O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.5K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
📅25-27 noyabr kunlari Toshkent shahrida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlari yetakchilari forumi o‘tkaziladi.

🔴Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan ushbu forum turli yo’nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun muloqot maydoni sanaladi.

🔴Forum doirasida seminar treninglar, mahorat darslari tashkil etiladi.

🔵Forumning asosiy maqsadi:

🔹yoshlar yetakchilari o’rtasida o’zaro fikr almashish;
🔹talaba-yoshlarni qiynayotgan muammolar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
🔹talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan tadbir va loyihalar muhokamasi va boshqa turli masalalardan iborat.

🔄Forum davomida Respublika yetakchilar Kengashi saylovi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

#Toshkent #Andijon #Buxoro #Jizzax #Qashqadaryo #Namangan #Navoiy #Samarqand #Surxondaryo #Sirdaryo #Fargona #Xorazm #Qoraqalpogiston #Vatan #yoshlar #kelajak #Yoshlar_ittifoqi
#Kelajak_liderlari

Samarqandlik yoshlar uchun yana bir imkoniyat!

Ilmli, zakovatli, tashabbuskor va yetakchimisiz? O‘zingizga bo‘lgan ishonchni orttirishni xohlaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

🔷 Bugun, 14:00da Samarqand shahridagi "Yoshlar markazi"da yoshlarning takliflari asosida "Kelajak liderlari" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, “Liderlar kitobi” muallifi Otabek Xasanov yoshlar bilan uchrashadi.

Ushbu uchrashuv shaxsiy rivojlanishingiz uchun ayni muddao. Unutmang, kelajakni liderlar yaratadi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Kelajak_liderlari

Kelajak liderlari” klubi aʼzolari Samarqandning “oltin zaxirasi” boʼladi

🔷Bugun jamiyatga tezkor islohotlar surʼatiga mos zamonaviy kadrlar kerak. Bugun Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da tashkil etilgan “Kelajak liderlari” mavzusidagi ochiq muloqot shu maqsadda, hududdagi 400 nafarga yaqin yosh liderlar uchun tashkil etildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʼrinbosari, “Liderlar kitobi” muallifi Otabek Xasanov yoshlar bilan muloqot qildi.

👉 Batafsil bu yerda.👈

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz