Yoshlar Parlamenti | Ilm-fan komissiyasi
132 subscribers
3.56K photos
3.7K videos
15 files
1.69K links
🇺🇿Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti | Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi rasmiy sahifasi

Instagram: instagram.com/yoshlarparlamenti_senat
Download Telegram
Forwarded from Oliy Majlis Senati
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Senatda “Xotira poyezdi” madaniy-maʼrifiy tadbirida ishtirokchi yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
___
В Сенате состоялась встреча с участниками культурно-образовательного проекта «Поезд памяти»

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 10-oktabr, Payshanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Butunjahon ruhiy salomatlik kuni
🗄 Yevropa Ittifoqida o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni
🗄 Butunjahon varraklar kuni
🗄 Germaniyada buvijonlar kuni
🗄 Polshada daraxt ekish kuni

🌎VOQEALAR:

🔰 1868-yil — Astronom Jeyms Uotson Dion asteroidini kashf qildi.
🔰 1874-yil — Rossiya imperiyasida Boltiq dengizi bo‘yicha birinchi marta bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
🔰 1918-yil — Rossiyada islohotlarga uzoq tayyorgarlik ko‘rish natijasida yangi imlo joriy etildi.
🔰 1933-yil — AQShda dunyodagi birinchi kir yuvish kukuni sotila boshladi.
🔰 1964-yil — Tokioda XVIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

🎉 TAVALLUDLAR:

🎉 1731-yil — Genri Kavendish — suv formulasini kashf etgan va Yer massasini o‘lchagan ingliz fizigi va kimyogari.
🎉 1861-yil — Fritof Nansen — birinchi marta chang‘i ustida Grenlandiyani kesib o‘tgan norvegiyalik qutb tadqiqotchisi, tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1927-yil — Orifjon Hotamov — bastakor, O‘zbekiston xalq hofizi.
🎉 1936-yil — Ma’ruf Jalil — o‘zbek shoiri.
🎉 1984-yil — Pavel Durov — rus dasturchisi, “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining asoschilaridan biri.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 11-oktabr, Juma

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Xalqaro qizlar kuni
🗄 Kanadada shukronalik kuni
🗄 AQSHda birodarlik kuni
🗄 Abxaziyada Qurolli kuchlar kuni
🗄 Boliviyada ayollar kuni
🗄 Shimoliy Makedoniyada xalq qo‘zg‘oloni kuni
🗄 Sint-Martinda Konstitutsiya kuni
🗄 Kiribatida ta’lim kuni
🗄 Boshqirdistonda Respublika kuni
🗄 Janubiy Afrikada siyosiy mahbuslar bilan birdamlik kuni

🌎 VOQEALAR:

🔰 1852-yil — Avstraliyada birinchi Sidney universiteti o‘z faoliyatini boshladi.
🔰 1853-yil — Nyu-Yorkda Amerikaning birinchi kliring banki ochildi.
🔰 1875-yil — Kanadadagi Vinnipegga birinchi Islandiyalik ko‘chmanchilar keldi.
🔰 1881-yil — Shimoliy Dakota shtatining (AQSh) rezidenti Devid Xyuston fotoplyonkani patentlandi.
🔰 1887-yil — Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison saylov ovozlarini hisoblash uchun elektr mashinasini patentladi.
🔰 1891-yil — Stokgolmda dunyodagi birinchi “Skansen” ochiq etnografik muzeyi ochildi.
🔰 1931-yil — SSSRda xususiy savdoni butunlay tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
🔰 1984-yil — birinchi amerikalik ayol kosmonavt Ketrin Sallivan kosmosga chiqdi.

🎉 TAVALLUDLAR:

🎉 1671-yil — Frederik IV — Daniya va Norvegiya qiroli.
🎉 1738-yil — Artur Filipp — ingliz admirali, Avstraliyaning birinchi gubernatori.
🎉 1806-yil — Aleksandr Karageorgiyevich — Serbiya knyazi.
🎉 1821-yil — Jorj Uilyams — ingliz o‘qituvchisi, YMCA (Yosh xristianlar uyushmasi) asoschisi.
🎉 1844-yil — Genri Xaynts — nemis-amerikalik tadbirkor va ixtirochi.
🎉 1849-yil — Uilyam Noks D’Arsi — britaniyalik tadbirkor va huquqshunos, Eronda neft qidirish va qazib olishda yetakchi.
🎉 1861-yil — Jon Bell Xetcher — tritseratopsni kashf etgan amerikalik paleontolog.
🎉 1881-yil — Xans Kelsen — avstriya-amerikalik huquqshunos, sudya va faylasuf, huquqiy pozitivizmning asosiy nazariyotchilaridan biri, konstitutsiyaviy sud kontseptsiyasining asoschisi.
🎉 1884-yil — Fridrix Bergius — nemis kimyogari, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1884-yil — Eleanor Ruzvelt — AQShning BMTdagi vakili, Franklin Ruzveltning rafiqasi.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 17-oktabr, Payshanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Xalqaro qashshoqlikka barham berish kuni
🗄 Qozog‘istonda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari kuni
🗄 Germaniyada hosil kuni
🗄 Hindistonda raqamli jamiyat kuni

🌎 VOQEALAR:

🔰 1404-yil — Innokentiy VII Rim Papasi bo‘ldi.
🔰 1855-yil — ingliz Genri Bessemer po‘lat ishlab chiqarish jarayonini patentladi.
🔰 1902 -il — Detroytda birinchi “Cadillac” avtomobili ishlab chiqarildi.
🔰 1918-yil — Vengriya Avstriyadan mustaqilligini e’lon qildi.
🔰 1926-yil — Murmansk o‘lkashunoslik muzeyi tashkil etildi.

🎉 TAVALLUDLAR:

🎉 1727-yil — Jon Uilkes — ingliz jurnalisti, publitsist va siyosatchi, London meri.
🎉 1729-yil — Pyer Monsiniy — fransuz bastakori, fransuz komik operasi yaratuvchisi.
🎉 1804-yil — Nikolay Nadejdin — rus olimi, tanqidchi, jurnalist, faylasuf, “Teleskop” jurnali noshiri.
🎉 1833-yil — Karl Yeger — nemis rassomi, tarixiy rasm ustasi.
🎉 1892-yil — Teodor Eyki — fashistlar Germaniyasidagi kontslagerlar tizimining asoschilaridan biri.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 18-oktabr, Juma

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Butunjahon ayollar baxti kuni
🗄 Butunjahon konfetlar kuni
🗄 Yamaykada milliy qahramonlar kuni
🗄 Ozarbayjonda Mustaqillik kuni

🌎 VOQEALAR:

🔰 1685-yil — Fransiya qiroli Lui XIV gugenotlarga huquq bergan “Nant” farmonini bekor qildi.
🔰 1896-yil — “Nyu-York Journal”da birinchi komikslar paydo bo‘ldi.
🔰 1922-yil — Britaniya radioeshittirish korporatsiyasi (BBC) tashkil etildi.
🔰 1967-yil — Uolt Disneyning “Jungli kitobi” multfilmi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
🔰 1993-yil — Latviyada yangi valyuta — lat muomalaga kiritildi.

🎉 TAVALLUDLAR:

🎉 1405-yil — Piy II — 210-Rim Papasi.
🎉 1738-yil — Andrey Bolotov — olim, yozuvchi va memoirist, rus agronomiya fanining asoschilaridan biri.
🎉 1799-yil — Kristian Fridrix Shyonbeyn — ozonni kashf etgan va nomlagan nemis kimyogari.
🎉 1831-yil — Frederik III — atigi 99 kun hukmronlik qilgan Germaniya imperatori.
🎉 1854-yil — Salomon Avgust Andre — shved muhandisi, tabiatshunos, aeronavt, Arktika tadqiqotchisi.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 23-oktabr, Chorshanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Xalqaro qor qoploni kuni
🗄 Liviyada g‘alaba va ozodlik kuni
🗄 Meksikada shifokorlar kuni
🗄 Braziliyada uchuvchilar kuni

🌎 VOQEALAR:

1803-yil — Jon Dalton 21-element va birikma uchun atom massalarini hisoblab chiqdi.
1814-yil — Londonda jarroh Jozef Karpu zamonaviy tarixda birinchi plastik — burun shaklini o‘zgartirish operatsiyasini o‘tkazdi.
1946-yil — BMT Bosh assambleyasining birinchi yig‘ilishi boshlandi.
1947-yil — er-xotin birinchi marta “Nobel” mukofoti sovrindorlari bo‘ldi. Avstriya–amerikalik biokimyogarlar Gerti va Karl Kori glikogenning katalitik konversiyasini kashf etgani uchun fiziologiya va tibbiyot sohasida mukofot bilan taqdirlandi.
1952-yil — Charli Chaplinning “Ramp chiroqlar” nomli yangi filmi namoyish etildi.

🎉TAVALLUDLAR:

🎉 1813-yil — Lyudvig Leyxardt — nemis sayohatchisi va geologi, Avstraliya tadqiqotchisi.
🎉 1817-yil — Per Larousse — fransuz filologi, leksikograf va entsiklopedist, noshir, zamonaviy lug‘at tuzuvchilardan biri.
🎉 1868-yil — Frederik Uilyam Lanchesster — ingliz muhandisi, Britaniyaning birinchi avtomobilini yaratuvchilardan biri.
🎉 1905-yil — Feliks Blox — amerikalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1908-yil — Ilya Frank — sovet fizigi, akademik, “Nobel” mukofoti sovrindori.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 24-oktabr, Payshanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Xalqaro maktab kutubxonalari kuni
🗄 Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni
🗄 Xalqaro diplomatlar kuni

🌎 VOQEALAR:

📝 1861-yil — Dunyodagi birinchi transkontinental telegramma yuborildi.
🎶 1986-yil — Londonda dunyodagi eng katta plastinkalar do‘koni ochildi.
📈 1991-yil — Toshkent Agrosanoat birjasi tashkil etildi.
🔝 1991-yil — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi tuzildi.
🏛 1995-yil — O‘zbekiston tijorat Bank uyushmasi tashkil topdi.
📺 1998-yil — Farg‘onada Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi.

🎉TAVALLUDLAR:

🎉1632-yil — Entoni van Levenguk — golland tabiatshunosi, mikroskopiya asoschisi.
🎉1804-yil — Vilgelm Veber — nemis fizigi, birinchi telegraf yaratuvchisi.
🎉1862-yil — Daniel Svarovski — “Svarovskiy” billur imperiyasi asoschisi.
🎉1932-yil — Pyer Jil de Jen — fransuz fizigi, Nobel mukofoti laureati.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 25-oktabr, Juma.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

💃 Xalqaro ayollarning tinchlik uchun kurashi kuni
👮‍♀️ O‘zbekistonda Ichki ishlar xodimlari kuni
🤲 Grenadada shukrona kuni

🌎 VOQEALAR:

🪩 1839-yil — Manchesterda dunyodagi birinchi temir yo‘l jadvali e’lon qilindi.
🪩1929-yil — 1929 yildagi fond bozori inqirozi sabab 1929-1933 yillard jahon iqtisodiy inqirozi bo‘lib o‘tdi.
🪩 1942-yil — Britaniya hukumati pirogdagi shakar va murabbo uchun cheklovlar qo‘ydi.
🪩 1976-yil — Londonda Milliy qirollik teatri ochildi.
🪩 2001-yil — “Microsoft Windows XP” tizimi chiqarildi.

TAVALLUDLAR:

🎉 1811-yil — Evariste Galois — fransuz matematigi, zamonaviy oliy algebra asoschisi.
🎉 1873-yil — Jon Uillis — amerikalik tadbirkor, avtomobilsozlik sohasining mashhur vakillaridan biri.
🎉 1888-yil — Richard Berd — Janubiy qutb ustidan birinchi parvozni amalga oshirgan amerikalik aeronavt.
🎉 1977-yil — Birgit Prinz — nemis futbolchisi, 2 karra jahon chempioni.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 28-oktabr, Dushanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🥳 Butunjahon animatsiya kuni
🏆 Butunjahon dzyudo kuni
🍫 AQSHda shokolad kuni

🌎 VOQEALAR:

🪩 1237-yil — Berlin shahriga asos solindi.
🪩 1886-yil — Nyu-Yorkda Ozodlik haykali rasman ochildi.
🪩 1914-yil — “Kodak” rangli fotografiya texnologiyalarini ishlab chiqishini e’lon qildi.
🪩 1972-yil — “Airbus A300” yo‘lovchi layneri birinchi parvozini amalga oshirdi.

TAVALLUDLAR:

🎉 1897-yil — Edit Hed — amerikalik liboslar dizayneri, sakkizta “Oskar” mukofoti sovrindori.
🎉 1914-yil — Richard Lorens Millington Sing — ingliz biokimyogari, kimyo boʻyicha “Nobel” mukofoti laureati.
🎉 1914-yil — Jonas Salk — amerikalik virusolog, poliomielitga qarshi birinchi vaksinalarni ishlab chiqqanlardan biri.
🎉 1930-yil — Berni Ekklstoun — ingliz tadbirkori, “Formula One Management” va “Formula 1 Administration” prezidenti.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 1-noyabr, Juma.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Rossiyada sud ijrochilari kuni
🗄 Qirg‘izistonda militsiyachilar kuni
🗄 Bolgariyada milliy yetakchilar kuni

🌎 VOQEALAR:

👨‍💻 1800-yil — Jon Adams — Oq uy istiqomat qilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.
⚽️ 1897-yil — Turin universiteti talabalari Italiyaning mashhur “Yuventus” futbol klubiga asos soldi.
🔥 1993-yil — Turkmanistonda milliy valyuta — manat muomalaga kiritildi.
🎟 1998-yil — Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tashkil etildi.

🌺TAVALLUDLAR:

🎉 1636-yil — Nikola Bualo-Depreo — fransuz shoiri, tanqidchi, klassitsizm nazariyotchisi.
🎉 1863-yil — Jorj Parker — amerikalik ixtirochi, “Parker Pen Company” kompaniyasi asoschisi.
🎉 1889-yil — Filipp Noel-Beyker — britaniyalik diplomat, pasifist, tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1968-yil — Silvio Fauner — italiyalik chang‘ichi, Olimpiya va jahon chempioni.
🎉 1989-yil — Gabriela Koukalova — chexiyalik biatlonchi, 2 karra jahon chempioni.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 5-noyabr, Seshanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Butunjahon sunami haqida xabardorlik kuni
🗄 Armanistonda razvedka kuchlari kuni
🗄 Qozog‘istonda tashqi razvedka kuni
🗄 Samoada daraxt ekish kuni
🗄 Filippinda inqilob kuni

🌎 VOQEALAR:

1914-yil — Buyuk Britaniya Kiprni anneksiya qildi va Fransiya bilan birgalikda Usmonlilar imperiyasiga urush e'lon qildi.
1929-yil — Moskvada SSSRdagi birinchi planetariy ochildi.
1935-yil — “Monopoliya” stol o‘yini taqdim etildi.
1991-yil — Moskva-Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshirildi.
2008-yil — Barak Obama AQSH prezidentligi uchun saylovlarning birinchi bosqichida g‘alaba qozondi.

🌺TAVALLUDLAR:

🎉 1757-yil — Mixail Muravyov — shoir va pedagog, senator, Rossiyada yengil sheʼr janrining asoschisi.
🎉 1855-yil — Leon Filipp Teyseren de Bor — fransuz meteorologi, stratosfera kashfiyotchilaridan biri.
🎉 1892-yil — Jon Xelden — ingliz biologi, evolyutsiyaning sintetik nazariyasi asoschilaridan biri.
🎉 1952-yil — Uilyam Teodor Uolton — amerikalik basketbolchi, ikki karra NBA chempioni.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 6-noyabr, Chorshanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Xalqaro urush va qurolli mojarolarda atrof-muhitdan foydalanishning oldini olish kuni
🗄 Tojikistonda Konstitutsiya kuni
🗄 O‘zbekistonda madaniyat xodimlari kuni
🗄 Turkmanistonda salomatlik kuni

🌎 VOQEALAR:

1844-yil — Dominikan Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1860-yil — Avraam Linkoln AQShning 16-respublikachi prezidenti etib saylandi.
1887-yil — Shotlandiyaning “Seltik” futbol klubiga asos solindi.
1986-yil — Aleks Fergyuson keyinchalik Yevropaning eng nomdor klublaridan biriga aylangan “Manchester Yunayted” klubiga rahbar etib tayinlandi.
2012-yil — AQSh prezidenti Barak Obama ikkinchi muddatga qayta saylandi.

🌺TAVALLUDLAR:

🎉 1771-yil — Iogann Aloiz Zenefelder — nemis yozuvchisi, aktyori va matbaachisi, litografiya ixtirochisi.
🎉 1787-yil — Vuk Karadjich — serb filologi, tarixchi, serb lug‘ati tuzuvchisi.
🎉 1814-yil — Adolf Saks — belgiyalik cholgʻu asbobi yasovchisi, saksofon yaratuvchisi.
🎉 1851-yil — Charlz Genri Dou — amerikalik jurnalist, “Dow Jones & Company” asoschilaridan biri, Dou Jons iqtisodiy indeks yaratuvchisi.
🎉 1987-yil — Nikolo Kampriani — italiyalik miltiqdan otish bo‘yicha sportchi, 3 karra Olimpiya va jahon chempioni.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 7-noyabr, Payshanba.

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti, Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Qirg‘izistonda Axborot va matbout kuni
🗄 Belarusda oktyabr inqilobi kuni
🗄 Tunisda yangi davr kuni
🗄 Ukrainada Ijtimoiy soha xodimlari kuni

🌎 VOQEALAR:

1949-yil — dunyodagi eng qadimgi dengiz neft platformasi bo‘lgan “Oil Rocks”da birinchi neft olindi.
1972-yil — AQSh prezidentlik saylovida Richard Nikson g‘alaba qozondi.
1987-yil — Tunisda Yasemin inqilobidamn so‘ng Ben Ali prezident bo‘ldi.
1990-yil — Aleksandr Shmonov bayram namoyishida Mixail Gorbachevga o‘q uzdi.

🌺TAVALLUDLAR:

🎉 1687-yil — Uilyam Sytukli — ingliz antikvari, dala arxeologiyasi asoschilaridan biri.
🎉 1867-yil — Mariya Sklodovskaya-Kyuri — fransuz fizigi va kimyogari, fizika va kimyo boʻyicha ikki marta “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1888-yil — Chandrasekxara Venkata Raman — hind fizigi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1929-yil — Erik Kandel — amerikalik psixiatr, biokimyogar, fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1988-yil — Aleksandr Dolgopolov — ukrainalik tennischi, dunyoning sobiq 13-raketkasi.

©️Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

📱Telegram 💟 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM