202-gacha bo'lgan tartib raqam egalari 04-iyul kuni bo’ladigan turnirda ishtirok etadilar. Ushbu ishtirokchilar ertaga soat 09:00dan kechikmay Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosiga yetib kelishlarini so'raymiz.

Barcha ishtirokchilar turnirga o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi — Prezident qarori

@yoshlaragentligixorazm
#Tayinlov #sotsial_lift

Xudayberganova Radxo Allaberganovna – Yoshlar ishlari agentligi Urganch tuman bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Radxo Xudayberganova Urganch tumanidagi “Turkmanlar” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bugungi kunga qadar R.Xudayberganova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Shuhrat” medali hamda 2022-yilda o’tkazilgan “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” tanlovining Respublika bosqichida g’olib bo’lib prezident sovg’asi bilan taqdirlangan.

“Turkmanlar” mahallasida nafaqat yoshlarga, kattalarga ham birdek yordam berib, o’z faoliyatini na’munali tashkil etib kelgan Radxo Xudayberganovaning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qadrli til ixlosmandlari, yoshlar, sizlarga qulaylik yaratish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi barcha darslar havolalarini bir e’londa jamladik!

🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan oʻrganish

🇷🇺 Rus tilini 0 dan oʻrganish

🇺🇿 Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish

🇺🇿 Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish (ingliz)

🇹🇷 Turk tilini 0 dan oʻrganish

🇩🇪 Nemis tilini 0 dan oʻrganish

🇩🇪 Nemis tilidan intensiv darslar

🇪🇸 Ispan tilini 0 dan oʻrganish

🇮🇹 Italyan tilini 0 dan oʻrganish

🇫🇷 Fransuz tilini 0 dan oʻrganish

🇨🇳 Xitoy tilini 0 dan oʻrganish

🇯🇵 Yapon tilini 0 dan oʻrganish

🇹🇷 Turk tili so'zlashuv

🇰🇷 Koreys tilini 0 dan oʻrganish

🇸🇦 Arab tilini 0 dan oʻrganish

🇮🇳 Hindiy tilini 0 dan oʻrganish

🇬🇧 Ingliz tili so'zlashuv

Marhamat, zavq bilan chet tillarini bepul o’rganing.

@ibratfarzandlari
⚡️”Zukko kitobxon” tanlovining iyun oyi uchun saralash bosqichi yakunlandi. Ertaga 7-iyul kuni soat 10:00 da tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi

Ushbu bosqichda
saralash bosqichi g‘oliblaridan iborat tuman (shahar) jamoalari ishtirok etadi.

Barcha kitobxonlarga omad yor bo‘lsin🤝

#zukkokitobxon

@yoshlaragentligixorazm
Rokirovka turnirining navbatdagi musobaqasi 8-iyul kuni bo'lib o'tadi

Ishtirokchilar ro’yxati 👈havolaga bosing

Ushbu ro’yxatdagi 202-dan 332-gacha bo'lgan tartib raqam egalari 8-iyul kuni bo’ladigan turnirda ishtirok etadilar. Ushbu ishtirokchilar ertaga soat 09:00dan kechikmay UrDUning texnika fakulteti binosiga yetib kelishlarini so'raymiz. Mo'ljal eski Gidro kollej - lacation 👈

Manzilni topishda muammo bo'lsa 99-049-08-08 raqamiga bog'laning

Barcha ishtirokchilar turnirga o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚“Zukko kitobxon” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi yakunlandi

“Zuko kitobxon” tanlovi doimiy tarzda o‘tkazilishi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga uchun asos bo’ladi deyishimiz mumkin. Tanlovda @kitobxontestbot telegram bot orqali o‘tkazilgan saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar tuman va shaharlar miqiyosida 1 tadan jamoalar tarzida (jami 13 ta jamoa) ishtirok etishadi.

📚Bugungi tanlovning Xorazm viloyati bosqichi natijalariga ko‘ra:
1-o’rin Gurlan tumani jamoasi 6 million so’m;
2-o’rin Urganch shahar jamoasi 4 million 200ming so’m;
3-o’rin Shovot tumani jamoasi 3 million so’m pul mufotlari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari barcha ishtirok etgan jamolarga 300 ming so’mdan pul mukofotlari ajratildi.

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining Xorazm viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi

Mini futbol bo’yicha
1-o’rin Shovot tuman jamoasi
2-o’rin Hazorasp tuman jamoasi
3-o’rin Yangibozor tuman jamoasi

Mini futbol qizlar o’rtasida
1-o’rin Yangibozor tuman jamoasi
2-o’rin Urganch tuman jamoasi
3-o’rin Shovot tuman jamoasi

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasining 2-mavsumiga start berildi

Loyihamizning 2-mavsumi uchun 50 dan ziyod eng yaxshi markazlar saralab olinib, ularga davomat tizimlari o‘rnatildi. Tasdiqlangan markazlar bilan viloyat boshqarmalarimiz yuridik hamkorlikni yo'lga qo‘yishdi.

1.Ushbu mavsumda yoshlarimizdan o'z vaqtida darslarda ishtirok etishi kerak va buni davomat tizimi to'liq nazorat qiladi. Bir oyda sababsiz 6 marta darslarni qoldirgan yoshlarga subsidiya ajratilishi to'xtatiladi.

2.Yoshlarimiz uchun loyiha haqida batafsil ma'lumot beruvchi @kelajakkasblari_bot ham ishga tushishini ma'lum qilamiz. Shuningdek ushbu bot orqali loyiha ishtirokchilari uchun turli testlar ham ulashib boramiz.

⚡️ Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

#kelajakkasblari #2_mavsum

@yoshlaragentligixorazm
Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida 87 foizdan ortiq ovoz oldi

Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz to‘plab, O‘zbekiston prezidenti etib saylanganini maʼlum qildi.

@yoshlaragentligixorazm
👍Umumiy sovrin jamg‘armasi 5,000,000 so‘m bo‘lgan rokirovka turniriga ro‘yxatdan o‘tishga start beramiz!

👍Shaxmat turnirida ishtirok etish uchun @shaxmat23xorazmbot orqali 14-iyul kuni soat 19:00gacha ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

👍Batafsil ushbu havolada👉 shu yerga bosing. Bundan tashqari turniri bilan bog’liq barcha e'lonlar (ro’yxatdan o’tish, ishtirokchilar ro’yxati va g’oliblar) faqatgina XORAZM YOSHLARI telegram kanalida e’lon qilinadi.

#shaxmat #rokirovka

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vanihoyat darslar boshlandi!

🎉 Va'da - va'da! YouTube sahifamizda 300K bo'lganimiz munosabati bilan til ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan — IELTS darslariga start beramiz.

Ushbu darslar orqali siz IELTS imtihoniga oson va bepul tayyorlanishingiz mumkin. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

👉 Darslarni tomosha qilish

P. S. IELTS sertifikatini olib, nima qilmoqchisiz? 😎

@yoshlaragentligixorazm
🧑🏻‍🎓”Qizlar ovozi” klubiga a’zo bo’lish uchun biz yuklagan maxsus arizani to’ldiring, quyidagi havolalarga murojaat qiling va sahifamizga qo’shiling:

Xorazm viloyati: @qizlar_ovozi_xorazm

Sening tashabbusing - sening kelajaking!

❗️Bizning sahifalarimiz
🔗Telegram
🔗Instagram
🔗Facebook
🔗Youtube

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM